Baholashning ilmiy-metodik asoslari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#153102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
maktab-adabiy-ta-limida-insho-yozdirish-uni-tekshirish-va-baholashning-ilmiy-metodik-asoslari

didaktik 
xarakteriga ko‘ra, ikki turli bo‘ladi: 
a) 
qo‘pol xatolar; 
b) 
qo‘pol bo‘lmagan xatolar.
Qo‘pol xatolar 
o‘quvchining muayyan grammatik qoidalarni bilmasligi, u yoki 
bu so‘zning qanday yozilishi zarurligidan xabarsizligi sababli yo‘l qo‘yiladigan xatolar 
bo‘lib, 
inshoning bahosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
.
Qo‘pol bo‘lmagan xatolar 
o‘quvchining shoshganligi, e’tiborsizligi, 
charchaganligi va bq. sabablar tufayli grammatik talablarga to‘liq va qat’iy rioya 
qilolmaganligidan yuzaga kelgan xatolar bo‘lib, 
bahoga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi

Qo‘pol bo‘lmagan xatolarga harflarni bosma shaklda yozish, bosh harf o‘rniga kichik 
harfning kattaroq ko‘rinishini qo‘llash, so‘zlarning qisqartma shaklidan foydalanish 
kabilar kiradi.
Shuningdek, inshoda yo‘l qo‘yiladigan xatolar qaytarilish chastotasiga ko‘ra tipik 
(ko‘p uchraydigan) va notipik (kam uchraydigan) tarzida ham ikki turga bo‘linadi. 
Tipik xatolar
ga a) so‘zlarni adabiy normaga muvofiq emas, balki shevadagiday 
qo‘llash; b) qaratqich kelishigi qo‘shimchasi “
-ning
bilan tushum kelishigi 
qo‘shimchasi “
-ni
”ning farqiga bormaslik; v) “
h
” va “
x
” harflarini farqlay olmaslik; g) 
so‘zlashuv nutqida qo‘llash mumkin bo‘lgan, lekin adabiy tilda ishlatilmaydigan 
oborotlarni qo‘llash kabilar kiradi. Tipik xato o‘quvchilarning ko‘pchiligi tomonidan 
muntazam ravishda yo‘l qo‘yiladigan xatodir.
Notipik xato 
esa, har bir o‘quvchining umumiy savodxonlik va u yoki bu 
grammatik qoidani o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq tarzda yo‘l qo‘yiladigan 
xatolardan iborat bo‘ladi.
Adabiyot o‘qitish metodikasi uchun o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni to‘g‘ri 
topish va jo‘yali belgilash katta didaktik ahamiyat kasb etadi. Xatolarning qanday 
tabiatga ega ekani yozma ishga qo‘yilgan belgidanoq ko‘rinib turishi o‘quvchilarni 
keyingi xatolardan bir qadar asraydi. Mashhur metodist olim Subutoy Dolimovning 
quyidagi fikrlari bu jihatdan diqqatga sazovordir: “

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə