B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Kraxmal donachalari
. Kraxmal o‘simlik hujayralaridagi keng tarqalgan 
uglevodlardan biri. U g‘amlangan oziq sifatida to‘planadi. Uning hosil bo‘lishida 
albatta plastidalar ishtirok etadi. Assimilatsion kraxmal o‘simlikning yashil 
organlarida hosil bo‘lgan kraxmal amilaza fermenti ta’sirida gidrolizlanib erigan 
holdagi shakarlarga aylanadi va o‘simlikning oziq to‘plashi uchun moslashgan 
organlariga oqib kelgan shakarlar amilosintetaza fermenti yerdamida yana 
g‘amlanadi yeki ikkilamchi kraxmalga aylanadi. G‘amlangan kraxmal 
o‘simlikning tugunaklarida, ildizpoyalarida, ildiz va urug‘larida to‘planadi. 
Moylar
(lipidlar). Moylar ham deyarli o‘simlik hujayralarida keng tarqalgan 
kiritmalardir. Ayniqsa, urug‘ va mevalar moylarga boy bo‘ladi. Ko‘n yilik 
o‘simliklarning yog‘ochilik parenximasida lipid tomchilar shaklida kuzda 
to‘planadi. Umuman ko‘pchilik o‘simliklar uchun lipidning tomchilar shaklida 
g‘amlangan oziq moddalar sifatida to‘planishi xarakterlidir. 
Oqsillar
. Hujayraning turli organellalarida amorf va kristall shakllarda hosil 
bo‘ladi. Ko‘pincha ularni mag‘izning nukleoplazmasida, perinuklear bo‘shliqda, 
ba’zan oqsil kristallarining gialoplazmasida (kartoshka tugunagi, liliya), plastidalar 
tanasida (bir pallali o‘simliklarning elaksimon naylarida, loviya ildiz 
hujayralaridagi leykoplastlarda), endoplazmatik to‘rning kengaygan sisternlarida 
(karamdoshlarning ildiz hujayralarida yalpiz bargidagi bezlarda) mikrotanachalar 
asosida, mitoxondriyalarda hamda vakuolalarda uchraydi. Kristall oqsil 
tanachalariga 
murakkab oqsillar
deyiladi. Ular ayniqsa, moy beruvchi o‘simliklar 
urug‘lari (zig‘ir, kungaboqar, qovoq, xartol, kanakunjut va boshqalar) uchun 
xarakterlidir. 
Kristallar

Ko‘pchilik 
organik 
kislotalarning 
tuzlari 
hujayra 
shirasidakristallar shaklida uchraydi. Turli kislotalarning kristallari o‘ziga hos 
tuzilishgaega. Ular sistematik belgi sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Hujayrada 
odatda oksalatlar yoki oksalat kislotaning tuzlari ko‘p tarkalgan. Ular orasida 
kalsiy oksalat ko‘proq uchraydi. Kalsiy oksalat oddiy (piyozning quruq po‘stidagi 
hujayralarda), ninasimon yoki rafid (tradeskansiya) semiz o‘tda va murakkab – 
yulduzsimon druz (begoniya, anjir va boshqalarda) shakllarda bo‘ladi. Kristallar 


44 
ko‘pincha o‘t va daraxtsimon o‘simliklarning epidermasida, po‘stloq parenximasi 
hamda qari parenxima hujayralarda uchraydi. Ular sukkulent tipidagi o‘simliklarda 
g‘am ko‘n uchratiladi. Kalsiy oksalat kristallardan tashqari ba’zi bir o‘simliklarda 
(fikus, nasha) kalsiy karbonat kristali hosil bo‘ladi. Ular hujayra qobig‘idagi 
o‘simtalar orqali shimidib, hujayraning ichki bo‘shlig‘iga o‘sib kirib boradi. 
Natijada uzum boshiga o‘xshash sistolitlar paydo bo‘ladi. Sistolitlar 
gazandadoshlar, tutdoshlar va boshqa oila vakillari uchun xarakterlidir. Tut va anjir 
barglari hujayralarida uchraydi. Kristallar hujayrada osmotik bosimni saqlab 
turishda, oksalat va kislota muvozatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. 
Kristallar ayniqsa kserofit ekologik guruhga mansub o‘simliklarda, ya’ni 
qurg‘oqchil sharoitda yashovcha yoki sho‘rxok tuproqlarda o‘suvchi o‘simlik 
turlarida uchraydi. Ular hujayra shirasining osmotik bosimini oshirish orqali 
hujayraning shimish kuchiga ta’sir etadi. 
Kristallar o‘simlikda hosil bo‘lgan kalsiy elementini neytrallashda ham 
ahamiyatiga ega. Chunki, xazonrezgilik vaqtida o‘simlik barglarida to‘plangan 
ortiqcha ohak chiqarib yuboriladi. Ikkinchi tomondan kristallarga ega bo‘lgan 
epidermal hujayralar yaltirab turadi. Bu o‘z navbatida quyoshning tik tushayotgan 
nurlarini sindiradi, o‘simlikni ortiqcha qizib ketishidan va suv sarfidan saqlaydi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə