Bank auditi


Auditorlik xulosasining tuzilishi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
bank auditi (1)

 Auditorlik xulosasining tuzilishi
Auditorlik xulosasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 
a) nom ("Auditorlik xulosasi" yoki "Auditorlik tashkilotining xulosasi": 
ikkala nom teng huquqli); 
b) adresatning nomi
v) kirish qismi; 
g) qayd etish qismi; 
d) yakuniy qism; 
e) auditorlik xulosasini berish sanasi; 
j) auditorlik tashkiloti manzili; 
z) auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi. 


 Auditorlik xulosasi auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi shaklining bir xilligiga rioya qilishi kerak. 
Auditorlik xulosalari shakllari 1 va 2-ilovalarda keltirilgan. 
Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo’llanib, 
buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlari ko’rsatilishi kerak. 
Auditorlik xulosasining kirish qismi 
Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi 
rekvizitlarini o’z ichiga olishi kerak: 

auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlari; 

auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya raqami, berilgan 
sana va litsenziya bergan organning nomi; 

auditorlik tashkiloti davlat ro’yxatiga olingani to’g’risidagi guvohnoma 
raqami; 

auditorlik tashkiloti hisob-kitob varag’ining raqami; 

auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning, shuningdek, 
auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi. 
Kirish qismida sana va hisobot davri ko’rsatilgan holda tekshirilgan 
moliyaviy hisobotlar ro’yxati keltirilishi kerak. 
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan moliyaviy 
hisobotni tayyorlash va uning haqqoniy bo’lishi uchun javobgar; 
auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalariga muvofiq bo’lishi uchun javobgar. 
Auditorlik xulosasining qayd etish qismi 
Auditorlik xulosasida auditorlik tekshiruvi AFMAga muvofiq o’tkazilgani 
qayd etilishi kerak. 
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa 
moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-xo’jalik faoliyatining 
haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanishi ko’rsatilishi 
kerak. 
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun etarlicha 
asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig’i berilishi kerak. 
 
Auditorlik xulosasining yakuniy qismi 
Auditorlik 
xulosasining 
yakuniy 
qismida 
auditorlik 
tashkilotining 
tekshirilgan moliyaviy-hisobot xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatining haqiqiy holati to’g’risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va 
moliyaviy hisobot qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi 
xususidagi fikri ravshan bayon etilishi kerak. 
Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi yakunlangan kun bilan 
belgilashi kerak. Auditor auditorlik xulosasini xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
moliyaviy hisobotga imzo chekkan yoki uni tasdiqlagan sanadan oldin keluvchi 
kun bilan belgilashi kerak emas. 
Auditorlik xulosasidagi imzolar 


 Auditorlik xulosasiga auditor (auditorlar), auditorlik tashkiloti rahbari imzo 
chekishi va u auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. 
Auditorlik xulosalarining turlari 
Auditorlik xulosalarining quyidagi turlari mavjud
12

a) ijobiy auditorlik xulosasi; 
b) salbiy auditorlik xulosasi. 
 
Ijobiy auditorlik xulosasi 
Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti 
uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga 
oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari O’zbekiston Respublikasining 
qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy auditorlik xulosasi 
tuzilishi kerak. 
 
Salbiy auditorlik xulosasi 
Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida
agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin bo’lgan buzilishlar mavjud degan fikrga 
kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik 
operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik 
talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi. 
Odatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining 
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar 
kiritish to’g’risidagi fikriga qo’shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga 
sabab bo’ladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan 
buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. 
Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish 
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli auditorlik tashkiloti 
moliyaviy hisobot to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun etarlicha auditorlik 
dalillarini olishi mumkin bo’lmasa, auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini 
tuzishdan bosh tortishi mumkin. 
Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari 
yoki uchinchi shaxslarning boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini auditor 
auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o’tkazishga 
to’sqinlik 
qilishga 
yo’naltirilgan 
ochiqdan-ochiq 
harakatlari 
yoki 
harakatsizliklaridir. 
Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish ariza shaklida bo’lishi va 
"Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi to’g’risidagi 
ariza" deb nomlanishi kerak. Arizaning shakli 3-ilovada keltirilgan. 
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa 
auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi. 
12
70-son AFMS asosida tayyorlandi


Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli 
bo’lishi, auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligi yuzaga 
keltirgan cheklashlarga doir ko’rsatmalarni o’z ichiga olishi kerak.
Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin. 
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin. 
Auditorlik xulosasi uchun javobgarlik 
Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoki auditorlik tekshiruvi 
natijalari bo’yicha tuzilgan, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor 
(auditorlar) olgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hujjatlari mazmuniga muvofiq 
kelmaydigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan yolg’on hisobot va 
xulosa deb hisoblanadi. 
Qasddan yolg’on auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish qonun 
hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida yuzaga kelgan 
nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
 
I.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1.
Auditorlik risklari, ularning mazmuni, turlari va sug’urtalash tartibini 
bilasizmi?.
2.
Auditorlik xulosalarini belgilanish maqsadi nimalardan iborat?
3.
Auditorlik xulosalarining asosiy elementlari nimalardan iborat?.
4.
Auditorlik xulosalarining kanday turlari bor?
5.
Auditor fikriga va auditorlik xulosasiga ta’sir qiluvchi omillarni 
bilasizmi?. 
6.
Maxsus 
maqsad 
uchun 
tayyorlanaydigan 
xulosalar 
kanday 
rasmiylashtiriladi?
7.
Auditorlik xulosasi kimga takdim etiladi? 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə