Badiiy tahlil asoslari


O‘quv fanining asosiy maqsadi va vazifalari



Yüklə 96,97 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü96,97 Kb.
#181535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BADIIY-TAHLIL-ASOSLARI

O‘quv fanining asosiy maqsadi va vazifalari
“Badiiy tahlilning ilmiy-nazariy asoslari” fanining maqsadi - talabalarni badiiy tahlil asoslarini imkon qadar anglab yetish, ushbu fan dasturida ko‘rsatilgan tushuncha va tamoyillarni talqin eta bilish, eng asosiysi, badiiy asar va matnni adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qila olish ko‘nikmalari bilan qurollantirishdan iborat.
Shu ma'noda kurs oldiga qo‘yiladigan vazifalar quyidagilardan iborat etib belgilandi:
- Badiiy tahlil asoslari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
- badiiy tahlilda falsafiy va milliy asosning o‘rni;
- asar va matnning badiiy tahlil turlari;
- asarning badiiy tahlili bosqichlari;
- badiiy asarning ilmiy, o‘quv tahlili;
- badiiy tahlilning asosiy tamoyillari;
- badiiy tahlilda shakl va mazmun kategoriyasi;
- badiiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar;
- badiiy tahlilda adabiy turga xos xususiyatlar;
- lirik, epik va dramatik asarlar tahlili;
- badiiy asarning semiotik, struktural tahlili;
- badiiy asarning biografik yoki ruhiy(psixoanaliz) tahlili kabilarni bilish va ularni amalda qo‘llay olish.

3

Fan bo‘yicha magistrlarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Magistrlar fan bo‘yicha badiiy adabiyot milliy madaniyat va ma’naviyatning oliy formasi (yuqori bosqichi) ekanligini, uning millat taqdiridagi rolini yaxshi tasavvur qilish; badiiy tahlilda falsafiy va milliy asosning o‘rni, asar va matnning badiiy tahlil turlari, asarning badiiy tahlili bosqichlari, badiiy asarning turli darajadagi tahlili, badiiy tahlilning asosiy tamoyillari, badiiy tahlilda shakl va mazmun birligi, badiiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar va yo‘nalishlar, badiiy tahlilda adabiy turga xos xususiyatlarni farqlay olish kabi nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi talab qilinadi.
Nazariy ma’lumotlarga tayangan holda tahlil, talqin, hermenevtika, interpretatsya, semiotika, semasiologiya, sharh, ta’vil, tafsir, badiiy tahlil, badiiy tahlil idroki, ma’naviyat va badiiy asar, adabiyotshunoslik va tahlil, tahlil va ma’naviyat, tahlil maqsadi, kontekstual tahlil, immanent tahlil, tahlil metodlari, dunyoqarash va badiiy ijod, olamni estetik tushunish va tushuntirish, falsafa va dunyoqarash, moddiyunchilik, mimesis, kalom falsafasi, tasavvuf, tajalli, umuman, badiiy tahlili malakasiga ega bo‘lishlari talab qilinadi.





Yüklə 96,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə