texnikadan foydaianganliklaridir. Bunday korporatsiyalar kelajakka ega
emas.
Hozirgi paytda ko‘pchilik tadbirkorlar darhol foyda olishga intilish
noto‘g‘riligini va uzoq istiqbolni hisobga
olish zarurligini tushunib
yetdilar. Unumdorlikning istiqbolga mo'ljallangan kompleks rejalarini
qisqa muddatli rejalar bilan mustahkamlash zarur.
Yuqori lavozimdagi rahbarlar o‘rta bo‘g‘in rahbarlarga hali o‘z
imkoniyatlarini to‘liq namoyon etmagan uskuna sotib olishda qarshilik
ko'rsatmasdan aksincha ularni qoMlab-quwatlashlari zarur. Rahbariyat
unumdorlikni oshirish uchun o‘z mablag‘larini
sarf qilish va istiqbol
rejalariga unumdorlikni oshirish dasturlarini qo‘shish yo‘li bilan o‘z
hamkorligini namoyon qilishi zarur.
Unumdorlikni rejalashtirish boshqaruvning barcha jarayonlarida
kuzatilishi kerak. U kishilami mehnat unumdorligini oshirishga undaydi.
Unumdorlikni oshirishning istiqbol va joriy
rejalari bajarilishi doimo
nazorat qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: