Badminton o`yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi Reja



Yüklə 211 Kb.
səhifə1/3
tarix20.06.2023
ölçüsü211 Kb.
#118171
  1   2   3
Badminton o`yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Badminton o`yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi
Reja:
1. Badmintonni paydo bo’lishi va uni shakllanish bosqichlari
2. Zamonaviy badmintonning rivojlanishi
3. O’zbekistonda badmintonning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
4. O’zbekistonda badminton bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar

Badminton insoniyat tamaddunining eng qadimiy o’yinlaridan biridir. Uning kelib chiqishi borasida ko’plab afsonalar mavjud. Qadimgi Yunoniston, Yaponiya, Hindiston va hatto Afrika xalqlarining rivoyatlarida bundan ikki ming yillar avval kattalar va bolalar volan (badminton koptogi) o’ynaganliklari qayd etilgan. “Uchuvchi pat” deb nomlangan qadimiy sport o’yini Xitoyda eramizdan ming yil oldin ham ma’lum bo’lgan. U Yaponiyada “oyabane” deb atalgan hamda bir nechta g’oz pati va quritilgan sakura mevasidan tayyorlangan volanni yog’och raketkalarda oshirib tashlashga asoslangan. V.Gyugo va I.F.Shillerlarning asarlaridan Yevropada XVI asrda o’ynalgan volan o’yini haqida bilib olish mumkin. Fransiyada bunday o’yin “je-depom” (olma bilan o’ynash) deb nomlangan. O’rta asr ingliz gravyuralarida birbirlariga volanni oshirayotgan dehqonlar tasvirlangan. XVIII asrga oid rasmlar Rossiyada ham insonlar o’sha paytda shunga o’xshash o’yinni o’ynaganlaridan dalolat beradi. Gavril Derjavin ham patli koptok haqida yozib qoldirgan. 1650-yilda Shvetsiya qirolichasi Kristina Stokgolmdagi Royal Palas (Qirollik saroyi) yaqinida saroy ayonlari va xorijiy mehmonlar bilan “patli koptok” o’ynash uchun maxsus kort qurdiradi. Mazkur kort Shvetsiya poytaxtida hanuzgacha saqlanib qolgan hamda bugungi kunda cherkov mulki hisoblanadi. XIX asrda Angliyada gersog Beford xonadonida volan o’yini ayniqsa juda ommalashadi. Gersog badminton Assotsiatsiyasining homiysi bolgan. Bugungi kunda u egalik qilgan Front Xollda ko’hna raketka va volanlaming ajoyib kolleksiyasi saqlanadi. 1860-yilda Isaak Sprat badminton haqida kitob yozdi va unda ushbu o’yinning ilk qo’ldalarini tavsiflab berdi. Zamonaviy badmintonning Vatani Hindiston hisoblanadi. U XIX asrda Hindistonda keng ommalashgan va ayrim manbalarga ko’ra - “pune”, boshqalarida aytilishicha — “roopa” deb atalgan o’yindan kelib chiqqan. O’sha davrda Hindistonda xizmat qilgan ingliz zobitlari bu o’ynni katta qiziqish bilan o’ynaganlar. 1872-yilda Vatanlariga qaytgach, ular mazkur qiziqarli o’yinni Glochestershir yaqinidagi Badminton yer-mulkida namoyish etishadi. Aynan shu yil Angliyada mana shu yer-mulk nomidan kelib chiqib “badminton” deb nom berilgan o’yinning “tug’ilgan yili” hisoblanadi. 1875-yilda zobitlaming “Folkstaun” nomli badminton klubiga asos solinadi. Assotsiatsiyaning ilk prezidenti polkovnik Dolbi bo’lib, u “pune” - “roopa” o’yinlari qo’ldalari asosida badmintonning yangi qo’ldalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Ana shu qo’ldalaring ayrimlari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Asta-sekin Angliyada badminton klublari yuzaga kela boshlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’sha davrda turli hududlarda o’lchami har xil bo’lgan maydonlarda o’ynashgan. Gvilforddagi kort ayniqsa mashhur bo’lgan. Aynan mana shu kortning o’lchamlari (44x20 fut yoki 13,4012x6,096 m) 1887-yilda Badminton klubi tomonidan nashr etilgan o’yin qoidalariga kiritiladi. 1898-yilda badminton bo’yicha ilk rasmiy turnir bo’lib o’tadi. 1899-yil 4- aprelda Londonda birinchi marta Angliya chempionati o’tkaziladi. Keyinchalik Angliyada chempionatlar ommalashadi, badminton klublari soni ham ortib, badminton o’yini Birlashgan Qirollik va butun Yevropada keng ommalashib boradi. Yangi sport o’yini tez ommalashib, o’z navbatida, volan ishlab chiqarish ham rivojlanadi. 1898-yilda volan ishlab chiqarish bo’yicha ilk patentni Enn Jekson xonim oladi. Badminton nafaqat Angliya, balki uning ko’pdan ko’p mustamlakalarida ham keng tarqaladi. Shu bois, 1934-yil 5-iyulda Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF)ga asos solgan mamlakatlarning aksariyati Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari hisoblanadi. Bugunga kelib mazkur federatsiyaga 100 dan ortiq mamlakat a’zo. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) turli musobaqalar o’tkazib keladi. Ular orasida erkaklar milliy terma jamoalari o’rtasida o’tkaziladigan Tomas kubogi (IBFning birinchi prezidenti nomi bilan atalgan), ayoliar terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tadigan Uber kubogi (IBFning mashhur va faol vakilasi nomiga qo’yilgan) musobaqalari eng yiriklari hisoblanadi. Tomas kubogiga 1948-yiida asos solingan bo’lib, u har uch yilda bir marta o’tkaziladi. Saralash bosqichi to’rtta hududda: Amerika, Avstraliya-Osiyo, Osiyo va Yevropa mintaqalarida bo’lib o’tadi. Mintaqaviy musobaqalar g’oliblari kubok sohibligiga nomzodni aniqlash uchun o’tkaziladigan asosiy bosqichda kuch sinashadilar. Asosiy bosqich g’olibi finalda uch yil oidingi musobaqada kubokni qo’lga kiritgan jamoa bilan ro’baro keladi. Uber kubogi bahslari esa 1956-yildan beri uch yilda bir marta o’tkazib kelinmoqda. 1968-yildan boshlab ikki yilda bir marta Yevropa shaxsiy birinchiligi, 1972- yildan esa qit’aning jamoaviy chempionati o’tkazilmoqda. Jamoaviy birinchilikda milliy terma jamoalar beshtadan o’yin kuzatishadi, ya’ni: erkaklar yakkaligi, ayollar yakkaligi, erkakligi juftligi, ayollar juftligi, aralash juftlik(mikst). Bulardan tashqari, xalqaro federatsiya bir qator rasmiy shaxsiy tumirlami ham o’tkazib keladi. Ular orasida yaqin-yaqinlargacha Angliya ochiq chempionati eng mashhurlaridan biri bo’lgan va u norasmiy jahon chempionati hisoblangan. Angliya ochiq chempionatiga 1899-yiIda asos solingan. Ilk rasmiy jahon chempionati 1977-yil Shvetsiyaning Malme shahrida bo’lib o’tgan. 1992-yilda badminton olimpiada o’yinlari oilasiga qabul qilinadi. Sobiq Sovet Ittifoqida badminton 1957-yilda rasmiy maqomga ega bo’ldi, desak xato qilmaymiz. Shu yili Moskvada o’tkazilgan yoshlar va talabalarning Butunjahon festivalida. Ittifoq vakillari V.Dyomin, I.Sokolov, S. Zamuruyeva, N. Kalashnikov mazkur xalqaro forumga tashrif buyurgan xorijlik sportchibadmintonchilar bilan kuch sinashganlar. 1959-yilda birinchi marta Moskva shahri shaxsiy chempionati o’tkaziladi (g’oliblar: V.Dyomin va S.Zamuruyeva), 1960-yilda esa ilk shaharlararo musobaqada Moskva va Lvov shaharlari badmintonchilari kortda kuch sinashadilar. 1961 -yilda Moskva, Leningrad, Xarkov, Lvov va boshqa bir qator shaharlar badmintonchilari o’rtasida shaharlar tumiri bo’lib o’tadi. Final o’yinida Moskva shahrining “Mehnat” jamiyatisportchilari (M.Seminas, M.Goncharova, N. Sokolov, N.Goncha- rov, M.Oreshkin) hamshaharlari - “Burevestnik” sport jamiyati vakillari (T.Dorofeyev, T.Chistyakova, V.Xolodov, M.Shtilman,A.Postmkov, V.Mixeyev) ustidan g’alaba qozonishdi. O’sha yili “Kosmonavtlar kubogi” deb nomlangan tumir ham tashkil qilinadi. Bu bejiz emasdi. Chunki dunyoning birinchi kosmonavti Yu.Gagarin o’zining tarixiy parvozidan keyin jumalistlarga bergan intervyusida shunday degandi: “Badminton o’ynashni yoqtiraman. Bu juda ajoyib o’yin”. 1963-yilda Moskva shahrida birinchi SSSR chempionati bo’lib o’tadi. 1974- yilda sobiq Sovet Ittifoqi Xalqaro badminton federatsiyasi a’zoligiga qabul qilinadi. XXI asr boshlarida Xalqaro badminton federatsiyasi o’z nomini o’zgartirdi. Hozirda u Butunjahon badminton federatsiyasi (BWF) deb nom olgan. O’zbekistonda badmintonning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi 1957-yil sobiq “Ittifoq” badmintonining “tavallud topgan” kuni deb e’tirof etilishi mumkin. Shu kundan boshlab badminton Moskva va Leningrad hamda ayrim “Ittifoqdosh” respublikalar bo’ylab ommaviylasha boshladi. 1962-yil bir qator respublikalar (Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Tojikiston), shu jumladan, Moskva va Leningrad shaharlari terma jamoalari o’rtasida norasmiy musobaqalar tashkil etildi. O’zbekiston terma jamoasi 1963- yilda ilk bor o’tkazilgan sobiq “Ittifoq” chempionatida ishtirok etib, 14 jamoa ichidan 9- o’rinni egallashga muvaffaq bo’ldi. Ana shu yillardan boshlab badminton yurtimizda, ayniqsa, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Navoiy va Angren shaharlari da jadal rivojlanib, ommalashib bordi. 1982-yilda Toshkentda badminton bo’yicha sobiq “Ittifoq” chempionatining shaxsiy-jamoa musobaqalari o’tkazildi. O’zbekiston terma jamoasi tarkibida Bilol Agzamov,. Grigoriy Klimberg (Toshkent sh.), Aleksandr Tranevich (Angren), Nuzet Kurtumetov (Angren), Elena Lizupova (Toshkent sh.) lar ishtirok etishdi va munosib о’yin ko’rsatishdi. Toshkent shahar terma jamoasi o’sha vaqtda V.A.Tkachenko, Angren terma jamoasi esa I.P.Derjak kabi trenerlar boshchiligida shug’ullanishgan edi. 1963-yildan boshlab O’zbekistonda badminton bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar (chempionatlar) va shu sport turiga tegishli ayrim ma’lumotlarni keltirish mumkin. Jumladan, 1963- yilda Adabiyot institutida badminton bo’yicha O’zbekiston saralov chempionati o’tkazildi va bunda Mitxat Ibragimov chempion bo’ldi. 1970-yiIda badminton O’zbekiston Davlat sport qo’mitasining musobaqalar taqvim rejasiga kiritildi va bosh trener lavozimiga “Zenit” KSJda faoliyat yurituvchi Leonid Klimberg tayinlandi. 1975-yilda O’zbekistonda turli KSJlarda (“Zenit”, “Profsoyuz”, “Mehnat”, “Spartak”, “Morji”, “Lokomotiv”, “Bureveg- nik”) mehnat qiluvchi trenerlar soni 10 nafardan ortdi. 1979-yilda badmintonga ixtisoslashgan bo’lmlar Angren, Navoiy, Andijon, Namangan, Samarqand va Guliston shaharlarida o’z ish faoliyatini boshladi. 1980-1990-yillarda bir qator respublika va sobiq “Ittifoq” miqyosidagi “kubok”, tumir, chempionatlar o’tkazildi. 1991-yilda badminton bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi barcha turdagi musobaqalarda, shu jumladan, xalqaro tumirlarda ishtirok eta boshladi. 1992 va 1995-yillarda Toshkentda ilk bor xalqaro turnirlar tashkil etildi. 1998-yilda badminton bo’yicha O’zbekiston Respublikasi o’smirlar terma jamoasi Osiyo o’smirlar chempionatida ishtirok etdi. 1999-yilda O’zbekiston Respublikasi milliy terma jamoasi Kuala-Lumpur (Malayziya)da o’tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib, kvalifikatsion turnir bosqichidan yuqoriga o’ta olmadi. 2004-yilgacha badminton musobaqalari faqat O’zbekiston hududlarida o’tkazildi. Faqatgina 2003-yilda O’zbekiston terma jamoasi Qozog’istonda o’tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etdi. Ushbu turnirda vakillarimiz Oleg Savatyugin va Alisher Zoxidov sovrindor boiishdi. Faxriylarimiz terma jamoa tarkibida bir oltin va ikkita kumush medallarini olishga sazovor bo’lishdi. Mustaqillik davrigacha O’zbekistonda badminton bilan 450 ming kishi shug’ullangan, 19 nafar trener va 27 nafar hakamlar faoliyat ko’rsatishgan. O’zbekistonda 1993-yilda Valeriy Aleksandrovich Tkachenko sport ustasi unvoniga sazovor bo’ldi. 1984-yilda toshkentlik Alisher Zoxidov “Ittifoq” reytingida - 19, Sergey Starchinov 23, Yelena Lizunova -22, Galina Kozina 27- o’rinni egallagan. 1986-yilda vakillarimiz Andrey Bitiyev yakka toifada Zelinogradda o’tkaziigan “Ittifoq” o’smirlar birinchiligida g’olib bo’lishga muvaffaq boЈldi. Andrey Bitiyev va Anatoliy Galchenko juftlik toifasida g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Yuliya Yakobson (Seytlin) va Galina Kozina ayoliaming juftlik toifasida ikkinchi o’rin sohibi bo’lishdi, Irina Galchenko va Marina Shutovalar esa uchinchi o’rin bilan kifoyalanishdi. N

Yüklə 211 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə