Baholashning ilmiy-metodik asoslari


Insho yozdirishdan maqsad o‘quvchilarning yozuv savodxonligini oshirish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#153102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
maktab-adabiy-ta-limida-insho-yozdirish-uni-tekshirish-va-baholashning-ilmiy-metodik-asoslari

Insho yozdirishdan maqsad o‘quvchilarning yozuv savodxonligini oshirish
ularni har qanday murakkab fikr-mulohaza va his-tuyg‘ularni tushunarli, savodli 
hamda ta’sirli qilib ifodalab berishga o‘rgatishdan iborat
dir. Shu boisdan insho yozish 
tilning grammatik qoidalariga uzviy bog‘langan. Hozirga kelib o‘quvchilar orasida 
savodxonlik darajasining keskin pasayib ketishiga asosiy sabablardan biri shuki, 
tilimizning imlo qoidalari, grammatik normalarini ishlab chiqishda hamisha ham chuqur 
ilmiy asoslarga tayanilmagan.


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1249
Hali-hanuz ko‘pgina grammatik qoidalar milliy tilning xususiyatlariga to‘la 
muvofiq emas. Bular rus yoki ingliz tillari grammatikasidan ko‘r-ko‘rona nusxa 
ko‘chirish tufayli paydo bo‘lgan. Yangi yozuv va imlo qoidalaridagi bir qator 
sun’iyliklar ham o‘quvchilarning yozma ishlarda xatoga yo‘l qo‘yish xavfini 
kuchaytirdi. Chunonchi, “-q“, “-g‘” tovushlari bilan tugagan so‘zlardan keyin qaysi 
so‘zlarga faqat “-ga” qo‘shimchasini, qaysi so‘zlarga esa “-ka” va “-qa” qo‘shimchasini 
qo‘shish kerakligi, “u” yuklama holida kelsa ham, bog‘lovchi vazifasida qo‘llansa ham 
chiziqcha (-) bilan yozilishi kerakligi kabi qoidalar o‘quvchilarning savodxonligini 
ko‘tarish yo‘lidagi to‘siqlarga misoldir.
O‘zbek tilining grammatik qoidalari jonli so‘zlashuv tilidan juda ham uzoqlashib 
ketgan. O‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalar berish o‘rniga murakkab 
ilmiynamo qoidalar va lingvistik yangiliklar tiqishtirilgani uchun o‘quvchilarning 
yozma nutqi susayib, savodxonlik darajasi pasayib bormoqda. Ona tiliga doir 
darsliklarda til ta’limining amaliy jihatlarini emas, balki uning nazariy qirralarini 
o‘rgatishga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Buning ustiga, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga testning bir yoqlama yo‘sinda 
kiritilishi, unga javob topishga e’tiborni oshirib, yozma ishlar va unga zarur bo‘lgan 
grammatik qoidalar bobida nopisandlikni keltirib chiqarmoqda. Ob’ektiv va sub’ektiv 
sabab va omillarga ko‘ra, bugungi kun maktab adabiy ta’limida insho yozdirish nafaqat 
saviya, balki miqdor jihatdan ham oldingiga nisbatan keskin kamayib ketgan. Bu, o‘z 
navbatida, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining inshoni o‘tkazish va uni tekshirish 
bo‘yicha ilmiy-metodik ko‘nikma va malakalarining susayishiga olib kelinganligi bois 
biz ushbu maqolada metodist olimlarimizning bergan ilmiy tavsiyalari asosida e’tiborni 
insholarni samaraliroq o‘tkazish va ularni o‘quvchilarning yozma ish bajarish 
ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan, ularni ijodga undaydigan yo‘sinda 
tekshirish yo‘llari xususida fikr yuritishga qaratamiz.
NATIJA
Adabiyot o‘quvchisi o‘tib bo‘lingan biror mavzu yuzasidan yoki biror erkin
yoxud adabiy-ijodiy insho yozdirar ekan, yozma ishning ona tilidan o‘rganilgan biror 
muhim grammatik qoidani mustahkamlashga qanchalik xizmat qilishini ham hisobga 
olishi maqsadga muvofiqdir. Insho yordamida mustahkamlangan grammatik qoida 
o‘quvchi xotirasida chuqur iz qoldiradi, uning savodxonligini yaxshilashga xizmat 
qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda grammatik qoidalar shunchaki yodlab olinadigan 
narsalar emas, balki tilning mavjudligini ta’minlaydigan va tushunib olish mumkin 
bo‘lgan, takrorlanib turadigan ilmiy xulosalar ekanligini anglab olish ko‘nikmasini 
shakllantiradi.
Aytish kerakki, 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə