Baland turnikda osilgan holatda qo'llarni bukish va yozish” mavzusida tayyorlagan


Reja: Turnikda bajariladigan mashqlar



Yüklə 145,85 Kb.
səhifə2/2
tarix27.02.2023
ölçüsü145,85 Kb.
#101592
1   2
Baland turnikda osilgan holatda qo\'llarni bukish va yozish” mavz

Reja:

  1. Turnikda bajariladigan mashqlar

  2. Baland turnikda.

Turnikda bajariladigan mashqlar

  1. Past tumikda. D.h. — bukilgai) qo‘llarda osilib turish, bir oyoqda depsinib, boshqasi bilan siltanib ko‘tarilish. O'ng (chap) oyoqda qayta siltanib, yuqorida tayanish: orqaga sekin tushib, o‘ng (chap) oyoqda osilib turish. Bukilib, burchak hosil qilib, oyoqlarni tushirish va turish (24- rasm).

Past turnikda. D.h. — cho‘qqayib osilish. Osilib, burchak hosil qilish va to‘ntarilib ko‘tarilish, sekin tushib, oldinga bukilib








osilish: oyoqni bukib, ularni qo‘llar orasidan o‘tkazib, orqaga kerilib osilish; oyoqlarni tushirib, orqada bukilib osilish; oyoqda depsinib, bukilib osilish; oyoqni tushirib, kerilib turish.



  1. Baland turnikda. D.h. — (asosiy tik turish). Sakrab bukilgan qo‘Uarda osilish va to'ntarilib ko‘tarilish; tumikni tagiga sakrab tushish (25- rasm).

  2. Baland turnikda. D.h. — osilish. Navbatma-navbat kuch bilan chiqish; qo‘llarni bukib, sekin tushib, bukilib osilish; oyoqlarni bukib, ularni qo'llar orasidan o‘tkazib, orqada osilish; teskari ko'tarish; oldinga sakrab tushish.

  3. Baland turnikda. Tortilish (o‘spirinlar uchun), uni 10—12 marta takrorlash.

  1. D.h. — asosiy tik turish. Sakrab yuqori yog‘ochga osilish; bukilib tebranishlar va qayta siltanib egilib pastki yog'ocliga yotib osilish (27- rasm).

  2. D.h. — asosiy tik turish. Sakrab yuqori yog‘ochga osilish; bukilib tebranishlar; qayta siltanib egilib pastki yog‘ochga yotib osilish; chapga (o‘ngga) burilib tos bilan o‘tirish, bir qoida yuqorigi yog‘ochni ushlash; pastki yog‘ochni chap (o‘ng) qo‘l bilan ushlash va oldinga siltanib, egilib sakrab tushish (28- rasm).

  3. D.h. — yotib, pastki yog‘ochga osilish; o‘ng qo‘lni tushirib, chapga 270° burilib, tos bilan o‘tirish; chap (o‘ng)ga burilib, pastki yog‘och bo‘ylab o‘tirish; burchakli sakrab tushish.

D.h. — pastki yog‘ochga tayanib turib muvozanat saqlash; bir qo‘lda pastki yog‘ochdan ushlash, boshqasini yon tomonga uzatish (,,qaldirg‘och“); orqaga siltanib, bukilib sakrab tushish
TURNIKDA BAJARILADIGAN MASHQLAR Turnikda – asosan siltanish mashqlari bajariladigan gimnastika snaryadlaridan biri. Mashqdan kelib chiqib, bajaruvchining turnikka nisbatan holatlari hilma-hil bo‗lishi mumkin. Bunday ko‗p sonli holatlardan quyidagilar asosiy hisoblanadi: ―uzunasi‖ holat, qachonki gimnastikachining elka o‗qi snaryad o‗qiga nisbatan parallel bo‗lsa, ―ko‗ndalang‖ holat, qachonki bu o‗q snaryadning uzunasi o‗qiga perpendikulyar bo‗lsa. Turnikda deyarli barcha mashqlar uzunasi holatda bajariladi, shuning uchun ―uzunasi‖ so‗zi keyinchalik mashqlar ta‘rifida tushib qoladi va ―ko‗ndalang‖ so‗zini anglatuvchi, tananing ko‗ndalang holati ko‗rsatiladi. Turnikka yuzlanib osilishda bajariladigan mashqlar, ―oldinda osilishda‖, orqalab bajariladigan – ―orqada osilishda‖ mashqlar deb ataladi. Tayanchda bajariladigan mashqlar, qachonki turnik tana oldida joylashsa, ―oldinda tayanishda‖ deb nomlanadi, agar tana orqasida joylashsa – ―orqada tayanishda‖. Mashqlarni ifodalashda ―oldinda‖ so‗zi va keiynchalik ―osilish‖ yoki ―tayanish‖ so‗zi tushib qoladi, agar u holatni tushuntiruvchi boshqa so‗z bilan atalmasa, ―oldinda osilish‖ yoki ―oldinda tayanish‖ni anglatadi. Tananing oldinga yuzlanib harakatida, osilishda tebranib bajariladigan mashqlar ―olinga siltanish bilan‖, aksincha harakatda , ya‘ni orqalab, ―orqaga siltanish bilan‖ deb nomlanadi. Agar harakat qo‗l panjalarida tik turishdan boshlansa, unda oldinga harakat yo‗nalishi, tayanishda turgan gimnastikachi yuzlangan tomon hisoblanadi. Turnikni ushlash usulidan kelib chiqib, quyidagi ushlashlar mavjud: ―yuqoridan ushlash‖, ―pastdan ushlash‖. Bir qo‗lda yuqoridan boshqasida – pastdan ushlashda, pastdan ushlagan qo‗l ko‗rsatiladi, masalan: osilish, o‗ngda pastdan ushlash bilan turli ushlashda osilish yoki tayanish deb ataladi. 144 ―Chalishtirib ushlash‖ – qachonki qo‗llar chalishtirilgan holatda bo‗lsa, shunday nomlanadi. Agar bir qo‗l pastdan ushlasa, unda qaysi qo‗l ekanligi ko‗rsatiladi. Agar gimnastikachi mashq bajarayotgan vaqtda biron-bir ushlashdan chalishtirib ushlashga o‗tsa, unda qaysi qo‗l o‗tib ushlayotganligi ko‗rsatiladi va u yakuniy holat bo‗ladi, masalan: pasdan ushlash bilan, o‗ngda pasdan chalishtirib o‗tib ushlash. Odatiy, eng qulay ushlashda panjalar elka kengligida, qo‗llar o‗zaro parallel joylashadi. Tor ushlashda panjalar bir-biriga tegib turadi kengda, masalan aksincha ushlashda panjalar elka kengligida joylashadi. Panjalarning barcha boshqacha joylashuvi qo‗shimcha ko‗rsatilishi kerak. 4.1.Osilishlar Osilish – bu gimnastikachining elkalari tutish nuqtasidan pastga bo‗lgan holatga aytiladi. Turnikni ushlab, uning ostida turli holatlarda turishi. Gimnastikachi boshqa mashqlarni bajarishga o‗tishdan oldin to‗g‗ri osilish va ushlab turishni o‗rganishi lozim. Osilishlar ―oddiy‖ va ―aralpsh‖ ga bo‗linadi. Faqat qo‗llarda bajariladigan osilishlar ―oddiy osilish‖ deyiladi (―oddiy‖ so‗zi keyinchalik tushirilib qoldiriladi). Agar tana osilishda, tananing boshqa qismi bilan ushlansa, masalan oyoq uchi bilan yoki tizza bilan, unda bunday osilish ―aralash‖ (bu alohida ko‗rsatiladi) deb ataladi. Bukilgan qo‘llarda osilish. Qo‗llar tirsak bo‗g‗imidan oxirigacha bukilgan. To‗liq bo‗lmagan bukilish xato hisoblanadi. Burchak osilish. Gavda qo‗llar bilan bir chiziqda bo‗lishi kerak. osson bo‗g‗imlarida burchak – to‗g‗ri (oyoqlar polga parallel). 145 Orqada osilish. Orqada osilishni bajarishda, butun tana bilan iloji boricha ko‗proq cho‗zilib, ya‘ni elka bo‗g‗imlarining imkoniyat darajasida osilib turishga intilish kerak; elka qism mushaklari tana og‗irligi ta‘siri ostida unga maksimal to‗g‗rilanishiga imkoniyat yaratib taranglashmaydi. Bukilib osilish. Turnikda bukilib osilish ikki hil – oldinda va orqada bo‗lishi mumkin. Orqada bukilib osilishda oyoqlar qo‗llar orasida joylashadi. Qachonki gavdani uzun o‗qi, qo‗llarni uzun o‗qi hamda vertikal chiziqqa nisbatan taxminan 45º burchak ostida joylashib, tos-son bo‗g‗imlaridagi burchak esa 90º ga teng bo‗lsa, bukilib osilish to‗g‗ri bajarilgan bo‗ladi. Yuqoridan bukilib osilish. Tana holati oldingiga o‗xshash; oyoqlar oldingaorqaga ochilgan, turnik – oyoqlar orasida. Oyoqlar turnikka tengmaydi. Kerilib osilish. Turnikda kerilib osilish orqada va oldinda bo‗lishi mumkin. Kerilib osilishda gavda uncha katta bo‗lmagan kerilishga ega bo‗ladi, sonlar turnikka tegib turadi, bosh orqaga egilgan. Tizzalarda osilish. Oyoqlar oxirigacha bukilgan, gavda ktta bo‗lmagan kerilishga ega, bosh biroz orqaga egilgan, qo‗llar yonga yoki yuqoriga. Aralash osilishlar 146 Tizzani bukib osilish. Gavda kerilgan, ammo juda kuchli emas. Bosh biroz orqaga egilgan. O‗ng oyoq boldiri chap oyoqqa parallel. CHapda tashqaridan osilishda oyoq qo‗llar orasida joylashadi. Ikkitada osilish. tizzalarda va qo‗llarda osilish kabi. Oyoqlar oxirigacha tizzadan bukilgan, bosh biroz oldinga egilgan. 4.2.Tayanishlar Tayanishlar - bu gimnastikachini elkalari tutish nuqtasidan yuqorida bo‗lgan holatga aytiladi. Og‗irligi bilan turnikka tayanib turish. Odatda sportchining gavdasi turnik balandligida yoki turnikdan yuqorida, oyoqlar to‗g‗ri holatda turnik tagida. Bu, aylanishlar yoki tebranishlar kabi ko‗pgina elementlar uchun, asos soluvchi holatdir. Tayanishlar oddiy va aralash bo‗ladi. Oddiy tayanishlarda gavda faqat qo‗llarda (turnikka tegib yoki tegmasdan) ushlanadi. Aralash tayanishlarda gimnastikachi qo‗shimcha oyoq panjalari, tizzalar va boshqalarga tayanadi. Tayanish hilma-hil ushlashlar bilan oldinda, orqada, yonboshda, uzunasi va ko‗ndalang bo‗lishi mumkin. Oldinda tayanish. Gavda biroz kerilgan, sonlar turnikka tegib tuadi. Orqada tayanish. Gavda biroz kerilgan, sonlarning orqa yuzasi turnikka tegib turadi. Agar bu tegish o‗tirish (gohida gimnastikachilar tomonidan yo‗l 147 qo‗yiladi) bilan almashtirilsa, unda bu orqada tayanish, ya‘ni boshqa element bo‗ladi. O‘ng tomonga tayanish. Orqada joylashgan oyoq, son bilan turnikka tegib turadi. Oyoqlar bir hil burchak ostida, taxminan 45º, pastga egilgan bo‗lishi kerak. Chap tomonga tayanish. Oldinda joylashgan oyoq ustidan tayanishga nisbatan yuqoriroq ko‗tarilgan. Boshqa oyoq orqada, ustidan tayanishdagi kabi. Aralash tayanishlar Bukilib tik turib tayanish. Oyoqlar ochiq tik turib tayanish. Tayanib o‘tirish. Bunday elementlarni bajarishda, oyoqning oldingi qismi bilan barmoqlarga yaqin tayanib, ammo barmoqlarda turmasdan turnikda tik turish kerak. Bukilib tik turib va oyoqlar ochiq tik turib tayanishlarda oyoq uchlari bilan turnikdan biroz itarilib, oyoq uchlarini cho‗zishga harakat qilib, oyoqlarni to‗g‗ri ushlash. Bu ularni aylanishlar va sakrab tushishlar vaqtida turnikda mustaxkam ushlanib qolishini ta‘minlaydi. Turnikdan oyoqlarni olishda, oyoqlarni tizza bo‗g‗imidan bukilishiga yo‗l qo‗ymasdan, boldir-panja bo‗g‗imidan biroz bo‗shashtirish lozim. Kuch bilan bajariladigan mashqlar Tortilish. (pastdan ushlash, yuqoridan ushlash va turli ushlash bilan) Turnikda gavda tebranishiga yo‗l qo‗yimasdan osilib turish kerak. Harakatsiz holatdan qo‗llarda tez tortilish. Iyak turnikdan yuqorida bo‗lishi kerak va boshni orqagi egish mumkin emas. 148 O‗rgatishning birinchi bosqichida tos-son bo‗g‗imida ahamiyatsiz bukilishga ruxsat beriladi. 1. Qo‗llarda kuch bilan navbatma-navbat ko‗tarilish. Yuqoridan ushlab osilishda, qo‗llarda tortilish va bukilgan qo‗llarda osilishda to‗xtab qolmasdan, tos-son bo‗g‗imidan biroz bukilib va tana og‗irligini o‗ng qo‗lga o‗tkazib, tez chapni tayanchga qo‗yish, bunda bilaklarni tisaklar yuqoriga holatda vertikal ushlash o‗ng qo‗lga tayanib va unga tana og‗irligi o‗tkazish bilan, gavdani yuqoriga ko‗tarishni davom ettirib, chap qo‗lni tirsak yuqorida holatida tayanchga qo‗yish. Agar ta‘limning birinchi bosqichida shug‗ullanuvchi qo‗llarda tortilishdan keyin bir qo‗lni tayanchga qo‗yish yoki bilaklarni vertikal holatda ushlab qolishni uddasidan chiqa olmasa, straxovkachi uni yuqoriga o‗tirg‗izib biroz yordam berishi kerak. Mashg‗ulotlarda navbatma-navbat osilishga o‗tib, tayanchdan tushishni ham qo‗llar lozim. 2. Kuch bilan ko‘tarilib orqada tayanish (Orqmacha osilib kuch bilan ko‗tarilish). Kerilib osilishdan qo‗llarda tortilib, tosni turnikdan baland ko‗tarish va tana og‗irligini turnik orqali o‗tkazib v), oyoqlarni tushirib orqadan tayanishda ko‗tarilish. Tayanishga o‗tish bilan bir vaqtda asta-sekin qo‗llarni to‗g‗rilash. 149 Kuch bilan orqada tayanishni mashg‗ulotlarida orqada tayanishdan orqaga kerilib osilishga tushish, so‗ng yana kuch bilan ko‗tariliborqada tayanishni qo‗llar maqsadga muvofiq. Orqaga ohista tushish va buni tosni biroz turnikdan pastga tushirib, orqada tayanishda qo‗llarni bukishdan boshlab, so‗ng bosh va elkalarni orqaga olib va kerilgan holatni saqlab qolish bilan, ohista, bir tempda, kerilib osilishga o‗tish. Kuch bilan ko‗tarilib orqada tayanishni yuqoridan ushlab osilishda ijro etish ancha engil, biroq mashg‗ulotga pastdan ushlashda bajarishni ham qo‗shish maqsadga muvofiq. Straxovkachi turnik ustida turib, zaruriyat tug‗ilganda shug‗ullanuvchini elkalari ostida itarib yordam beradi. Ko‗tarilish vaqtida tebranishlar bo‗lmasligi va kerilib osilishda gimnastikachining vertikal holatini ta‘minlovchi kerilish kattaligi etarli darajada ekanligini nazorat qilish lozim. Odatda etarlicha bo‗lmagan kerilish tez orqada osilishga o‗tishga majbur qiladi, bu esa o‗z navbatida, mashq bajariuvchini turnikdan tushib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatlarda, o‗z-o‗zini straxovka qilish sifatida shug‗ullanuvchi tezda orqada bukilib osilishni bajarishi kerak. Asosiy e‘tiborni orqada tayanishdan orqada kerilib osilishga o‗tishda straxovkaga qaratish lozim. 3. Ko‘tarilib to‘ntarilish. Ikki usulda bajariladi. 1-usul – qo‗llarda tortilib va bir vaqtning o‗zida bukilib, oyoqlarni turnik orqali o‗tkazish va ularni pastga tushirmasdan to‗g‗rilanib, gavdani ko‗tarish. 150 2-usul – harakatni to‗g‗ri oyoqlarni turnikka ko‗tarish bilan boshlash, so‗ng qo‗llarda tortilib to‗ntarilib tayanish. 4.3.Tebranish mashqlari Siltanish – turnikda bajariladigan bazaviy harakatlardan biri. Siltanishlar deganda turnikni ushlab oldinga va orqaga tebranishlar tushuniladi. Orqaga siltanishning yuqori nuqtasida gimnastikachiga qulay bo‗lishi uchun turnikni ushlash biroz o‗zgarishi mumkin. Odatda orqadan oldinga siltanishlar, oyoqlar gavda oldida, bukilib siltanishlar deb ataladi. Ushbu siltanishlar ko‗tarilish (turnik tagidan turnik ustiga) va shunga o‗xshash elementlarni bajarganda qo‗llaniladi. Siltanishlar va bukilib siltanishlar umumiydan o‗rta davrga o‗tish davri elementlaridir. Qo‗shpoyada bajariladigan mashqlarga tayyorgarlik ko‗rish uchun gimnastkachi ushbu mashqlarni egallashi lozim. 4. Bukilishlar bilan siltanish har qanday ushlashda to‗g‗ri qo‗llarda bajariladi. Turnikdan bir yoki bir yarim qadam masofada turib, to‗g‗ri qo‗llarda osilishga sakrash va oldinga siltanish yakunida oyoqlarni ko‗tarib bukilish; orqaga erkin siltanish boshlanishini kutmasdan va bukilgan holatni qayd qilmasdan, butun tanani maksimal kerilishiga majbur qilib oyoqlar orqaga siltanib oxirigacha etib borishi uchun ularni erkin (bo‗shashtirib) pastga ―tashlash‖. 151 Bu harakatni qorin mushaklarini va elkalarni maksimal bo‗shashtirish bilan bajarish mumkin. Tanani oxirgi holatini qayd qilmasdan, tos-son bo‗g‗imida keskin bukilib tez oyoqlar va tosni turnikka oldinga siltanish boshlangunga qadar yuqoriga ko‗tarish va oldinga harakat bilan elkalar va butun tanani tekis, ohista to‗g‗rilash bilan yuqoriga oldinga faol yo‗naltirish. Tos-son bo‗g‗imidagi bunday yozilishni tana bilan gorizontal holatdan o‗tguncha to‗liq to‗g‗rilanishgacha etkazish. YOzilish boshlanishi bilan qo‗l panjalariga aylanishiga yo‗l qo‗ymasdan mustaxkamlash va ularni shu holatda tana bilan orqaga siltanib vertikal holatdan o‗tmaguncha ushlab turish Dastlabki o‗rgatishlarda straxovkachi shug‗ullanuvchiga harakatningyakuniy paytlarini, ya‘ni qachon faol harakatlanish kerakligini his qilishiga yordam beradi. Bukilishlar bilan tebranishni tich osilib turishda ham bajarish mumkin. Bu vaziyatda, vertikal osilib turib, bir vaqtning o‗zida oyoqlarni to‗g‗ri burchakkacha yoki undan yuqoriroq, tosni biroz ko‗tarib, so‗ng ularni pastga ―tashlash‖. Keyigi harakat yuqorida bayon etilganiga o‗xshash. 5. Kuch bilan siltanish (pastdan ushlab). Turnikdan bir, bir yarim qadam masofadan sakrab, bukilgan qo‗llarda osilish va shu ondayoq ularni yozib, oldinga erkin siltanish boshlangunga qadar ulgurish uchun oyoqlarni turnikka tez keltirish, oldinga harakatlanish bilan qo‗llarda tez tortilib, gavdani yuqoriga-oldinga 152 yo‗naltirish. oldinga harakatlanishi bilan asta-sekin yozilib, qo‗llarni to‗g‗rilash. Tana orqaga harakatlanishni boshlaguncha yozilishni yakunlash uchun tez yozilish va qo‗llarni to‗g‗rilash kerak. To‗g‗rilangan gavda bilan vertikal holatdan o‗tayotganda qo‗l panjalarini aylanishiga yo‗l qo‗ymasdan ularni joyda maxkamlash. Maxkamlangan panjalar bilan orqaga erkin siltanishni bajarish. Oldinga siltanishda panjalar osilishni zaiflashtirib oldinda ochilib ketmasligi uchun panjalarni to‗xtatish kerak. Kuch bilan siltanishni turnikka sakrashdan keyinoq bajarishdan tashqari, avval uncha katta bo‗lmagan oldinga siltanishni bajarish va orqaga siltanishda, tana orqaga siltanishni oxirgi holatiga yaqinlashgan paytda qo‗llarda tez ko‗tarilib va yuqorida ifodalangani kabi siltanishni bajarish bilan ijro etilishi mumkin. Tana oldinga harakatlanganida yuqoridan ushlash bilan tebranishni bajarilyotganda, aylanishni vertikal holatda to‗xtatib, ko‗rsatilgani kabi panjalarni joyda maxkamlash. Panjalarning bunday holati orqaga siltanishda maxkamlash mustaxkamligini ta‘minlaydi, ya‘ni tana vertikal holatdan o‗tgandan keyin panjalar aylanishni boshlab ushlashni zaiflashtirib ochilib ketishi mumkin. 6. Orqaga siltanib sakrab tushish. Osilishda tebranishdan keyin yoki tayanishdan yoysimon siltanishdan keyin bajariladi. Uni bajarish uchun kuchli siltanish kerak. 153 Orqaga siltanib, to‗g‗rilangan tana bilan turnik ostidan o‗tib siltanishning oxirgi holatiga yaqinlashib boshni ko‗tarib va kerilib, qo‗llar bilan turnikdan yuqoriga kuchli itarilish. Kerilgan holatni iloji boricha uzoqroq vaqt (qo‗nishgacha) saqlash. Straxovkachi turnikdan bir qadam orqada (sakrab tushish tomonda) turishi kerak, agar bajaruvchi turnikni vaqtidan avval qo‗yib yuborsa, unda u qo‗llariga yiqilishiga yo‗l qo‗ymasdan tanasidan ushlab qolishi lozim. 7. Oldinga siltanish bilan sakrab tushish. Oldinga siltanib, to‗g‗ri gavda bilan turnik ostidan o‗tib, tos-son bo‗g‗imidan biroz bukilib, oyoqlarni oldinga yuqoriga yo‗naltirish. Bu harakat tana aylanishini tezlashtiradi, so‗ng oldingayuqoriga qonin va ko‗krakda katta bo‗lmagan keskin harakat bilan yozilib, kerilish. Oyoqlarni pastga tushirib va qo‗llarni turnikdan qo‗yib yuborib, kerilgan holatni saqlab qolish va boshni oldinga egib, qo‗nish. 154 Qorin va ko‗krakda yuqoriga harakat, tananing yuqori qismi harakat tezligi, pastki qismidan tezligidan o‗zib ketishi, bu bilan turnikni qo‗yib yuborilgandan keyin boshlanadigan tana aylanishi to‗xtatish uchun puxta hisob-kitob bilan bajarilishi kerak. Bu burilish bilan sakrab tushishni bajarishda, burilishni yozilish paytida bajarish lozim, qolgan harakatlar esa burilishsiz bajariladigan kabi qolaveradi. Straxovkachi oldinda yonboshdv turishi va mashq bajaruvchining orqadan yoki oldinga qulashni yo‗qotish uchun oldidan ushlashi kerak. 8. Chalishtirib ushlashda burilish. Orqadan siltanishda, orqaga siltanishning oxirgi holatiga yaqinlashib boshni ko‗tarib va qo‗llar bilan biroz turnikni bosib, ortiqcha shoshqaloqlikka yo‗l qo‗ymasdan, bir vaqtning o‗zida tana og‗irligini o‗tkazib ushlash tomonga ko‗chirish bilan o‗ngda (chapda) yuqoridan chalishtirib o‗tkazib ushlash. Aksincha harakat bilan elka bo‗g‗imlarida ohista cho‗zilib va to‗g‗rilanib, burilishga qarshilik ko‗rsatib turnik ostidan to‗g‗rilangan gavda bilan o‗tish, so‗ng tekis burilish Oldinga siltanish yakunida bir vaqtning o‗zida chap (o‗ng) qo‗lni o‗tkazib ushlash va orqaga harakat boshlanishi bilan yana elka bo‗g‗imlarida cho‗zilish. 155 Straxovkachi burilish bajariladigan qo‗ldan yonboshda, burilish bajarilayotgan vaqtda o‗z joyini almashtirib turishi kerak. Oldinga siltanib burilishni boshqa usulda ham bajarish mumkin. Turnik ostidan o‗tayotganda tos-son bo‗g‗imidan biroz bukilib, oyoqlar bilan tana harakatidan o‗zib ketib ularni oldinga yo‗naltirish. Bu harakatni tezlashtiradi va aksincha (orqaga) burilishga intilishga halal beradi.

Yüklə 145,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə