b o‘ L i m elektr mashinalari V i bob. O‘zgaruvchan to k elektr m ash I n alariga t ye gi shliumumiy masalalar 31


Faza rotorli asinxron dvigatelni yurgizish



Yüklə 75,98 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü75,98 Kb.
#135244
1   2   3
Elektr mashinalari 65298562

53. Faza rotorli asinxron dvigatelni yurgizish
Faza rotorli asinxron dvigatellarning statorida ham, roto- rida ham uch fazali chulg‘am bo‘ladi. Rotorning uch fazali chulg‘ami yuldue usulida ulangan bo‘ladi. Rotor chulg‘ami uchlari valda o‘rna- tilgan va undan izolyaiiyalangan uchta kontakt halqalarga ulanadi. Maxsus cho‘tka tutqichlarda turadigan, mis plastinkalarilan yoki ko‘mirdan ishlangan cho‘tkalar kontakt halqalarda sirpanadi, cho‘tka- lar rotorning tashqi klemmasiga ulanadi. Faza rotorli asinxron dvigatellar maxsus uch fazali yurgizish reostati yordamida yurgieiladi (P5-rasm). Yurgizish reostati ro- tor chulg‘ami bilan ketma-ket ulanadi, reostatning ayrim fazala- ri yulduz usulida ulangan bo‘ladi. Yurgizish reostati yordamida ro- torning aktiv qarshiligini oshirib, yurgizish toki kamaytiri- ladi va yurgizish momenti oshiriladi. Yurgizish reosgati ulanganda yurgizish tokining qiymati quyidagicha aniqlanali: " ^(Lyu + L' + L1 )2+(x|+x2)2 Odatda, yurgizish reostati uch, olti bosqichli bo‘ladi (116-rasm, a). Dvigatelni yurgizishda yurgizish reostati qarshiligini asta kamaytirib boriladi. Eng oldin dvigatel 4-xarakteristika bo‘yicha ishlay boshlaydi (116-rasm, 6). Bunda reostatning qarshiligi k ~ K \ + K ) + K z ga teng bo‘ladi, aylantiruvchi moment maksi- map momentga teng bo‘ladi ( M = M tm). Dvigatelning aylanish chastotasi ortib borgani sari aylantiruvchi moment kamaya boradi. M = M yu t Ь bo‘lganida yurgizish reostatining bir qismi (bosqichi) sxemadan chiqariladi, kontaktorning KZ kontaktlari yopiladi. Bun- da aylantiruvchi moment bir- daniga M yu t p gacha ko‘payadi, so‘ngra aylanish tezligi ort- 115-rasm. 201 www.ziyouz.com kutubxonasi
gani sari moment 3-xarakteristika bo‘yicha kamaya boradi. Bunda reostatning qarshiligi Ya . , /?„, ga teng bo‘ladi. Moment yana M = M L 1 t p gacha kamaya boradi; K1 kontaktyopiladi va dvigatel 2- xarakteristika bo‘yicha ishlay boshlaydi, bunda yurgizish reosta- tining qarshiligi Dyu = Li| ga teng bo‘ladi. Shunday qilib, yurgi- eish reostatining qarshiligi sekin-asta kamaytirilganda aylan- tiruvchi moment M yuigk dan M yut|p gacha o‘egaradi, aylanish tezligi esa 2-egri chiziqbo‘yicha o‘sib boradi (116-rasm, v). Yu rgizish ning oxirida K1 kontakt yopiladi va reostatni sxemadan butunlay chi- qaradi, rotor chulg‘amlari qarshiliksiz tutashadi va dvigatel 1- tabiiy xarakteristika bo‘yicha ishlay boshlaydi. Demak, faza ro- torli asinxron dvigatelga ulangan yurgizish reostatining bos- qichi qancha bo‘lsa, dvigatel shuncha mexanik xarakteristikaga ega bo‘lar ekan. Bu faza rotorli dvigatellarning muhim afzalligi- dir. Yurgizish reostatining qarshiligi dvigatelning nagruzka bilan ishlash momentining qiymatiga qarab tanlanadi. Agar na- gruzka bilan ishlash momenti katta bo‘lsa, dvigatelning dastlab- ki yurgizish momenti maksimal momentga teng bo‘lishi mumkin. Nagruzka bilan ishlash momenti katga bo‘lmasa, ya’ni yurgizish momenti uncha katta ahamiyatga ega bo‘lmasa, reostat qarshiligi yanada kattaroqolinadi. Bunda yurgizish momenti maksimal qiy- matidan kichikroqbo‘ladi, lekin yurgizish toki ancha kamayadi. Yur- gizish reostatlari maxsus qotishma, metall sim yoki lentalardan tayyorlanadi. Reostatlar havo yoki moy bilan sovitiladi, ular faqat qisqa vaqg ishlashga mo‘ljallangan. Dvigatel yurgizilgandan so‘ng ba’zi dvigatellarda cho‘tkalar behuda yeyilmasligi uchun va isrof bo‘ladigan quvvatni kamaytirish maqsadida maxsus dasta yordami- 202 116-rasm. www.ziyouz.com kutubxonasi
da halqalar o‘zaro tutashtiriladi, cho‘tkalar esa ulardan ko‘tarila- di. 116-rasm, ye da faza rotorli asinxron dvigatel’ yuqoridagi usul bilan yurgizilganda tok /, va rotor aylanish tealigi p7 ning o‘zgarish xarakteri ko‘rsatilgan. Dvigatel yurgizilayotganda reos- tatning bosqichlarini sxemadan chiqarish qo‘lda yoki avtomatik usulda kontaktorlar yordamida bajarilishi mumkin. Faza rotor- li dvigatellarni yurgizish va ular tuzilishining murakkabligi, tannarxining qimmatligi, nazorat qiladigan qismlariking (cho‘tka va halqalar) bo‘lishi va texnik ko‘rsatkichlarining past- roqbo‘lishi bunday dvigatellarnig kamchiligi hisoblanadi. Sh u- ning uchun faza rotorli dvigatellar asosan yurgizish sharoiti og‘ir bo‘lgan mexanizmlarda qo‘llaniladi. Yuqorida qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli asinx- ron dvigatellarni yurgizishning asosiy va maxsus usullari bi- lan tanishdik. Faza rotorli dvigatellar ham, qisqa tutashtiril- gan rotorli dvigatellar ham ma’lum afzalliklarga va ma’lum kamchiliklarga ega. Amalda qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli dvigatellarning afzaplik tomonlarini birlashtiradi- gan asinxron dvigatellar ham ishlatiladi. Ular mexanik xarakte- ristikasi yaxshilangan asinxron dvigatellardir. 54. Yurgizish momenti kattalashtirilgan qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellar Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarning tu- zilishi oddiy, ishlatishda pish iq bo‘lsa ham, ularda yurgizish tokining katta bo‘lishi va yurgizish momentining uncha katta bo‘lmasligi bunday dvigatellarning muhim kamchiligi hisobla- nadi. Bu kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida M. O. Dolivo-Dobro- volbskiy 1893 yilda «olmaxon halqali» maxsus dvigatel’ konst- ruksiyasini taklif qildi. Undan keyin yurgizish xarakteristi- kasi ancha yaxshilangan chuqur pazli rotorli dvigatel yaratildi. Chuqur pazli rotor o‘zagining pazlari chuqur ya’ni, balandligi uning enidan 10 ... 12 marta katta bo‘ladi. Pazlarda balandligi enidan ancha katta bo‘lgan, ko‘ndalang qirqim yuzasi to‘rtburchak mis simlar — sterjenlar yotadi. Sterjenlar ikki tomondan mis halqalarga payvandlanadi. Yu rgizishning boshlang‘ich paytida ro- tor tokining chastotasi katta bo‘ladi ( / = /,). Sterjenlarning pastki qismi sochilma oqim bilan ularning yuqori qismiga qara- ganda ko‘proq qurshaladi. Sterjenlarning induktiv qarshiligi 203 www.ziyouz.com kutubxonasi
4 9 ularning past tomonida ancha kat- ta bo‘lali Sh uning uchun rotor to- kining deyarli hammasi sterjen ko‘ndalang kesimining yuqori qis- midan o‘tadi. 117-rasm, a da chuqur pazli rotor sterjenida yurgizish toki va normal ishlash toki zich- liginingtaqsimlanishi ko‘rsatil- gan. Yurigish vaqtida tok asosan V 117- rasm. sterjenning yuqori qismidan o‘tadi. Sterjen yuqori qismining ko‘ndalang kesimi butun sterjenning ko‘ndalang kesimidan ki- chik Bu rotor sterjeni aktiv qarshiligining kattalashuviga olib keladi. Aktiv qarshilikning ko‘payishi rotor tokini kamaytira- di va dvigatelning yurgizish momentini oshiradi. Demak, chuqur pazli dvigatelning yurgizish toki oddiy qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatelning yurgizish tokidan kichik, yurgizish momen- ti esa ancha katta bo‘lar ekan. Bunda dvigatelni yurgizish sharoiti ancha yaxshilanadi 117-rasm, 6 da chuqur pazli qisqa tutashtiril- gan rotorning tueilishi ko‘rsatilgan. Dvigatel yurgieilgandan so‘ng, rotorning aylanish tezligi ortishi bilan rotor tokining chastotasi kamaya boradi. Bunda rotor sterjenining induktiv qar- shiligi ham kamaya boradi va rotor toki sterjenning ko‘ndalang kesimida barobar taqsimlanadi. Rotor sterjenining aktiv qar- shiligi ham kamayadi va dvigatel oddiy qisqa tutashtirilgan ro- torli dvigatel kabi ishlaydi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarda rotor- ning aktiv qarshiligini o‘zgartirmay turib yurgizish momentini oshirish maqsadida qo‘sh katakli dvigatellar kashf etildi. Ular- ning rotorida katakli halqa ko‘rinishidagi ikkita qisqa tutash- tirilgan sterjenlar sistemasi joylashadi (118-rasm, d). Yu qori- dagi katak — yurgi zi sh katagi deyiladi va sterjenlarining ko‘ndalang kesim yuzasi kichkina bo‘lgan hamda aktiv qarshiligi kattaroq bo‘lgan latun yoki bronzadan tayyorlanadi. Bu sterjenlar rotorning ust tomoniga yaqin joylashgani uchun ularnig i n d u k - t i v qarshiliklari kichkina bo‘ladi. Pastki katak ish katagi deyiladi, sterjenlari misdan tayyorlanadi, ko‘ndalang kesimi kattaroq bo‘ladi. Ish katagi sterjenlarining aktiv qarshiligi kichkina, induktiv qarshiligi esa katta bo‘ladi. Elektr jihati- dan ikkala katak parallel ulangan, shuning uchun rotor toki ka- taklarning to‘la qarshilikpariga teskari proporsional bo‘ladi: 204 www.ziyouz.com kutubxonasi
118- rasm. Qo‘sh katakli rotor: 1 — yurgizish sterjsni, 2 — ish sterjeni. ^ _ 2] ish _ V ^2ish ',~'*2ish Lyash *2 yu ♦ 1,„ 0 - 2 5 ) Yu rgizishning boshlang‘ich paytida, rotor tokining chastotasi katta va kataklarning induktiv qarshiliklari ularnig aktiv qar- shiliklaridan bir necha marta katta bo‘ladi. Sh u ki n g uchun 4 *°- * x- ^ bo‘ladi, ya’ni rotor toki asosan yurgizish katagidan ' 2 i sh ^ 2 yu o‘tadi. Bu katakda x3 yu < x2ish . Bu vaqtda yurgizish katagining aktiv qarshiligi katga. Demak, dvigatelning yurgizish momenti katta, yurgizish toki esa kichik bo‘ladi. Rotorning aylanish tezligi or- tib borgan sari sirpanishi 5 va chastotasi /, kamaya boradi. Ish katagidagi sterjenning induktiv qarshiligi ham kamaya boradi. Rotor toki kataklarda qayta taqsimlanadi (118- rasm, b). Nati- jada ish katagidagi sterjenda tokning qiymati ortali. Dviga- telning aylantiruvchi momenti ham qayta taqsimlanadi. Dviga- tel normal sharoitda ishlay boshlaganda rotor toki asosan ak- tiv qarshiligi kichik bo‘lgan ish katagi sterjenidan o‘tadi. Tokparnig taqsim- lanishi quyidagi nisbat bilan aniq- lanadi: Rotor sterjenla- '2i sh ya 2yu ridan o‘tadigan toklar bir tomonga yo‘napgan aylantiruvchi moment hosil qiladi. Lekin sterjenlarning aktiv qarshiliklari har xil bo‘lgani uchun ularning mexanik xarakteristikalari k 1ya | m 7g / V «U § ■ * *ch! 4 . \ * •1 _ * • 119- rasm 205 www.ziyouz.com kutubxonasi
\am har xil bo‘lali. Yurgizish katagi hosil qiladigan moment- ning maksimal qiymati (L/yu ) sirpanish katta bo‘lgan tomonda bo‘ladi (119- rasm, a egri chizig‘i). Ish katagi hosil qiladigan moment (L/i sh ) oddiy qisqa tutashtirilgan rotorli motorning me- xanik xarakteristikasiga o‘xshashdir (119- rasm, 6 egri chizig‘i). Dvigatel rotoriga ta’sir qiladigan umumiy aylantiruvchi mo- ment Ml va L/i sh momentlarning yig‘indisiga teng: M = L/i + M yash . Demak, qo‘sh katakli dnigatelning mexanik xarakteristikasi, go‘yo rotorining aktiv qarshiligi katga va boshqasida kichik bo‘lgan ikkita dvigatelning mexanik xarakteristikalaridan iborat bo‘lar ekan. Ba’zi dvigatellarda M = /(l ) egri chizig‘i ikkita maksi- mumga ega bo‘lishi mumkin. Bunday dvigatellarda M ^ M = 1,3 ... 1,7 va / „ / / n o n = 4 ... 6 bo‘ladi. Chuqur pazli va qo‘sh katakli dvigatellarni yurgizish xarakte- ristikalari ancha yaxshi bo‘lsa ham, rotor sterjenlarining in- duktiv qarashiligi katta bo‘lgani uchun dvigatellarning quvvat koeffisiyenti nisbatan kichkina bo‘ladi. Rotorning aktiv qar- shiligi katta bo‘lgani uchun unda quvvat isrofi kattaroq bo‘ladi. Bu esa dvigatelning foydali ish koeffiiiyentini kamaytiradi. Bundan tashqari, bunday rotorlarni tayyorlash texnologiyasi mu- rakkab, tannarxi qimmat bo‘lganligi ularning kamchiligi hisob- lanadi. Odatda, chuqur pazli dvigatellarning quvvati 100 kVt va undan ortiq; qo‘sh katakli dvigatellarnig quvvati 200 kVt va un- dan katta bo‘ladi. 55. Asinxron dvigatelning aylanish chastotasini rostlash usullari O‘qqa ulangan mexanik nagruzka o‘zgarganda dvigatel aylanish chastotasining bir xilda qolishi yoki nagruzka qiymati o‘zgarma- ganda uning aylanish chastotasini o‘zgartirish mumkinligi har qanday dvigatellarning muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Nagruzka qiymatining o‘zgarishi bilan asinxron dvigatelning aylanish chastotasi juda oz bo‘lsa ham o‘zgaradi (1 ... 6%). Sirpa- nish formulasidan rotorning aylanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi: y3 = l,(1- 5 ) = - ^ ( 1 - 5 ) . (3—53) Demak, asinxron dvigatelning aylanish chastotasini o‘zgarti- rish uchun dvigatelga berilayotgan kuchlanish chastotasini yoki juft 206 www.ziyouz.com kutubxonasi
qutblar sonini, yo bo‘lmasa dvigatel sirpanishini o‘zgartirish kerak. a)Manba k u ch l a n i sh i chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan d vigatelni ng aylanish chastotasini o‘zgartiri sh . Ta’minlovchi kuchlanishning chastotasini o‘zgartirib. asin- xron dvigatelningtezligini rostlash usuli tezlikni rosglash usul- lari ichida iqtisodiy jihatidan ham, imkoniyatlari jihatidan ham engsamarali usul hisoblanadi Chastotani o‘zgartirib tezlik- ni rostlashda, tezlik diapazoni oralig‘ida dnigatelning sirpa- nishi deyarli o‘zgarmasligi natijasida dvigatelning sarf quvva- ti katta bo‘lmaydi. Tezligi chastotani o‘zgartirib boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar statik va dinamik xususiyatlari bi- lan o‘zgarmas tok elektr yuritmalaridan aslo qolishmaydi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarning o‘zgarmas tok dvigatellariga nisbatan deyarli ikki marta yengil bo‘lishi va uch barobar arzanligini e’tiborga olsak kelajakda chastota bo‘yicha boshqariladigan asinxron dvigatelli elektr yuritmalar keng qo‘llanishi imkoniyatini ko‘ramiz. Birinchi chastota o‘zgartirgichlar elektromexanik qurilmalar asosida yuzaga keldi. Bunday chastota o‘egartirgichda sinxron genera- tor SD dan olinadigan kuchlanish qiymati va chastotasi bir-biri- ga bog‘lanmagan holda boshqariladi. Sinxron generatorning kuchla- nish qiymati qo‘zg‘atish zanjiriga ulangan reostat yordamida bosh- qariladi; chastotasi esa o‘zgarmas tok generatorining qo‘zg‘atish chulg‘am zanjiridagi reostat bilan boshqariladi. Bunday o‘zgartir- gichda chastotani o‘zgarish diapazoni katga bo‘lsa ham uning texni- ka-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori emas. O‘zgartirgichning o‘rna- tilgan kuvvati katta (to‘rtta yordamchi mashinalar to‘la quvvat bilan ishlaydi) F I K va elektr yuritmaning tezkorligi past. Keyingi vaqtlarda takomillashgan yarim o‘tkazgichlarning yara- tilishi va o‘zlashtirilishi tiristorli va tranzistorli chastota o‘zgartirgichlar kashf qilinishiga olib keldi. Tiristorli va tran- zistorli chastota o‘egartirgichlar (TCHO‘) lar ikki guruhga: bilvosita va bevosita CHO‘ larga bo‘linadi. Bilvosita TCHO‘ larda tarmoq kuchlanishi BV da to‘g‘rilanadi va avtonom invertor BI ga uzatiladi va unda o‘zgarmas kuchlanish chastotasi rostlanadigan o‘zgaruvchan kuchlanishga o‘zgartiriladi. 120- rasmda TCHO‘ ning funksional sxemasi berilgan, unda TO‘ bosh- qariluvchi tiristorli o‘zgartirgich; BVBT uning boshqarish tizi- 207 www.ziyouz.com kutubxonasi
~ 1 L ,P 120-rasm. O‘zgarmas tok zvenoli chastota o‘egartirgich sxemasi (a) va boshqariladigan invertor sxemasi (b). mi, rostlash bloki RB ning vazifasi, chastota rostlashning qay- si qonuniyatga amal qilinayotganiga qarab TCHO‘ ning statik va dinamik rejimlarida kuchlanish va chastota o‘zgarishini o‘zaro mos- lashtirishlir. Quyida funksional sxemasi — rasmda berilgan o‘zgarmas tok zvenoli chastota o‘zgartirgich (CHO‘) ni ko‘rib chiqamiz. Chastota o‘egar- tirgichning katta tokli qismi ikkita asosiy blokdan: boshqari- ladigan ventil (BV) va boshqariladigan invertor (BI) dan tu- 208 www.ziyouz.com kutubxonasi
zilgan. Standart chastotali (/]) tarmoq kuchlanishi £/, BV ning ki- rishiga beriladi. BV o‘zgaruvchan kuchlanish £/, ni o‘zgarmas kuchla- nish £0 ga aylantirib beradi. Bu kuchlanishni boshqariladigan ventilning boshqarish tizimi (BVBT) ning boshqarish sxemasi yordamida keng diapazonda rostlash mumkin. To‘g‘rilangan va rost- langan Yea kuchlanish BI ning kirishiga beriladi. BI o‘zgarmas tok kuchlanishi Yev ni rostlanadigan kuchlanish V li va chastota / li uch fazali o‘zgaruvchan kuchlanishga aylantiradi. BI ning chiqish kuchlanishining chastotasi/^. boshqarish signali funksi- yasiga qarab BIBT ning boshqarish sxemasi tomonidan beriladi. Rostlanadigan chastotani olish prinsipini — rasmda kelti- rilgan sxema misolida ko‘rib chiqamiz. BIBT ning boshqarish sxemasi orqali U81—U86 tiristorlar talab qipingan tartibda va turli vaqt oralig‘ida ochilishlari mumkin. Ko‘pincha amapda CHO‘ sxemalarida har bir tiristorning ochiq holati A . chiqish chastotasi/^ ning davr T ^ ning yarmi yoki uchdan biriga to‘g‘ri keladi. \/81—U86 tiristorlarning ochilish momentlariningsiljishi shu davrning oltidan bir qismini tash- kil qiladi. Asinxron dvigatedda aylanma magnit maydonining aylanish cha- stotasr (y^ ) tarmoq kuchlanishi chastotasiga to‘g‘ri proporsionadsir. Amaldatarmoqkuchlanishiningchastotasi o‘zgarmas / ' =50 Gs. Sh u- ning uchun kuchlanish chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan dviga- telning aylanish chastotasini o‘zgartirishda maxsus yarim o‘tkaz- gich yoki elektr mashina chastota o‘zgartirgichlardan foydalanila- di. Asinxron dvigatelga turli chastotali kuchlanish berib uning aylanish chastotasini katta chegarada tekis o‘zgartirish mumkin. Amalda asinxron dvigatelning aylanish chastotasi (tezligi) ni bu yo‘l bilan o‘zgartirish ancha murakkab va qimmat Shunday bo‘lsa ham, ba’zi mexanizmlarda bu usul qo‘llanilali. Manba chastotasi- ni o‘egartirish yo‘li bilan asinxron dvigatel teeligini rost- lashda dvigatelning sovf,; l; X = ^ g ^ - kabi parametrlari no- m om minal qiymatida qolishi uchun M. P. Kostenko aniqdagan quyida- gi bog‘lanishga rioya qilish kerak: (3-54) bu yerda: 1/i va Mp n — nominal chastota / i ga tegishli nominal 14— Elektr mashinalari 209 www.ziyouz.com kutubxonasi
kuchlanish va nominal qarshilik momenti; II va M„ — chastota- ning boshqa qiymatiga tegishli kuchlanish va qarshilik momenti. Agar tealik o‘zgarganda M „ = L/S t _n = sopz! bo‘lsa, u holda s^ = - / ' bo‘lib, asinxron dvigatelga berilaligan kuchlanishni chastotaga proporsional ravishda o‘egartirish lozim bo‘ladi. Buning uchun, masalan, birlamchi dvigatelning tezligini o‘egartirish bilan chastotasi o‘zgartiriladigan sinxron generatorning qo‘eg‘atuvchi tokini o‘zgartirmaslik lozim. Agar tezlik o‘zgarishi bilan M „ = p* bo‘lsa, »2 = bo‘ladi va demak, l, = / bo‘lgani uchun qiymatini chastotaning kvadratiga proporsional ravishda o‘egar- tirish kerak bo‘ladi. Buning uchun qo‘eg‘atuvchi tok qiymatini sin- xron generatorning aylanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgartirish lozim. (3-54) ifodani olishda asinxron dvigatelning magnit sistemasi to‘yinmagan va stator chulg‘amining aktiv qar- shiligi L, = 0 deb qzbul qilingan. Amadda L, > 0 bo‘lib, chastotani o‘zgargirishda (3-54) ga to‘la rioya qilinmaydi va demak, asinxron dvigatel asosiy ko‘rsatkichlarining qiymati bir oz pastroq bo‘la- di. 120-rasmdateeligi (3-54) ifodaga binoan rostlanadigan asin- xron dvigatelning turli chastotalarda va: a) M „ = M „_ i = sop5 1 hamda b) M „ = / 2 = p2 bo‘lgandagi me- xanik xarakteristikalari ko‘rsatilgan. Chastota o‘zgartirgichlar sifatida sinxron mashinalardan va faza-rotorli asinxron mashinalardan foydapanish mumkin. Bu usul bir necha qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarning aylanish tezligini bir vaqgda bir xil o‘zgartirilishi talab qili- nadigan mexanizmlarda qo‘llaniladi. Bunday rostlash sistemasi prokat stanining rolgang mexanizmida qo‘llaniladi. Rolgang- dagi har bir rolik asinxron dvigatel bilan aylantirilib, bu roliklar tezligini bir vaqgda bir xilda rostlash talab qilina- di. Bu maqsadda sinxron mashina (generator) chastota o‘zgartir- gichidan foydalaniladi. 121-rasmda sinxron generatori chastota o‘zgar- tirgichi va undan ta’minlanadigan asinxron dvigatellar sistema- sining prinsipial sxemasi berilgan. Chastota o‘zgartirgichdagi sinxron mashina generator-dvigatel sistemasidagi o‘zgarmas tok dvigateli bilan aylantiriladi. Sxemada quvvatlari taxminan bir- biriga teng bo‘lgan to‘rtta elektr mashinasidan foydalaniladi. dvigatelga beriladigan kuchlanish 210 www.ziyouz.com kutubxonasi
121-rasm. Keyingi vaqglarda chastota o‘zgartirgichlar sifatida kremniyli ventillar, kondensatorlar va transformatorlardan tuzilgan bosh- qariladigan va boshqarilmaydigan statik chastota o‘egartirgich- lardan foydapanilmoqda. b) Juft qutblar s o n i n i o‘ z g a r t i r i sh usuli. Tarmoq kuchlanishining chastotasi o‘zgarmas ( / =50 Gs) bo‘lsa, aylanma magnit maydonining aylanish tezligi juft qutblar so- niga teskari proporsional bo‘ladi. Bunda sinxron tezlik juft qutblar soniga qarab 3000, 1500, 1000, 750, 600, 500 ayl/min bo‘lishi mumkin. Bu usul bilan rotorning aylanish tezligi bos- qichli o‘zgartiriladi, ya’ni juft qutblar soni qancha kichik bo‘lsa, dvigatelning aylanish tezligi shuncha katta bo‘ladi. Bu usul aso- san qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarda ko‘llani- ladi. Dvigatelning aylanish tezligini bu usul bilan o‘zgartirish uchun dvigatel statoriga qutblar soni turlicha bo‘lgan bir necha chulg‘am yoki qutblar soni o‘egartirilishi mumkin bo‘lgan maxsus chulg‘am o‘rnatilishi lozim. Dvigatelda juft qutblar sonini o‘egar- tirish Yo‘li bilan teeligi rostlanadigan asinxron dvigatellar k o‘ p tezlikli d vigatell ar deyiladi. Odatda, stator faza chulg‘amining ayrim bo‘laklarini qayta ulash va ulardagi tok yo‘nalishini o‘zgartirish yo‘li bilan chul- g‘amning juft qutblari soni o‘egartiriladi. 122-rasmda stator chulg‘amining ikki bo‘lagi chizilgan. Agar chulg‘am bo‘laklari o‘zaro ketma-ket ulansa, ulardan o‘tayotgan tok chulg‘amda to‘rt qutbli (r = 2) magnit oqimini hosil kiladi (122-rasm, a). Agar shu bo‘laklar parallel ulansa, ikki qutbli ( r = 1) chulg‘amga ega bo‘la- miz (122-rasm, b) Ma’lumki, chulg‘am 4 qutbli bo‘lsa, sinxron tez- lik l, = 1500 ayl/min va chulg‘am ikki qutbli bo‘lsa, l, = 3000 ayl/min bo‘ladi. Demak, rotorning tealigi ham bosqichli o‘zgaradi. Chulg‘amning ayrim bo‘laklarini ketma-ket ulab ham ikki qutbli 211 www.ziyouz.com kutubxonasi
gr-6 V R -2 i> 9 1 ^ 1 «,0 ' & k 3 123-rasm. R-G R=1 chulg‘am hooil qilish mumkin. Bu- ning uchun ikkinchi bo‘lakda tok- n i n g yo‘nalishi o‘egartirilishi lozim bo‘ladi (122-rasm, v). 126- rasmda stator chulg‘amlarining amalda qo‘llaniladigan qayta ulash sxemalaridan biri keltirilgan. Bu sxemalardan r = 4 va r = 2 juft qutblar olish mumkin, bunda sin- xron tezlik l, =750 na l, =1500 ayl/min bo‘ladi. Agar statorga ik- kita shunday chulg‘am o‘rnatilsa, dvigatel 4 xil teelikli bo‘ladi. Qutblar sonini o‘zgartirishga imkon beradigan stator chulg‘ami bo‘laklarining qismalari oddiy stator chulg‘ami qismalari kabi ifodalanali, faqat shu bo‘lak- ning qutblar soni qismada birinchi raqam bilan ko‘rsatiladi (123- rasm, a va b). 123-rasm, a da chulg‘amning ikki bo‘lagi ketma-ket ulangan, lekin uch faza chulg‘amlari manbaga uchburchak usulida ulan- gan. 123-rasm, bda chulg‘amning ikki bo‘lagi o‘zaro parallel ulan- gan, parallel ulangan faea chulg‘amlari esa yulduz usulida ulan- 122-rasm. gan. Hozirgi vaqtda ikki, uch va to‘rt tezlikli maxsus dvigatellar T seriyada ishlab chiqariladi. Masapan, T —42/8-8-6-4-2 markali dvigatel statori 8, 6, 4 va 2 qutbga qayta ulanadigan bitta chul- g‘amga ega. Ko‘p tezlikli asinxron dvigatel, uning o‘qidagi nagruzka tu- riga qarab ikki xil rejimda ishlashi mumkin: a) dvigatelning tealigi o‘zgarganda uning aylantiruvchi momenti o‘zgarmas bo‘la- di, lekin quvvati tezlikka proporiional o‘zgaradi (o‘zgarmas momentli dvigatel); b) dvigatelning tezligi o‘zgarganda uning quvvati bir xilda qoldi, aylantiruvchi momenti tezlik o‘zgari- 212 www.ziyouz.com kutubxonasi
shiga mos o‘zgaradi (o‘zgarmas quvnatli dvigatel). Bunday ishlash sharoitlarini stator chulg‘amlarini turli sxemalarda ulab olish mumkin. Ko‘p tezlikli dvigatellar o‘lchamlarininng katta bo‘li- shi, qayta ulash qurilmasining qo‘pol va narxining qimmat bo‘li- shi ularning kamchiligi hisoblanidi. Asinxron dvigatelningay- lanish teeligi keng diapazonda jula tekis o‘egartirilishi lozim bo‘lgan mashina va mexanizmlarda shu vaqggacha parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellari ishlatiladi. v) S i r p a n i sh n i o‘ z g a r t i r i sh bilan asinxron dvigatelni ng tezligini o‘zgartirish . Bu usul faqat faza-rotorli asinxron dvigatellarda qo‘llanadi. Ularda rotor chulg‘amining aktiv qarshiligi o‘zgarsa, sirpanishning o‘zgarishi bizga ma’lum. Aktiv qarshilik ortishi bilan sirpanish ham orta- di (bunda nagruzka momenti bir xilda qoladi), rotorning ayla- nish tezligi esa kamayadi. Dvigatel sirpanishi (aylanish tezli- gi) ning rotor chulg‘amining aktiv qarshiligiga bog‘liqligi (3- 30) ifodadan quyidagicha aniqlanadi: s _ t\(*K)R * sh ,L / • Amalda rotor chulg‘amining aktiv qarshiligi bu zanjirga qo‘shimcha qarshilik ulash yo‘li bilak (masalan, yurgizish reos- tatining qarshiligi) o‘zgartiriladi. Bu qarsh ilik rotor chul- g‘amiga ketma-ketulanadi. Sirpanishni o‘zgartirish yo‘li bilan faqat nagruzkali dvigatelning tezligini o‘zgartirish mumkin. Dvigatel salt ishlaganda, rotor chulg‘amining aktiv qarshili- gi o‘zgarsa ham uning aylanish tezligi deyarli o‘zgarmaydi. Ol- din aytib o‘tilganidek, rotor zanjirida elektr isrof sirpa- nishga to‘g‘ri proporsional (Dr,2 =l Rzm), shunday ekan, sir- panishning ortishi rotor zanjirida quvvat isrofini oshiradi, bunda dvigatelning foydali ish koeffisiyenti kamayadi. Masa- lan, nagruzka momenti o‘zgarmas, ya’ni M 2 = sop81 bo‘lganda, dvi- gatelning sirpanishi 0,02 dan 0,5 gacha ortsa, rotorning ayla- nish tezligi taxminan ikki marta kamayib ketadi. Bu holda dvigatelda quvvat isrofi elektromagnit quvvatning deyarli yarmiga teng bo‘ladi. Sh uning uchun dvigatelning aylanish tezli- gini o‘zgartirishda bu usul juda tejamsiz hisoblanadi Bundan tashqari, rotor eanjiriga qo‘shimcha qarsh ilik ulansa, mexa- nik xarakteristikada dvigatel turg‘un ishlaydigan qism ining 213 www.ziyouz.com kutubxonasi
qiyaligi ortadi. Nati- jada nagrueka momenti- n i n g ozgina o‘zgarish i aylanish te zl i gi n i n g ancha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Buni yaxshi tu- shunib olish uchun 124- rasmdagi mexanik xarak- teristikalarni ko‘rib chiqamiz. Agar rotor zan- jirida qo‘shimcha qarshi- 124-rasm. lik bo‘lmasa va nagruzka momenti AA/O T = M ^ - M^, ga o‘zgarsa, uning aylanish tezligi ga o‘zgaradi (1-xarakteristika). Agar rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulansa, dvigatelning mexa- nik xarakteristikasi boshqacha (2-xarakteristaka) bo‘ladi. Bu hodda statik nagruzka momenti \M „ ga o‘egarsa, dvigatelning aylanish tezligi A l ' ga o‘egardi, D l ' esa Ags dan katta. Qayd qilingan kamchshiklardan qati nazar, faza-rotorli asinxron dvigatel- larning aylanish tezligi asosan rotor zanjirining aktiv qar- shiligini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Bu usul bilan rotorning aylanish chastotasini sinxron tezlikka yaqin tezlik- dan uning nominal aylanish chastotasining 70 % gacha oralig‘ida juda tekis o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. A sinxroon d v igatelni ng aylanish y o‘n a l i sh i - ni o‘egartirish. Asinxrondvigatelningaylanishyo‘nalishini o‘zgartirish, ya’ni reverslash uchun stator magnit maydonining aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish kerak. Buninguchun stator chul- g‘amini tarmoqqa ulaydigan simlarning istalgan ikkitasini o‘zaro o‘rnini almashtirish kifoya. Asinxron dvigatelning aylanish yo‘nalishini amalda uch qutbli qayta ulagich yordamida oson o‘egar- tiriladi (125-rasm, o). Agar ishlab turgan dvigatel tarmoqqa tes- kari ulansa, statorning aylanma magnit maydoni aylanib turgan rotorga nisbatan teskari aylana boshlaydi. Bunda 5 > ] bo‘ladi, ya’ni dvigatel tormoelanadi. Bu sharoitda rotor zanjirida tok ko‘payib ketadi. Bunda rotor chulg‘ami tokining chastotasi katta, ya’ni rotor chulg‘amining induktiv qarshiligi katga bo‘lgani uchun dvigatelning aylantiruvchi momenti kichik bo‘ladi. Rotor tokini kamaytirish va momentni esa kattalashtirish uchun rotor zanji- riga qo‘shimcha qarshilik ulanadi Bunda tormozlash mexanik xa- 214 www.ziyouz.com kutubxonasi
rakteristikaning to‘g‘ri chi- ziqli qismida bajariladi (125-rasm, b). Oldin aytil- ganidek, xarakteristika- ning qiyaligi rotor zanji- rining aktin qarshiligi qiymati bilan aniqlanadi. 1-egri chieiq rotor zanji- rida qo‘shimcha qarshilik bo‘lmagandagi tormozlashga; 2 va 3-egri chiziqlar esa ro- tor chulg‘amiga qo‘shimcha qar- shilik ulangandagi tormoz- lashga taalluqlidir. Rotor zanjiri aktiv qershiligi- ning kattalashuvi, bu zan- jirning quvvat koeffiii- yengini oshiradi. Rotor zan- jirining aktiv qarshiligi faza-rotorli dvigatellarda yurgizish reostati bilan ro- sglanadi. Qisqe tugashgan ro- torli dvigatellarni teska- ri tomonga yurgizish uchun u oldin tormozlab to‘xtatila- di. Aks holda uning toki ko‘payib ketadi. 0 ) 56. Asinxron dvigatellarning konstruksiyasi va asosiy turlari Xalq xo‘jaligining turli sohalarida mashina va mexanizmlar asosan uch fazali asinxron dvigatellar yordamida harakatga kelti- riladi. Bunday dvigatellarningtuzilishi bir xil bo‘lsa ham, ular bir-biridan ayrim qismlarining konstrukiiyasi bilan farq qiladi. Biror mexaniem uchun dvigatel tanlashda shu mexanizm- ning mexanik xususiyati, ishlash sharoiti va dvigatel turadigan joydagi muhitning xususiyatlari e’tiborga olinishi loeim. Hozir mamlakatimizda quvvati 0,6 kVt dan 400kVt gacha, no- minal kuchlanishi 220, 380 va 500 V bo‘lgan kichik na o‘rtacha quv- 215 www.ziyouz.com kutubxonasi
vatli asinxron dvigatellar ishlab chiqarilmokda. Bundan tashqa- ri, quvvati 200 dan 1000 kVt gacha bo‘lgan, nominal kuchlanishi 3000, 6000 V bo‘lgan katta quvvatli asinxron dvigatellar ham ishlab chiqariladi. O‘rtacha va katta quvvatli dvigatellarning korpusi va asosi po‘lat yoki cho‘yandan quyib ishlanadi. Katta quvvatli dviga- tellarning korpusi ayrim bo‘laklardan payvandlab, kichik quv- vatli asinxron dvigatellarning korpusi va asosi alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi. Oldin aytib o‘tilganidek, asinxron dvigatellarda stator bilan rotor orasidagi havo oralig‘i qancha kichik bo‘lsa, stator bilan rotorning o‘zaro magnit aloqasi shun- cha kuchli va dvigatelning texnik ko‘rsatkichlari shuncha yaxshi bo‘ladi. Bu oraliq kichik quvvatli dvigatellarda 0,25 .. . 0,35 mm; katta quvvatlilarda I . .. 1,5 mm ga teng. Asinxron dvigatellarning ayrim detallarini bir xil qilib tayyorlash va lozim bo‘lganda yangisiga almashtirish muhim ahami- yatga ega bo‘lganligi uchun 1949 yildan boshlab mamlakatimiznig elektr mashinasozlik zavodlarida xalq xo‘jaligining turli so- halarida ishlatiladigan uch fazali asinxron dvigatellar A va AO yagona seriyalarda ishlab chiqarila boshlandi. 1960 yildan boshlab yangi yagona A2 va A02 seriyalarda ishlab chiqariladigan bo‘ldi. Bu seriyadagi asinxron dvigatellar 18 xil nominal quvvagda tayyor- lanadi Ularning og‘irligi oldingi seriyadagilariga qaraganda tax- minan 25 % ga kamaytirildi, dvigatellarnikg foydali ish va quvvat koeffiiiyentlari oshirildi, dvigatellarda maxsus elek- trotexnik po‘lat sarfi 10 %, mis sarfi 12 % kamaytirilgan, ular- ning ishlashda pishiqligi oshirilgan (oldingi seriyadagiga nis- batan). I kkinchi yagona seriyadagi dvigatellar asosan 9 xil o‘lcham- da ( stator po‘lat o‘eagi ichki diametrining o‘lchami) ishlab chiqariladigan bo‘ddi. Dvigatel markasida uning gabariti 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Bunlan tashqari, har bir gabaritda stator po‘lat o‘eagining uzunligi ikki xil o‘lchamda (1 va 2 raqamlilari) ishlab chiqariladi. Shunday qilib, dvigatel markasida uning qaysi seriyaga tegishliligi, gabariti, po‘lat o‘zagining uzunligi va qutblar soni ko‘rsatiladi. Masalan, A02- 62-4 markalisida dvigatel 6 gabaritga, uning ikkinchi uzunlik o‘lchamiga va qutblar soni 4 ga tengligini ko‘rsatadi. Bu seriyada dvigatellar nominal quvvatlarining shkalasi quyidagicha: 0,6; 0,8; 1,1; 1,5; 2,2; 3; 4; 5,5; 7,5; 10; 13; 17; 22; 30; 40; 55,75; 100 kVt. Yagona seriyada asinxron dvigatellarning maxsus xillari ham ishlab chiqariladi; masalan, AOP-62-4, AOS-41-2. Bunda P harfi 2)6 www.ziyouz.com kutubxonasi
yurgizish momenti; S qarfi sirpanishi kattalashtirilgan dviga- tellarga tegishli. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan dviga- tellar markasida qo‘shimcha T qarfi yoziladi: AOT2-32-4. To‘qimachi- lik sanoatiga tegishpi mexanizmlar sutka davomida uzluksiz, de- yarli bir xil nagruzka bilan ishlaydi. Sh uning uchun AOT2 seriyadagi dvigatellarning foydali ish koeffisiyenti katgaroq bo‘ladi. AOK2-72-6 seriyasida K harfi rotorli asinxron dvigatellar- ga tegishli. Markada T harfi tropik iqlimda ishpashga moslangan, X harfi ximiyaviy ta’sirga chidamli dvigatellarga tegishli va hokazo. Sa- noatningayrim sohalarida katta quvvatli (200 . . 1000 kVt) asin- xron dvigatellar ishlatiladi. Bu dvigatellar A, A K, AZ, AKZ, AP seriyalarda ishlab chiqariladi. Portlash xavfi bo‘lgan joy- larda MA36 seriyali maxsus dvigatellar ishlatiladi, ularning nominal quvvatlari 22 . . . 400 kVt ga teng. Ko‘tarma kranlarda va metallurgiyada ishlatiladigan ba’zi mexanizmlarda M T seriyali (quvvati 3,2 . . . 125 kVt) dvigatellar keng ishlatiladi. Kimyo va ko‘mir sanoatida KO seriyali (quvvati 4 . . . 100 kVt) dvigatellar ishlatiladi. Yaqingacha qo‘sh katakli asinxron dvigatellar DAM seriyada; chuqur pazli dvigatellar GAM seriyada ishlab chiqarilar edi. Nominal quvvati 50 . . . 600 Vt gacha bo‘lgan kichik gabaritli uch fazali dvigatellar AOL seriyada ishlab chiqariladi. Bunday dvi- gatellar kichik stanoklarda, turli xil xo‘jalik mexanizmlarida va uy-ro‘zg‘or asboblarida ishlatiladi. 1978 yildan boshlab asinxron dvigatellar yana ham yangi 4A seriyada ishlab chiqarila boshlandi. A2 va A02 seriyalarga qara- ganda 4A yagona seriyali asinxron dvigatellarning og‘irligi 15— 18% kamaytirilgan, chulg‘amining mis simi va elektrotexnika po‘lati 20—25 % tejalgan, energetik ko‘rsatkichlari esa oldingi seriyadagidek qolgan. Asinxrron dvigatellarning yangi yagona 4A seriyasi A2 seriya- sidan farqli o‘laroq, o‘lchamlari va o‘rnatish-ulanishlari jiha- tidan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi talablarini to‘la qano- atlantiradi. Yangi konstruktiv yechimlar qabul qilinishi, yangi izolyasion materiallar ishlatilishi va yanada takomillashgan tay- yorlash texnologiyasidan foydalanish natijasida 4A seriyadagi asinxron dvigatellar, A2 seriyadagi dvigatellarga nisbatan pi- sh iq va ishlatishga qulaydir. 4A seriyadagi asinxron dvigatellar atrof muhit ta’siridan saqlanish darajasiga qarab GOST 17494— 72 ga binoan ikki xil tayyorlanadi: himoyalangan asinxron dvi- gatellar — 1R23, shamollatiladigan asinxron dvigatellar — 1R44. 217 www.ziyouz.com kutubxonasi
4A seriyaning standart quvvatlari shkalasi: 0,06; 0,09; 0,12; 0,18; 0,25; 0,37; 0,55; 0,75; 1,1; 1,5; 2,2; 3,0; 5,5; 7,5; II; 15; 18,5; 22; 30; 37; 45; 55; 75; 80; 110; 132; 160; 200; 315; 400 kVt. Dvigatellar hamma aylanish chastotalerida ishlab chiqariladi. Fundament pli- tasidan dvigatellar o‘qining balandpigi shkalasi X E K tavsiyasi- ga mos keladi: 50; 56; 63; 71; 80; 90; 100; 112; 132; 160; 180; 200; 225; 250; 280; 315; 355 mm. 4A seriyadagi dvigatellar markasidagi raqamlar va harflar quyidagilarni ifodalaydi: Himoyalangan dvigatellar: A — sta- ninasi alyuminiydan (shchitlari ham) ishlangan, X — staninasi alyuminiy, shchitlari cho‘yandan ishlangan; 50 . . . 355 — o‘qining bapandligi; 5, Ь, M — korpusining o‘lchamlari; A — magnit o‘tkaz- gichning birinchi ueunligi; V — ikkinchi uzunligi; 2, 4, 6, 8, 10, 12 — magnit qutblari soni. Chunonchi, 4AA56A2UZ markasi quyidagicha o‘qiladi: 4A seriya- dagi yopiq qilib tayyorlangan dvigatel, stanina va shchitlari alyu- miniydan; o‘qining balandligi 56 mm; birinchi magnit o‘tkazgich uzunligi; ikki qutbli; iqlimi moʻtadil viloyatlar uchun; o‘rna- tish kategoriyasi uchinchi. Quvvati 0,12 dan 0,37 kVt gacha bo‘lgan dvigatellarning kuchla- nishi 220/380 V; 0,55 dan 110 kVt gacha dvigatellarda 220/380 V va 380/660 V; quvvati 132 dan 400 kVt gacha bo‘lgan dvigatellarning kuchlanishi 380/660 V. Dvigateldan chiqariladigan simlar soni 6 ta; chulg‘amlarining ulanishi D/U usulida. Kuyida 4 A seriyali asinxron dvigatellarning (namuna sifa- tida) texnik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Dnigatel markasi l. kVt l, ayl/min Ch S08f t- — ■ N Jg mk 1L V 4AYu 052UZ 4 2880 86,5 0,89 7,5 2 2,5 220/380 4A P 2M 4U Z 5,5 1445 85,5 0,85 7 2 2.2 220/380 4A132M4UZ 11 1460 87,5 0,87 7,5 2,2 3 220/380 4A16052UZ 15 2940 88 0,91 7 1,4 2,2 220/380 4A200M6UZ 22 975 90 0,9 6,5 1,3 2,4 220/380 4A180M4UZ 30 1470 91 0,89 6,5 1,4 2,3 380/660 4A200M2UZ 37 2945 90 0,89 7,5 1,4 2,5 380/660 4A280M 6UZ 90 985 92 0,89 5,5 1,4 2,2 380/660 4A315M8UZ 110 740 93 0,85 6,5 1,2 2,3 380/660 4A355M Yu UZ 110 590 93 0,83 6 1,0 1,8 380/660 218 www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuqorida aytganimizdek, Respublikamizning Andijon shah- ridagi «Elektr dvigatel» korxonasida 4A seriyali asinxron dvi- gatellar ishlab chiqarilmoqda. Umumsanoat mexanizmlari uchun mo‘ljallangan dvigatellar ko‘rsatkichlari: Markasi Ri, kVt l, ayl/min V, V 4AMYu 0 2UZ 5,5 2880 380 4AM100 4UZ 5,5 1440 • 1 4AMYu0 4UZ 3 1440 « « 4AMYu0 6UZ 2,2 950 380 Qishloqxo‘jalik mexaniemlari uchun 4AMYu 0 2SU-1 5,5 2880 380 4AMYu 0 2SU-1 4 2880 4" 4AMYu 0 4SU-1 3 1440 p p 4AMYu 0 6SU-1 2,2 950 Bir fazali va kondensatorli dvigatellar D A K 370 Vt 1320 220 D A K 550 Vt 2700 220 AV-041-2M 25 Vt 1400 220/380 AV-041-4M 16 Vt 2700 220/380 AV-042-2M 40 Vt 1400 220/380 va boshqalar X b o b . BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELLAR 57. Bir fazali asinxron dvigatellarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ishlatnlishi Bir faeali asinxron dvigatellar xonadon elektr asbob-us- kunalarida, avtomatika qurilmalarida qo‘llaniladi. Bir fazali dvigatellar kichik quvvatli (15 . . . 600 Vt) bo‘lib, ular ko‘pincha aylanish chastotasi o‘zgartirilmaydigan qurilmalarda ishlatiladi. Bir fazali asinxron dvigatelning statorida bitta chulg‘am bo‘ladi (126-rasmda). Bu chulg‘am stator o‘zagi paelarining 2/3 qis- mida joylashtiriladi. Chulg‘amlar bunday joylashganda havo ora- lig‘ida magnit yurituvchi kuch va magnit induksiyasi deyarli sinu- soidal tarzda tarqaladi. Ko‘pincha uch fazali chulg‘amning bir fa- 219 www.ziyouz.com kutubxonasi
zasini olib tashlab, qolgan ikkitasini ketma-ket ulab bir fa- zali chulg‘am hosil qilinadi. Bir fazali dvigatelning rotori oddiy qisqa tutashtirilgan rotordir. Agar bir fazali asinxron dvigatelning stator chulg‘ami bir fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulansa, stator chulg‘amidan o‘tuv- chi tok vaqt birligida faqat qiymati o‘zgaradigan qo‘zg‘almas mag- nit oqimi Ft ni hosil qiladi. Qiymati o‘zgarib turadigan bu magnit oqimini bir-biriga nisbatan teskari aylanadigan va qiymati F" / 2 ga teng bo‘lgan ikkita F, va F,, magnit oqimlariga ajratish mumkin (126-rasm, 6). Bu magnit oqimlarining ayla- nish chastotasi teng. Dvigatel tarmoqqa ulanganda uning rotori aylanmaydi, lekin istalgan tomonga qo‘l bilan aylantirib yubo- rilsa, u ishlab ketadi. Aylanish yo‘nalishi rotorning aylanish yo‘napishi bilan bir xilbo‘lgan oqim F,nito‘g‘ri oqim; uning teskarisigaaylanadigan oqim F„niteskari oqim deyiladi. Aylanuvchan to‘g‘ri va teskari oqimlar rotorda to‘g‘ri va teskari aylantiruvchi momentlar A/, va Mp hosil qiladi. Agar rotorning aylanish yo‘nalishi to‘g‘ri oqim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, to‘g‘ri oqimga nisbatan rotorning sirpanishi: 5 _ L1 G ~ L2 l ! ~ l ; _ d p 1 1 i)g ~ L ) ~ y| ’ bu yerda: p1 T = l|L 1 L = y, = yam Teskari oqimga nisbatan rotor- /1«__ + Ll L + L l . Ll ning sirpanishi: — - = — — = | g . P 1shk P 1 P \ To‘g‘ri va teskari oqimlar hosil qiladigan to‘g‘ri va teskari elektromagnit momentlar va Mi qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘la- 126-rasm. 220 www.ziyouz.com kutubxonasi
di. Bir fazali dvigatelning yig‘indi aylantiruvchi momenti shu momentlarning ayirmasi bilan aniqdanadi: M — L/(-L/( 1 . F, va F„ magnit oqimlar qo‘zalmas rotor chulg‘amida o‘zaro teng va bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalgan £ ( va E Yu K larni hosil qiladi. Bu E Yu K lar o‘z navbatida rotor chulg‘amida /3 1 va /3 ]| toklarni hosil qiladi. Bu sharoitda rotorga teng va qara- ma-qarshi yo‘nalgan to‘g‘ri L/, va teskari Mi aylantiruvchi momen- tlar ta’sir etadi va dvigatelning boshlang‘ich aylantiruvchi mo- menti nolga teng bo‘ladi. Agar rotor to‘g‘ri oqim yo‘nalishida aylansa, sirpanish for- mulalaridan ma’lumki, 5,avtomatikada, o‘lchov asboblarini sozlashda kuch- lanishni juda aniq va tekis o‘zgar- tirishda keng qo‘llanadi. 132- rasm. 133- rasm. F azarostlagich sxemasi (a) va kuchlanishlar vektor diagrammasn (y). 227 www.ziyouz.com kutubxonasi
61. Fazarostlagich Tormozlangan faza rotorli asinxron dvigatel fazarostla- gich, ya’ni kuchlanish fazasini o‘zgartiruvchi mashina sifatida ham ishlay oladi. Fazarostlagichda stator va rotor chulg‘amlari elektr jihatidan o‘zaro bog‘lanmagan bo‘ladi. Uning stator chulg‘ami tar- moqqa ulanadi, rotor chulg‘amlaridan esa fazasi o‘zgargan kuchla- nish olinadi (133-rasm). Fazarostlagichning rotori chernyak uzat- masi orqali maxovik yordamida buriladi. Rotor burilganda undan olinadigan kuchlanishning (tarmoq kuchlanishiga nisbatan) fa- qat fazasi o‘zgarib, qiymati esa o‘zgarmaydi. Faearostlagichlar avtomatika qurilmalarida, elektr o‘lchash asboblarini, masalan, elektr schyotchiklarni tekshirishda keng ishlatiladi. Bilim ni t yeksh irish u ch un savol va t opsh iriqlar 1. Asinxron mashinada aylanuvchi magnit maydoni qanday hosil bo‘la- di, uni ng tezligi qanday aniqlanadi? 2. Asinxron dvigatelning sirpanish i va ishlash rsjimlari haqida ga- pirib bering 3. Asinxron dvigatelning turlari va ularning prinnipial sxemala- rini chizib ko‘rsating. 4. A sinxron dvigatelning nominal t o k i k i aniqlash formulasini yozing, yu rgizish to ki n i n g karraligi nima? 5. Qisqa tutashtirilgan rotorli yoki faza rotorli dvigatelning yu rgi- zish usullari haqida gapirib bering. 6. Qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatelning yu rgizish to ki n i ka- maytirish usullari haqida gapirib bering. 7. Asinxron dvigatelning aylantiruvchi momenti formulasini yozing. 8. Asinxron dvigatelning mexanik xarakteristikasini chieib ko‘rsa- ti n g va unda momentlarni va sirpanish larni ko‘rsating 9. Asinxron dvigatelning quvvat koef f isisnti haqida nima bilasiz? 10. Asinxron dvigatel ishlaganda unda isrof bo‘ladigan quvvatlar va upi ng F I K qanday aniqpanadi? 228 www.ziyouz.com kutubxonasi

Yüklə 75,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə