|
B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )O.N. Imomov. Botanika. MajmuaHujayra mag‘zi
Mag‘izning tuzilishi
. Mag‘iz – mag‘iz qobig‘i yoki parda, xromatin
tuzilma, mag‘icha va mag‘iz shirasidan tashkil topgan. Mazkur tarkibi qismlar
mag‘izning bajara degan vazifalari bilan bog‘liq holda hujayra taraqqiyottining
turli bosqichlarida o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham mag‘izning uch holati
ajratiladi:
1)
bo‘linayotgan (mitotik) mag‘iz, ya’ni bir hujayradan ikkichisiga irsiy
bilgilarni o‘tkazish vazifasini bajarayotgan;
2)
interfazadagi mag‘iz, ya’ni irsiy modda DNK sintezi (reduplikatsiya va
ikki marta ortishi), bu holat bo‘linish bosqichlari o‘rtasidagi oraliq mag‘iz uchun
xarakterli;
3)
ishchi holatdagi mag‘iz ya’ni hujayraning barcha organellalari faolligini
boshqarib turuvchi holat.
Ishchi holatdagi mag‘iz yorug‘lik mikroskoplari ostida kuzatilgan to‘rsimon
uzun va ingichka iplarga, donachalar shaklida oson bo‘yaluvchi morfologik
tarkibga ega ekanligini qurish mumkin. Ishchi holatidagi mag‘izda xromosomalar
siyraklashgan va kuchli bo‘kkan holda bo‘ladi.
Nukleoplazma
– rangsiz suyuqlik sifatida ko‘rinib, u mag‘izning asosiy
moddasini (matriksni) tashkil etgan holda bir necha fermentlarga ega hamda
mag‘izning tarkibiy qismlari bo‘lgan xromatin va mag‘izchalar uchun muhit
hisoblanadi.
Mag‘izchalar
nukleoplazmaga nisbatan zichroq odatda sfermik shakllardagi
1–3 mkm diametrga ega bo‘lgan tanachalardir. Mag‘izda ularning soni bir yoki bir
necha bo‘lishi mumkin. Mag‘izcha parda xromotinlarga ega emas. Mag‘izcha
hujayradagi barcha oqsillar biosintezida muhim rol o‘ynaydi.
Mag‘iz qobig‘i
. Elektron mikroskop ostida nozik, yupqa, qo‘sh pardadan
iborat ekanligi hamda ularning oralig‘i o‘zgaruvchan perinuklear bo‘shliq deb
atalgan fazodan tashkil topganligini ko‘rish mumkin.
|
|
|