Bank auditi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
bank auditi (1)

 
1-jadval
Tijorat banklarida ichki audit yo’nalishlari va vazifalarining guruhlanishi
1
Audit yo’nalishi 
Tekshiruv usuli 
Ichki auditning vazifalari 
Faoliyat natijala-
rini baholash 
Amalga 
oshirilgan 
xo’jalik 
operatsiyalarini 
baholash usuli
Bankning 
tadbirkorlik 
faoliyatini, 
ishonchliligi 
va 
barqarorligini, 
mulkdorlar 
kapitalining 
daromadliligini 
baholash.
Bank risklarini inobatga olgan holda auditdan maqsadli va 
tizimli foydalanish.
Faoliyat 
samarador-ligini 
baholash
Bank 
faoliyat 
ko’rsatayotgan iqtisodiy 
muhitni tahlil qilish va 
baholash
Tahlilda tekshiruvning maqsadi va uslublarini aniqlash, 
moliyaviy ahvolini baholash va rivojlanish dasturlarini 
amaliyotga tatbiq qilish masalalariga alohida e’tibor berish.
Aktivlar butligini o’rganish, elektron dasturiy mahsulotlar 
sifatini 
huquqiy 
tomonlarini 
tekshirish, 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarni hisoblash va turli masalalar bo’yicha maslahat 
berish.
Boshqaruv 
faoliyatini 
baholash
Menejment funktsiyalari va bankning boshqaruv sifatini 
baholash, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish. 
Nazorat faoliyatini tashkil 
etish 
va 
boshqarishga 
nisbatan 
yondashuv 
darajasini baholash
Puxta ishlab chiqilgan audit strategiyasi, nazorat tizimining 
demokratlashuvi, bank darajasida auditorlar faoliyatining 
qat’iy tartibga solinganligi, auditorlik jarayonining sifatini 
nazorat qilish.
Ichki audit xizmati tomonidan me’yoriy hujjatlarning noto’g’ri talqin 
qilinishi yoki ichki nazorat tizimi faoliyatida nomutanosibliklar xosligini inobatga 
olib, miqdoriy ko’rsatkichlarini uning sifat ko’rsatkichlari bilan taqqoslash zarur. 
Bunda auditning har bir bosqichida uning oldiga qo’yilgan vazifalardan 
kelib chiqqan holda tekshiruv jarayonini tashkil etish, uning belgilariga ko’ra 
mezonlardan foydalanish borasida ishlab chiqilgan tavsiyalar audit samaradorligini 
oshirishga imkon beradi.
Demak, ichki audit xizmatining faoliyati ikki yo’nalishdan iborat bo’lib, 
ularning birinchisi, bank faoliyati natijalarini, ikkinchisi, bank faoliyati 
samaradorligini baholashdan iborat.
Tashqi audit - yuqorida aytib o’tganimizdek mustaqil auditorlik firmasi 
tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotning 
to’g’riligini tekshirish va u bo’yicha xulosa berishdan iborat. Tashqi audit ichki 
audit bilan o’zaro aloqada olib boriladi. Birinchi o’rinda ichki nazorat faoliyati va 
1
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlar asosida muallif tomonidan 
ishlab chiqildi


tashkilotchiligi baholanadi, bunda ichki auditning ob’ektivlik darajasi, mustaqilligi, 
bajarilgan ishlar xajmiga e’tibor qaratiladi. Tashqi auditorlar tekshirilayotgan 
bankning umumiy faoliyatini o’rganadilar. Ob’ektiv baholash uchun eng birinchi 
o’rinda aktiv va passiv muomalalarning holati ko’rib chiqilishi, bankning 
moliyaviy hisoboti to’g’ri tuzilganligi va unda aks ettirilgan muomalalarning 
qonun talablariga javob berishi tekshirib chiqilishi lozim.Bankdagi auditorlik 
tekshiruvlarining ob’ektlaridan biri bu bankning yil yakunlari bo’yicha tuzilgan 
moliyaviy hisobotidir.
Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bu bankning balansi bo’lib, balans aktiv 
va passiv kismlardan iborat. U bankning daromadlari va xarajatlari, debitorlik va 
kreditorlik qarzlari hamda bankning moliyaviy holati to’g’risidagi boshqa asosiy 
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Auditorlar bankning moliyaviy holatini tahlil qiladilar, shu jumladan ayniqsa 
likvidlilikni, kredit portfelining sifatini, qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan 
investitsiyalarni, valyuta muomalalarini, tasniflangan ssudalarga asoslangan 
zaxiralarni, boshqaruv ma’lumotlarini va bank tizimini bir maromda faoliyat 
kursatishini, kreditorlar,omonatchilar va mijozlar manfaatini ximoya qilish shu 
bilan birga sog’lom bank faoliyatini tashkilqilibboshqa ma’lumotlarni birma-bir 
tahlil qilib chikadilar. 
Bank auditini auditning bir ko’rinishi sifatida quyidagi belgilar bo’yicha 
chuqurlashtirish mumkin: 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə