ega. Lekin, ilg‘or texnologiya har doim ham mehnat unumdorligi
ortishiga olib kelavermaydi. Bunday texnologiya afzalliklari unga
ishlovchilaming salbiy munosabati tufayli namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Texnologiya darhaqiqat unumdorlik ortishiga
olib kelishi uchun
rahbariyat texnologiya talablari uni qo‘llovchi kishilar manfaatlariga
to‘g‘ri kelishini ta’minlashi kerak.
Boshqaruvning tashkiliy tarkibi rahbariyat va barcha darajada unga
bo‘ysunuvchi hamda korporatsiyaning asosiy tarkibiy bo'linmalari
o‘rtasidagi o ‘zaro munosabatni belgilaydi. Agar korporatsiya o‘z
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay boshqaruvchilar sonini qisqartirsa,
unumdorlik yuqori bo‘ladi. Tashkilot tarkibi uncha yaqqol namoyon
bo‘lmaydigan yo‘l bilan ham unumdorlikka ta’sir qiladi.
Masalan, mutaxassis va olimlar yuqoridan kat’iy berilgan buyruqqa
salbiy munosabatda bo'ladilar. Bunda ular o‘z
mehnati natijasidan
qoniqmaydilar va ular mehnati uncha unumli b o ‘lmaydi. Ijodiy
yondashuvni talab etuvchi tarkibga ega tashkilotlar raqobat kurashida
kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jahon bozoriga o‘z vaqtida
masalan, zamonaviy kompyuter bilan ish ohb borish bu daromadlami
keskin ko'paytirish va unumdorlikni oshirish demakdir. Kichik korpo
ratsiya ba’zan yirik korporatsiyaga nisbatan samaraliroq bo‘ladi.
Korporatsiya samarali ishlashi uchun biror vazifani bajarish, biror aniq
kishi yoki bo‘linmaga topshirilishi va unga
mos vakolatlar berilishi
lozimligi tajribadan ma’lum. Unumdorlikni javob beruvchi biror shaxs
yoki guruhga berilgan vakolat doirasiga mablag‘lami sarf qilish huquqi
ham kirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: