Favqulodda vaziyat tushunchasi va bunday vaziyatlarda profilaktika inspektorining faoliyati



Yüklə 453,92 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü453,92 Kb.
#147069
Tuygunov S 303-306 JUSR



303 
Favqulodda vaziyat tushunchasi va bunday vaziyatlarda profilaktika 
inspektorining faoliyati 
 
IIV akademiya, Tayyorlovchi 310-guruh kursanti 
Tuygunov Sardor Umid o’gli 
Insoniyat sivilizatsiyasi davomida qadimdan inson o’z hayoti va xo‘jalik yuritish 
uchun maqul bo‘lgan tabiiy muhit holatini o‘zgartiruvchi noqulay va xavfli tabiat 
hodisalari va jarayonlari bilan doimo birga bo‘lib kelgan. Vaqt o'tishi bilan, sivilizatsiya 
rivojlanishi bilan insonning o'zi yarata boshlagan xavf-xatarlar paydo bo'la boshladi. 
Ushbu tabiat hodisalari turlarining soni va xilma-xilligi ishlab chiqarishning 
murakkabligi va insonning g'ayrioddiy tabiiy sharoitlarga ega bo'lgan hududlarga kirib 
borishi bilan ortib bormoqda. Ular noqulaylik tug'dirishi bilan birga, ko’plab 
yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda.
Profilaktika inspektori o'z xizmat faoliyatini bir qator normativ hujjatlarga amal 
qilgan holda amalga oshiradi. Jumladan O'zbekiston Respublikası Konstitutsiyasi, 
"Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qononi, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi 
to'g'risida"gi qonuni, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi 
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston 
Respublikasi prezidentining 2833-sonli Qarori, Jamoat xavfsizligini ta'minlash va 
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan 
yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoni va 
boshqa shu kabi ichki idoraviy hujjatlar orqali o'z faoliyatlarini amalga oshirishadi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29-noyabr kunidagi 
"O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini ta’minlash va uni amalga 
oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 27-son farmoni qabul qilinishi orqali profilaktika 
inspektorlarining xizmat faoliyatlariga kiruvchi aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur 
vazifalar 22 tani tashkil qilib profilaktika inspektorlarining o'z ma'muriy hududlarida 
huquq tartibot, aholi tinch totuvligi va farovonligini ta'minlashga qaratilgan 
vazifalardir. 
Profilaktika inspektorlari vazifalari mazkur farmon orqali tizimlashtirildi. Bu 
orqali o'z faoliyatiga halaqit beruvchi boshqa vazifalardan xalos etildi. Lekin bu 


304 
profilaktika inspektorlari zimmasidagi mahalla hududidagi huquq tartibot, aholi tinch 
hayotini ta'milashdek faoliyatiga to'sqinlik qila olmaydi 
Farmonda ko'rsatilmagan vazifalardan biri bu favqulodda vaziyatlardagi 
profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlashga qaratilgan faoliyatidir. 
O'zi favqulodda vaziyat nima? Uning qanday turlari bor" Favqulodda vaziyat 
odamlar qurbon bo'lishiga, ularning sog'lig'i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, 
jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti 
izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli 
tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. 
Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Texnogen, 
tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to'g'risida" 455-sonli 
qarorini qabul qildi. Unga ko'ra favqulodda vaziyatlar vujudga kelishiga ko'ra 
Texnogen, Tabiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo'linadi va ular ushbu 
vaziyatlarda zarar ko'rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko'lamlariga 
(hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va Transchegara turlariga 
bo'linadi. 
Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo'lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 
dan ortiq bo'lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar 
favqulodda vaziyat paydo bo'lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming 
baravaridan ortiq bo'lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish obyekti 
yoki ijtimoiy maqsadli obyekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat 
tegishli bo'ladi. 
Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko'p bo'lmagan odam 
jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko'p bo'lmagan odamning hayot 
faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 
1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko'p bo'lmagan hamda 
favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga 
chiqmaydigan favqulodda vaziyat bo’ladi. 
Respublika favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan 
ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik 
ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiq bo'lgan hamda favqulodda vaziyat 
zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyatga tegishli bo'ladi.
 


305 
Transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, 
yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O'zbekiston hududiga daxl qiladigan 
favqulodda vaziyat tegishli bo'ladi. 
Profilaktika inspektorlari o'zlariga biriktirilgan ma'muriy hududda favqulodda 
holatlarda eng avvalo fuqarolarning tinchligi jamoat xavsizligini ta'minlashga asosiy 
e'tiborini qaratishi lozim sanaladi. Ya'ni, har bir profilaktika inspektori o'zlariga 
biriktirilgan ma'muriy hududda favqulodda holatlarda himoyalanishning dastlabki asosi 
uning kelib chiqish sababi, sharoiti va mexanizmini bilishdan iboratdir. Favqulodda 
holatlar vaqtida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda, 
ularning oqibatlari haqida fuqarolarga tushunchalar berib ogohlikka chaqirishi lozim. 
Bu borada favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan samarali hamkorlikni yo'lga 
qo'yishi darkor. Favqulodda holatlar sodir bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni, ya'ni, 
ularni qanday kechishini va oqibatlarini o'z vaqtida va aniq oldindan aniqlash, ulardan 
himoyalanishning eng muhim asosi hisoblanadi. Favqulodda holatlar asosan quyidagi 
vaziyatlarda ro'y berishi mumkin: 
- gravitatsiya ta'sirida, yer aylanishi yoki harorat farqi ta'sirida tez yuzaga 
keluvchi tabiiy jarayonlar; 
- moddiy boyliklarni va konstruksiyalarning zanglashi, fizik va ximiyaviy 
xususiyatlarini o'zgarishi va bino hamda inshootlarning yemirilishiga olib keluvchi 
tashqi tabiiy omillar, - inshootlarning loyihalash va qurish vaqtidagi kamchilik hamda 
nuqsonlari (qidiruv va loyihalashdagi kamchiliklar), qurilish materiallari va 
konstruksiyalar sifatining pastligi, ularni bajarish sifatining pastligi, xavfsizlik 
texnikasi qoidalarining buzilishi va boshqalar); 
- bino va inshootlarning konstruksiyalariga va materiallariga sanoat ishlab 
chiqarishi texnologik jarayonlarining ta'siri (ruxsat etilgan miqdordan ortiq kuchlanish, 
yuqori harorat, titrash; oksidlovchi bug'-gaz va suyuq agressiv muhit, mineral yog', 
emulsiya va dispersiyalar); 
- bino va inshootlardan foydalanish qoidasini buzilishi va natijada bug' 
qozonlarini, ximiyaviy moddalarni, shaxtalardagi ko'mir changlari va metan, yog'ochga 
ishlov beruvchi korxonalardagi yog'och changlari, don elevatorlaridagi don changlari 
va boshqa shu kabilarni portlashi; 
- har xil ko'rinishdagi harbiy harakatlar. 


306 
Profilaktika inspektorlari o'zlariga biriktirilgan ma'muriy hududda aholini 
favqulodda holatlar vaqtida himoya qilish ularning salbiy oqibatlarga olib kelish xavfini 
oldini olish yoki ta'sir darajasini maksimal kamaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlar 
amalga oshirishi va bu borada favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan chuqur 
hamkorlik qilishi kerak. 
Aholini favqulodda holatlardan himoyalash samarasiga favqulodda holatlarda 
xavfsizligini taminlash prinsiplarini to'liq hisobga olish va uning barcha vositalari 
hamda usullaridan unumli foydalanilgandagina profilaktika inpektorlari bu borada 
samarali natijalarga erishiladi. 

Yüklə 453,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə