Bank hisobi va audit



Yüklə 105 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü105 Kb.
#105967
1   2   3   4
banklarning kelib chiqiqshi

Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.
Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.
Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (Shvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1 694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda.
O‘zbekiston Markaziy banki
O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.
So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.



Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə