B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Trixomalar
. Epiderma hujayralari hosil qilgan o‘simtalar 
trixomalar
deb 
ataladi. Ular nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ayrim sistematik guruhlar uchun xarakterli 
belgi hisoblanadi. Trixomalardan tashqari o‘simlikda uchraydigan emergenslarni 
farqlash kerak. Emergenslarni hosil bo‘lishida epiderma to‘qimasidan tashqari 
uning ostida joylashgan to‘kimalar ham qatnashadi. 
Periderma
. Ko‘p yilik o‘simliklarning birinchi yilgi vegetatsiyasi oxirlarida 
ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi ko‘p qavatli chegaralovchi to‘qima bilan 
almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir necha turdagi 
hujayralardan tashkil topgan. Ular quyidagilardan iborat: a) asosan himoya 
vazifasining bajaruvchi fellema (po‘kak), b) peridermaning eniga o‘sishini 
ta’minlovchi fellogenni moddalar bilan ta’minlab turuvchi felloderma. Fellogen 
ikkilamchi meristema to‘qima hisoblanib, u (olcha, olhuri, nok kabi o‘simliklarda) 
epiderma to‘qimasidan yoki asosiy to‘qimadan (qoraqat, shumrut va boshqalar) 
shakllanadi. Po‘kak kambiysi tangental yo‘nalishda bo‘linishi natijasida ikki tur 
to‘qima ajralib chiqadi. Ularning biri po‘kak kambiysining tashqi tomonidagi 
hujayralar bo‘lib, po‘kak qavatini hosil qilsa ichki markazga tomon ajralib chiqqan 
hujayralardan asosiy to‘qima – felloderma hosil bo‘ladi. Po‘kak to‘qimalar 
hujayralari bir necha qavatdan iborat. Hujayra qobig‘ining suberin moddasini 
shimishi tufayli suv va gazlarni o‘tkazmay qo‘yadi va hujayralarning protoplasti 
halok bo‘ladi. Keyinchalik hujayra bo‘shligi havo, oshlovchi yoki smolasimon 
moddalar bilan to‘lib qoladi. 
Po‘kak to‘qimasida hujayralarning tashqi muhit bilan aloqasini amalga 
oshirish uchun yasmiqchalar xizmat qiladi. Ularning o‘lchami va shkali nihoyatda 
xilma-xildir. Odatda ular mayda va shakli cho‘zinchoq yoki yumaloq bo‘ladi. 
Po‘stloq (ritidom).
Ko‘pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq 
periderma o‘rniga po‘stloq bilan almashinadi. U turli o‘simliklarda har xil 
davrlarda hosil bo‘ladi. Olma, oddiy qarag‘ay va noklarda hayotining 5 – 8 yillari, 
emanda – 25, grabda esa 50 yildan so‘ng qoplaydi. 


52 
U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida 
po‘stloq ostidagi to‘qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi 
tirik hujayralar nobud bo‘ladi. 
Fellogen faoliyatining xarakteriga ko‘ra turli ko‘rinishdagi po‘stloq hosil 
bo‘lishi mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishdan halkasimon po‘stloq 
hosil bo‘ladi. Agarda fellogen ayrim bo‘laklar shaklida hosil bo‘lsa, 
tangachasimon po‘stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po‘stloq ko‘p uchraydi. Qalin 
qatlamli po‘stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong‘indan va 
haroratning keskin o‘zgarishidan saqlaydi. Ba’zi o‘simliklarda po‘stloq umumdan 
hosil bo‘lmaydi (chinor, chetan, shumrut).

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə