B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Hujayra mag‘zi 
Mag‘izning tuzilishi
. Mag‘iz – mag‘iz qobig‘i yoki parda, xromatin 
tuzilma, mag‘icha va mag‘iz shirasidan tashkil topgan. Mazkur tarkibi qismlar 
mag‘izning bajara degan vazifalari bilan bog‘liq holda hujayra taraqqiyottining 
turli bosqichlarida o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham mag‘izning uch holati 
ajratiladi:
1)
bo‘linayotgan (mitotik) mag‘iz, ya’ni bir hujayradan ikkichisiga irsiy 
bilgilarni o‘tkazish vazifasini bajarayotgan; 
2)
interfazadagi mag‘iz, ya’ni irsiy modda DNK sintezi (reduplikatsiya va 
ikki marta ortishi), bu holat bo‘linish bosqichlari o‘rtasidagi oraliq mag‘iz uchun 
xarakterli; 
3)
ishchi holatdagi mag‘iz ya’ni hujayraning barcha organellalari faolligini 
boshqarib turuvchi holat. 
Ishchi holatdagi mag‘iz yorug‘lik mikroskoplari ostida kuzatilgan to‘rsimon 
uzun va ingichka iplarga, donachalar shaklida oson bo‘yaluvchi morfologik 
tarkibga ega ekanligini qurish mumkin. Ishchi holatidagi mag‘izda xromosomalar 
siyraklashgan va kuchli bo‘kkan holda bo‘ladi.
Nukleoplazma
– rangsiz suyuqlik sifatida ko‘rinib, u mag‘izning asosiy 
moddasini (matriksni) tashkil etgan holda bir necha fermentlarga ega hamda 
mag‘izning tarkibiy qismlari bo‘lgan xromatin va mag‘izchalar uchun muhit
hisoblanadi.
Mag‘izchalar
nukleoplazmaga nisbatan zichroq odatda sfermik shakllardagi 
1–3 mkm diametrga ega bo‘lgan tanachalardir. Mag‘izda ularning soni bir yoki bir 
necha bo‘lishi mumkin. Mag‘izcha parda xromotinlarga ega emas. Mag‘izcha 
hujayradagi barcha oqsillar biosintezida muhim rol o‘ynaydi.
Mag‘iz qobig‘i
. Elektron mikroskop ostida nozik, yupqa, qo‘sh pardadan 
iborat ekanligi hamda ularning oralig‘i o‘zgaruvchan perinuklear bo‘shliq deb 
atalgan fazodan tashkil topganligini ko‘rish mumkin.


40 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə