Badiiy tahlil asoslari


Epik va dramatik asarlar tahlili (2 soat)



Yüklə 96,97 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü96,97 Kb.
#181535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BADIIY-TAHLIL-ASOSLARI

11. Epik va dramatik asarlar tahlili (2 soat).
Epik ko‘lam, tafsilot, tafsilot va inson xarakteri munosabati, timsollarni guruhlashtirish, timsolli tahlil, badiiy lavha - epizod, tahlilda lavhadan foydalanish o‘rni, drama va harakat, adabiyot va teatr munosabati, sahnaviy so‘z, sahnabop holat, drama va dramatizm, dramada muallif ishtiroki, drama nazariyasi, sahnaviy bilimdonlikning drama tahlilida zarurligi.
12. Badiiy asarning belgilar (semiotik) bo‘yicha tahlili (2 soat).
Simvol, ramz, ramziylik, semiotika, an’anaviy obraz, poetik simvol, belgi ma’nolari, simvol-obraz, simvollashtirish, simvol - ifoda.
13. Badiiy asarning struktural tahlili (2 soat).
Germenevtika, sinergetika, interpretatsiya, aksiologiya, analiz va sintez, talqin, tahlil, baholash, tafsir, semantika, struktura, strukturalizm, matn, badiiy matn.
14. Badiiy asarning biografik tahlili (2 soat).
Badiiy asar. Matn tahlili. Biografik tahlil. Shoir shaxsiyati. Ijodkor laboratoriyasi. Muallif va badiiy asar. Ijod va ijodkor dunyosi. Biografiya. Avtobiografiya. Hasbu-hol. Biografik asarlar. Ijodkor hayoti. Badiiy qahramon va ijodkor. Muhit va ijod. Davr va ijodkor. Hayot va adabiyot. Maishiy hayot. Ijtimoiy kelib chiqish. Ruhiyat. Falsafiy qarash. Intim hayot.
15. Badiiy asarning ruhiy(psixoanaliz) tahlili (2 soat).
Badiiy asarni ruhiy tahlil etish usulining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti. G‘arb adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixoanaliz masalasi. Asarni ruhiy tahlil etish tarixi va uning salmoqdorligi. Adabiyotshunoslikda ruhiy tahlil muammosi. O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tahlil taraqqiyoti.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Magistr mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
- talabaning o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- internetdan foydalanish;
- masofaviy (distansion) ta’lim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari ishchi dasturda berilishi ko‘zda tutilgan.

56.

Kredit olish uchun talabalar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan badiiy matnlarni nazariy va ilmiy jihatdan tahlil qiluvchi zamonaviy konsepsiyalarni; - nazariy masalalarni (sujet-kompozitsiya, obraz-obrazlilik, tur va janr xususiyatlari) hamda konponentlarining tarkibiy tahlili, adabiy-badiiy tahlil jarayonida nazariy qarashlarni ifodalay olish, ilmiy xulosalar chiqara bilish kerak. Joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test yoki og‘zaki savollarga javob berish.


Yüklə 96,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə