Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə3/5
tarix03.03.2023
ölçüsü39,46 Kb.
#101873
1   2   3   4   5
22-variant

BERI indeksi

Zamonaviy investitsiya muhitining oʻzgarishiga bir qancha omillar ya’ni globallashuv, xavfsizlik, moliyaviy muhandislik, axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi inqilob sabab boʻlmoqda. Jahonda yuz berayotgan global oʻzgarishlar, terrorizm va odam savdosi balolaridan mamlakatda yaratilgan xavfsizlik choralari, yetuk kadrlarga boʻlgan talabning yanada oshishi hamda 20 asr moʻjizasi boʻlgan axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi shiddatli inqilob investitsiya muhitini yanada zamonaviy va jozibador qiladi.


Xorijiy investorlar indeks ma’lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng foydalanadilar. Mamlakatning indeksi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin investor mamlakatning investitsiya muhiti va uning jozibadorligini baholashda boshqa omillarni ham inobatga oladi.
Investitsion muhitdagi siyosiy riskni aniqlashdagi samarali baholash usullaridan biri, oʻzining keng qamrovliligi, aniqligi va soddaligi bilan mashhur boʻlgan “BERI” indeksidan jahon xorijiy investorlari keng foydalanadilar.
1.4 - jadvalda har bir qoʻyilgan baho ekspertlar bahosiga koʻpaytirilib, oxirida barcha koʻrsatkichlar qoʻshiladi va quyidagicha baholanadi:
Koʻrsatkichlar “0” dan “4” gacha: 0 – nomaqbul shartlar, 1- salbiy shartlar, 2- oʻrtacha shartlar, 3 – yaxshi shartlar, 4 – ideal shartlar.
BERI ≥ 80 – qulay investitsion muhit, iqtisodiyot rivojlangan;
70≤BERI≥79 – yetarli darajada qulay emas va yetarli darajada rivojlanmagan;
55≤BERI≥69 – investitsion salohiyatga ega boʻlgan rivojlanayotgan iqtisodiyot;
40≤BERI≥54 – yuqori darajadagi risk, rivojlanmagan iqtisodiyot;
BERI< 40 – juda yuqori darajadagi risk va investitsiya faqat istisno tarzida kiritilishi mumkin.

2-jadval
BERI indeksi va uning mezonlari7





Mezonlar

Ta’rifi

Salmog’i, %

1.

Siyosiy barqarorlik

Kutilmagan hukumat toʻntarishlari imkoniyatlari va ularning
tadbirkorlik faolligiga ta’sirini baholaydi

12

2.

Xorijiy investitsiyalar va
foydaga munosabat

Xususiy tadbirkorlarga tegishli ijtimoiy ehtiyojlarga boʻlgan
harajatlar hajmi

6

3.

Milliylashtirish

Beg’araz ekspropriatsiya imkoniyatlaridan to mahalliy
hokimiyatlarga imtiyozlar berishgacha

6

4.


Devalvatsiya



Devalvatsiya ta’siri, hamda korxona faoliyatiga
devalvatsiyaning ta’sirini yumshatuvchi choralarning hayotiyligi

6


5.

Toʻlov balansi

Hisoblar balansi va umumiy balansga, hamda xorijiy
investorlarning daromadlariga ta’sir etuvchi omillar

6

6.


Rasmiyatchilik masalalari



Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, bojxona rasmiyatchiliklarini amalga oshirilishi, valyuta oʻtkazishlari va
boshqa shunday operatsiyalar

4


7.


Iqtisodiy oʻsish sur’atlari



Yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining oʻsishi 3%, 3-6%, 6-10% va 10%dan yuqori chegaralarda

10


8.


Valyutaning konvertirlangani

Milliy valyutaning xorijiy valyutaga almashtirish imkoniyati, hamda milliy valyutaning (korxonalarga zarur boʻlgan
darajada) valyutalar bozoridagi oʻrni

10


9.


Shartnomani amalga oshirish imkoniyati

Shartnomaga amal qilish imkoniyati, hamda til va urf- odatlardagi farq natijasida qiyinchiliklarning yuzaga kelishi

6


10.

Ish haqi va mehnat unumdorligiga harajatlar

Ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi, ishga qabul qilish tartibi

8

11.


Ekspertlar va marke-ting xizmatlaridan foydalanish imkoniyati

Korxonalarga yuridik, buxgalteriya, marketing boʻyicha maslahatlar berish, texnologiya va qurilish ishlarini amalga oshirish sohalarida maslahatlar kutish imkoniyati

2


12.


Aloqa va transportni tashkil etish



Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va ularning filiallari orasidagi transport yoʻllari va aloqa tizimini (mamlakat ichidagini ham) tashkil etish va foydalanish imkoniyati.
Transport infratuzilmasini baholash

4


13.


Mahalliy boshqaruv va hamkorlik



Boshqaruvning turli masalalarini yechishda oʻz kapitali bilan qatnashish va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan mahalliy hamkorlarning soni va imkoniyatlari

4


14.

Qisqa muddatli kredit

Xorijiy hamkorlarga qisqa muddatli kreditlar berish va ulardan
foydalanish imkoniyati

8

15.


Uzoq muddatli kredit va shaxsiy kapital

Hamkorlar tomonidan nizom kapitaliga oʻz ulushlarini
qoʻshish shartlari va milliy valyutada uzoq muddatli kredit berish shartlari

8


Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obroʻ qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qoʻyishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.
Hozirda bu xizmat koʻrsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta koʻrsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda.Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega boʻlsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi.
Bir vaqtning oʻzida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot boʻyicha investitsiyalar taqsimotining toʻg’ri yoʻnalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qoʻyilgan mablag’larning kelgusi yilda YaIMning oʻsishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YaIMda investitsiyalar salmog’ining keyingi yildagi YaIMning qoʻshimcha oʻsish sur’atiga nisbatini ifodalaydi. ICOR
koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi koʻrsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik boʻlsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi va aksincha8.
Investitsiyalar iqtisodiy oʻsishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning YaIMga nisbatan ulushi YaIMning oʻsish sur’atidan 4-8 marotaba koʻp boʻlishi lozim. Qolaversa, yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga toʻg’ri kelgan miqdorini va uning oʻtgan yilga nisbatan oʻsish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq boʻyicha yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band boʻlgan kishilar boshiga nisbatan toʻg’ri kelgan oʻrtacha investitsiyalar miqdorini hisoblash ham foydalidir.
ICOR = I : ∆YaIM (1.3)
bu yerda: I - oʻtgan yilda YaIMda investitsiyalarning ulushi; ∆YaIM - yalpi ichki mahsulotning oʻtgan yilga nisbatan qoʻshimcha oʻsish sur’ati.
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR koʻrsatkichi darajasini quyidagi jadval orqali koʻrish mumkin.
3–jadval
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR koʻrsatkichlari9

Yillar


Yalpi investitsiyaning yalpi ichki mahsulotga nisbati, foiz hisobida

YaIMning qoʻshimcha oʻsish sur’ati, foiz hisobida

ICOR
(YaIM qoʻshimcha oʻsishi-ning kapital sig’imkorligi)

2003

19,3

4,4

-

2004

20,3

7,7

2,5

2005

19,8

7,0

2,9

2006

22,8

7,3

2,7

2007

23,0

9,5

2,4

2008

25,0

9,0

2,6

2009

23

8,1

3,1

2010

25

8,5

2,7

2011

23,9

8,3

3,1

2012

22,9

8,2

2,9

2013

23

8

2,9

2014

23,3

8

2,9

2015

23,4

7,9

2,9

2016

24,2

6,2

3,8

2017

27,5

5,2

4,7

2018

29,2

5,4

5,4

2019

37,0

5,7

6,5

2020

34,9

1,9

18,4

2021

33,3

7,4

4,5

Jadval ma’lumotidan koʻrinadiki, tahlil etilayotgan davrda YaIMning kapital sig’imkorligini aks ettiruvchi ICOR samaradorligi koʻrsatkichi 2010 yilda 2,7 ga teng boʻlgan etdi. Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich rivojlangan mamlakatlarda 2,4 ga teng10. 2019 yilga kelib bu koʻrsatkich 6,5 ni, 2020 yilda pandemiya hisobiga YaIM oʻsish sur’atining pasayishi hisobiga bu koʻrsatkich 18,4 ni hamda 2021 yilda 4,5 ni tashkil etdi.


ICOR koeffitsientini hisoblash uslubiyotiga asoslanib, daromad oʻsishining kapitalga nisbati koʻrsatkichi oʻtgan yilgi yalpi investitsiyalarning (YaIMga nisbatan foizda) joriy yildagi YaIMning oʻsish sur’atiga nisbati sifatida aniqlanadi. Loʻnda qilib aytganda, oʻtgan yilgi investitsiyalar hajmi joriy yildagi YaIMning oʻsishida oʻz natijasini beradi. Jahon amaliyotida iqtisodiy oʻsishning ijobiy sur’atini ta’minlash uchun bu koʻrsatkichning nisbati 3/1 hisoblanadi.


  1. Yüklə 39,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə