Bank ishi va auditi


kafedrasi mudiri prof. Z.Umarov



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/13
tarix08.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#116238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ББХ амалиёт Дастур 2022-2023 янги

kafedrasi mudiri prof. Z.Umarov
Malakaviy amaliyotni (ishlab chiqarish) tashkil etish bo`yicha uslubiy qo`llanma Bank ishi fakulteti Kengashining 2022-yil “____” _____________ dagi ___–sonli majlisida muhokama etilib, O’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.


Bank ishi
fakulteti dekani dots. U.Ortiqov
Malakaviy amaliyotni (ishlab chiqarish) tashkil etish bo`yicha uslubiy qo`llanma institut O’quv-uslubiy Kengashining 2022 yil “___”_______dagi ___ –sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kengash raisi: prof. S.Mehmonov


Kengash kotibi dots. I.Choriyev


KIRISH
Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o’z vaqtida zarur ixtisosliklar bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to’liq echimini topmagan.
Bank tizimidagi islohotlarning samaradorligi yuqori malakali soha kadrlari bilan to‘liq ta’minlanganlik bilan bog‘liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi tijorat banklarida amaliyot o‘tash yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank kadrlarini tayyorlashning asosini tashkil qiladi.
“Bank ishi va auditi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni banklarda ish jarayonini tashkil qilish, jumladan banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha aniq bilim va ko‘nikmalarga chuqurroq ega bo‘lishlari uchun bank buxgalteriya ishlarini amaliyot bilan birga qo‘shib o‘rgatish alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu ishlab chiqarish amaliyoti dasturi “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan bo‘lib, mutaxassislik fanlaridan nazariy bilimlarni bevosita mustahkamlash uchun va tegishli bank operatsiyalarini bajarish, mehnatni tashkil etish ko‘nikmalarni hosil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-2909-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom, "Toshkent Moliya institutini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi" hamda Toshkent moliya institutining “Institut talabalarining malakaviy amaliyotini o‘tkazish shakllari, tashkil etish tartibi va uslublari to‘g‘risida” talablari asosida ishlab chiqilgan.
Dasturda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashga oid umumiy qoidalar, amaliyotning maqsadi, samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchining vazifalari hamda ularning majburiyatlari, amaliyot o’tash natijalarini rasmiylashtirish tartibi aniq ko’rsatib o’tilgan.
5230700 – “Bank ishi va auditi” ta’lim yo’nalishi DTS, o’quv va ishchi o’quv rejasiga muvofiq Ishlab chiqarish amaliyotini o’tash 3-kursining VI semestrida 7 hafta qilib belgilangan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə