Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi



Yüklə 85,64 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü85,64 Kb.
#130012
1   2   3   4
Bank nazorati bo\'yicha Bazel qo\'mitasi

Bazel akkordlari
BCBS Bazel akkordlari deb nomlanuvchi juda ta'sirli siyosat bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqdi. Bular majburiy emas va ijro etilishi uchun milliy siyosatchilar tomonidan qabul qilinishi kerak, ammo ular asosan qo'mita va boshqa mamlakatlarda banklarning kapitaliga bo'lgan talabning asosini tashkil etdi.
Birinchi Bazel akkreditivlari yoki Bazel I 1988 yilda yakunlandi va G10 mamlakatlarida, ma'lum darajada, 1992 yilga qadar amalga oshirildi. U banklarning kredit xavfini xatarlarni hisobga olingan aktivlar asosida baholash metodologiyasini ishlab chiqdi va kapitalning minimal talablarini e'lon qildi. moliyaviy inqiroz davrida banklarni to'lov qobiliyatiga ega bo'lish.
2004 yilda Bazel I ni Bazel II ta'qib qildi, bu 2008 yildagi moliyaviy inqiroz paytida amalga oshirilayotgan edi.
ad
Bazel III inqirozga olib kelgan deb hisoblangan xavflarni hisoblashlarni tuzatishga harakat qilib, banklardan o'z aktivlarining yuqori foiz stavkalarini ko'proq likvid shakllarda ushlab turishni va o'zlarini qarz olishdan ko'ra ko'proq aktsiyalardan foydalangan holda moliyalashtirishni talab qildi.Dastlab 2011 yilda kelishilgan va 2015 yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, ammo 2017 yil dekabridan boshlab bir nechta munozarali masalalar bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Bularning biri, banklarning o'z aktivlari xavfini o'zlarining baholashlari regulyatorlardan farq qilishi darajasi; Frantsiya va Germaniya banklar va regulyatorlarning tavakkalchilikni baholash o'rtasidagi katta tafovutlarga toqat qiladigan pastki "chiqish qavatini" afzal ko'rishadi. AQSh polning baland bo'lishini xohlaydi.
1.3. Bank ichki nazoratini tashkil etish tamoyillari va xorij tajribasi 
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida ro’y bergan muhim o’zgarishlar, 


avvalo 
dunyodagi 
xo’jalik aloqalari mustahkamlanganligi va yanada 
rivojlanganligi, bank biznesi globallashganligi, tijorat banklari faoliyati doirasi 
kengayganligida namoyon bo’ladi. Bu esa o’z-o’zidan tijorat banklarida 
nazoratni, xususan, ichki nazoratni amalga oshirish zarurligini, uning sifati va 
ko’lamini kengaytirish kerakligini keltirib chiqaradi. 
Dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek boshqa moliya 
tashkilotlarining faoliyatlari turli darajada nazorat qilib boriladi. Rivojlangan 
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ham bank-moliya sektori jiddiy 
ravishda nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Bu erda, banklarni tartibga solish 
yuzasidan jahonda umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalar har bir 
mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi. 
XX 

asrning 
oxirlariga 
kelib 
xalqaro 

moliya 
bozorlarida 
globalizatsiyaning kuchayishi mamlakatlarning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi. Bunda bank ishining baynalmilallashuvi natijasida tijorat banklari 
faoliyatini tartibga solish tizimi xalqaro tavsif ola boshladi. Bank nazoratining 
zarurligi 1975 yilga kelib Evropa ittifoqi, AQSh, Kanada, Yaponiya kabi 
davlatlarda o’z aksini topdi. Natijada bank nazorati bo’yicha xalqaro tashkilot 
"Bazel qo’mita" vujudga keldi. Shu yilga kelib banklar faoliyatini tartibga 
solishning muhimligi hayotda o’z isbotini topgan. 
Nazorat deganda tijorat bank o’z faoliyatini yo’riqnoma va qonunchilikka 
asosan yuritishini vakolatli davlat organi tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi 
tushuniladi. 
Ichki nazoratni samarali tizimini nazorat organlarining talablariga 
muvofiq ishlab chiqish jarayonida banklar uni tashkil qilishda aniq maqsad va 
tamoyillar asosida kelib chiqishi lozim. Ichki nazorat tizimini tashkil etishning 
asosiy maqsadi bank rahbariyatini ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, aktiv va 
hujjatlarni saqlash, bankning turli faoliyat jabhalarini samaradorligi, bankda 
amaldagi hisob tizimining hisob tamoyillariga muvofiqligidan iboratdir. 

26 
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot 


rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak: 
1) o’z aktivlari butligini ta’minlash; 
2) hisobot ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini tekshirish; 
3) operatsiyalar samaradorligiga ko’maklashish; 
4) hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish. 
Ichki nazorat tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshirishga oid boshqarish mexanizmi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- boshqarish siyosati va tartibi; 
- majburiyatlarning taqsimlanishi; 
- vakolatlar; 
- tekshirishlar tartibi; 
- kundalik operatsiyalar ustidan nazoratni olib borish va ular hisobini 
yuritish; 
- harajatlarni nazorat qilish. 
Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni 
takomillashtirish rahbarlar majburiyatidir. Nazorat tartiblari uchun javobgar 
xodimlar bevosita rahbariyatga hisobot berishlari lozim. 
Har bir tarkibiy tuzilma o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan 
ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan 
tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga 
kirishi lozim. Aktsiyadorlar ham bank Kengashi va taftish komissiyasi orqali o’z 
ichki nazoratlarini amalga oshiradilar. 
Ma’muriy nazorat - bu bankning puxta o’ylangan tashkiliy tuzilmasining 
tasniflangan va aniq taqsimlangan vakolat va majburiyatlari, qaror qabul qilish 
va ular bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibining (bunga muayyan 
operatsiyalar bo’yicha vakolatlar berishga doir qaror qabul qilish ham kiradi) 
birligidir. 
Buxgalteriya nazorati aktivlarning saqlanishini va moliyaviy hisobotlarning 
ishonchliligini ta’minlashga yo’naltirilgan, muayyan tarzda shakllantirilgan 

27 
hujjat va hisobotlarni yuritish tarkibi va tizimi bo’lib, shu bilan birga ular 


quyidagilar bo’yicha asoslangan ishonch hosil qilishga yo’naltirilgan: 
- Barcha operatsiyalar rahbariyat tomonidan berilgan vakolatlar doirasida 
amalga oshirilmokda. 

Bank 

operatsiyalarining 


hujjatlarda 
belgilangan 
buxgalteriya 
tamoyillariga mos tarzda aks ettirilishi aktivlar hisobini aniq yuritish imkonini 
ta’minlamokda. 
- Xodimlarning aktivlar bilan ishlashiga ruxsat rahbariyat tomonidan 
berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirilmokda. 
Aktivlarning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan qiymati muntazam 
ravishda (samarali nazoratni amalga oshirish mumkin bo’lgan tarzda) haqiqatda 
mavjud bo’lgan aktivlar qiymati bilan solishtiriladi va aniqlangan har bir 
tafovutlar bo’yicha o’z vaqtida choralar ko’riladi. 
Biron bir shaxs tomonidan yo’l qo’yilgan jiddiy kamchilik qisqa vaqt 
ichida aniqlangan takdirda ichki nazorat samarali hisoblanadi. 
Ichki nazoratning zaruriy darajasiga erishish uchun bankda quyidagi asosiy 
tamoyil va uslublar mavjud bo’lishi kerak: 
- Samarali tashkiliy tuzilma. 
- Tegishli yo’nalishdagi buxgalteriya siyosati va uslublari. 
- Aktivlarning saqlanishiga oid zaruriy uslublar. 
- Ichki auditning samarali dasturi. 
Bank Kengashi bank strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish, shuningdek 
bank rahbariyati tomonidan zarur choralarini qabul qilish jarayonlarini nazorat 
qilishga doir tadbirlar bo’yicha ham mas’uldir. Bankning tashkiliy tuzilmasi 
bank rahbariyatining huquqlari, bo’ysunish tartibi va hisobdorlikni aniq 
ifodalashi kerak. Bank Kengashining tegishli ko’rsatmalarida xodimlar vakolati 
doirasi aniq ko’rsatilishi va ular lavozim tavsifnomalariga kiritilishi kerak. 
Masalan, kreditlash limiti, investitsiyalar va qimmatbaho kog’ozlar savdosiga 
doir huquqlar shular jumlasidandir. Xodimlarning majburiyatlari (vazifalari) 
shunday taqsimlanishi kerakki, bir shaxs bir operatsiyani boshidan oxirigacha 

28 
bir o’zi bajarmasin. (Masalan, kredit bo’limining xodimi kredit bo’yicha 


beriladigan mablag’larni ajratishda yoki hisobvaraqqa qabul qilishda ishtirok 
etmasligi kerak; to’lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxs 
bankning vakillik hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarini bajarmasligi shart; 
yakunlovchi balansni tuzuvchi shaxs boshlang’ich hujjatlar bilan ishlamagan 
bo’lishi kerak). 
- Bank xodimlari bilan olib borilayotgan siyosat quyidagilarni ta’minlashi 
kerak: 
a) ogohlantirilmasdan turib xodimlarning majburiyatlarini almashtirish

b) xodimlarning ish samarasini va malakasini oshirish maqsadida xodimlar 


majburiyatlarini o’zgartirish muddatini uzaytirish; 
v) barcha xodimlar, shu jumladan, rahbar xodimlar ham ikki haftadan kam 
bo’lmagan muddatga (masalan, ta’til paytida) o’zlari bajarib turgan 
vazifalaridan ozod etilsalar, boshqa xodimlar ularning ishlarini bajarishlari 
to’g’risidagi talabga rioya qilishlari lozim. 
Bank ichki nazorati tizimi nomuvofiqliklarni tezda aniqlash imkoniyatini 
beruvchi uslublarni o’z ichiga qamrab olishi kerak. Barcha operatsiyalar 
o’rindoshlik bo’yicha majburiyati bo’lmagan yuqori malakali shaxslar 
tomonidan amalga oshirilishi kerak. O’z majburiyatlarini bajarayotgan xodimlar 
etarli vaqtga, malakaga va bilimga ega bo’lishlari kerak. Barcha banklarda 
buxgalteriya hisobini yuritish qabul qilingan buxgalteriya va bank tamoyillariga 
to’g’ri kelishi kerak. Bankning hujjatlari va hisoboti uning real holatini aks 
ettirishi va operatsiya natijalarini to’g’ri ko’rsatishi kerak.
Bankning buxgalteriya tizimi kamida quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 
- Kundalik, oddiy operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha buxgalteriya 
yo’riqnomalari va qo’llanmalarining mavjudligi. 
- Har qanday sanada bankning moliyaviy holatini aniqlash imkonini 
ta’minlash maqsadida har bir bank operatsiyasini batafsil qayd qilish kerak. 

29 
- Ilova hisobvaraqlar, masalan depozitlar, kreditlar, qimmatli kog’ozlar va 


chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiya bo’yicha ilova hisobraqamlar balans 
hisobotidagi nazorat raqamlari bilan solishtirilishi kerak. 
- Hisob yuritish va yozuvlar tizimi bankning har bir operatsiyasini bank 
daftarlari(registrlari)dan o’tkazish imkonini berishi kerak. 
- Hisoblarni taqqoslash ishlari doimiy ravishda bevosita shu hisoblar 
bo’yicha operatsiyalarni bajarmaydigan va ular bo’yicha yozuv kiritmaydigan 
xodimlar tomonidan olib borilishi kerak. 
Aktivlar butligini saqlashning asosiy usuli bu - ular bilan bog’liq 
operatsiyalarni bajarish bo’yicha vakolat doirasini belgilash va aktivlardan 
foydalanuvchi ma’lum bir guruh xodimlar huquqlari sonini cheklashdir. 
Masalan: Nakd pul bilan bog’liq operatsiyalarni bajaradigan xodimlar 
o’zlarining vakolatlari doirasida faoliyat yuritishlari kerak. Bunda ularning 
vakolatlari bankning ichki siyosatida o’z aksini topgan bo’lishi kerak.
Xalqaro hisob-kitoblar banki qoshida tashkil etilgan bank nazorati 
bo’yicha Bazel qo’mitasi dastlab katta o’nlik davlatlari (G10)
*
Markaziy 

banklari Prezidentlari tomonidan 1974 yilda Bazel shahrida tashkil etilgan. 2009 


yildan esa barcha katta yigirmalik davlatlari (G20) uning ishtirokchilari 
hisoblanadi. Bazel qo’mitasi a’zolari bir yilda 4 marta yig’ilishadi. Qo’mitaning 
asosiy vazifasi bank sohasini doimiy boshqarish va nazorat qilish bo’yicha 
yagona standartlar ishlab chiqishdan iborat. Shu maqsadda Qo’mitaga a’zo 
davlatlarning boshqaruv organlari uchun ko’rsatma va tavsiyalar ishlab 
chiqariladi.
Bazel qo’mitasining asosiy hujjatlari quyidagilar hisoblanadi: 
 samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (1997 yil, 2006 yilda 
qayta ko’rib chiqilgan); 
 Bazel I kelishuvi (1988 yil); 
 kapitalning etarliligi bo’yicha yangi kelishuv (Bazel II, 2004 yil); 
*
Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, Shvetsiya, 

Yaponiya 

30 
 Bazel III kelishuvi (2010 yil sentyabr) 
Har bir kelishuv oldingisini o’zida namoyon etadi va unga qo’shimcha va 
yangiliklarni o’z ichiga oladi.
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi 1998-yili “Kredit tashkilotlarida 
ichki nazorat tizimini shakllantirishning umumiy asoslari” nomli dokladida ichki 
nazoratni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini ko’rsatib berdi. Ushbu 
tamoyillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ichki nazorat 5 o’zaro bog’liq 
elementdan tashkil topadi: 
1. Administrativ nazorat va amallar 
2. Risklarni aniqlash va baholash
3. Majburiyatlarni chegaralash va nazorat qilish 
4. Ma’lumot va aloqa 
5. Monitoring va kamchiliklarni bartaraf qilish 
I. Administrativ nazorat va amallar 
1-tamoyil: Bank Kengashi bank operatsion faoliyatining umumiy 
strategiyalarini tasdiqlash va davriy kuzatib borish uchun mas’uldir, ayniqsa, 
bankning umumiy yo’naltirilgan siyosatini; shuningdek, yuqori lavozimdagi 
shaxslar tomonidan ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring 
qilinishini ta’minlash. Umuman kengash samarali ichki nazorat mexanizmi 
yaratilishi uchun javobgardir. 
2-tamoyil: Yuqori lavozimli xodimlar Kengash tomonidan belgilangan 
strategiya va siyosatni amalga oshirilishi bo’yicha javobgardir. Ushbu xodimlar 
kengash tomonidan berilgan samarali ichki nazorat tizimini yaratish bo’yicha 
mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. 
3-tamoyil: Kengash va yuqori lavozimli xodimlar tashkilot doirasida 
o’rnatilgan amallarni va har bir xodimning o’z vazifa majburiyatlarini vijdonan 
bajarishi bilan bog’liq ahloqiy standartlarni shakllantirishiga yordam berishi 
kerak. 
II. Risklarni aniqlash va baholash

31 
4-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi bank tomonidan qo’yilgan 


maqsadlarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni doimiy asosda 
aniqlashi va baholashi shart. Bunday baholash bank duch kelishi mumkin 
bo’lgan barcha risklarni qamrab olishi kerak.
III. Majburiyatlarni chegaralash va nazorat qilish 
5-tamoyil: Nazorat bank kundalik faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi 
bo’lishi kerak.
6-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun majburiyatlarni chegaralash 
va 

manfaatlar 


to’qnashuvi 
bilan 
bog’liq 

javobgarlikni 


xodimlarga 
yuklanmasligini ta’minlash talab qilinadi.
IV. Ma’lumot va aloqa 
7-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun ichki moliyaviy hisobotlar, 
operatsion faoliyat va o’rnatilgan tartiblarga amal qilinishi, shuningdek qaror 
qabul qilish uchun zarur bo’lgan tashqi ma’lumotlar haqida etarli hajmda ko’p 
tomonlama ma’lumotlar bo’lishi talab etiladi. Ma’lumot ishonchli, o’rinli va 
etarli darajada bo’lishi kerak. 
8-tamoyil: Ichki nazorat tizimining samaradorligini oshirish uchun bank 
faoliyatining barcha muhim ko’rinishlarni qamrab oluvchi zaruriy ma’lumotlar 
tizimlari tarqatilishini taminlash kerak. Ushbu tizimlar elektron shaklda 
saqlanadi va foydalaniladi.
9-tamoyil: Samarali ichki nazorat tizimi uchun barcha xodimlar to’liq 
tushunishiga erishish mumkin bo’lgan samarali aloqa kanali mavjud bo’lishi 
talab etiladi. 
V. Monitoring va kamchiliklarni bartaraf qilish 
10-tamoyil: Bank tomonidan ichki nazorat bo’yicha ishlab chiqilgan barcha 
chora-tadbirlar samaradorligini oshirish uchun muttasil kuzatuvni amalga 
oshirish zarur. Risklarni monitoring qilish bank kundalik faoliyatining ajralmas 
qismi bo’lishi kerak.
11-tamoyil: Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda samarali ichki auditni 
shakllantirish zarur. Ichki audit xizmati ichki nazorat tizimlarini monitoring 

32 
qilishning bir bo’g’ini sifatida Bank Kengashi va o’zining auditorlik komiteti 


yoki yuqori lavozimli xodimlarga hisobot berib turadi.
12-tamoyil: Ichki audit yoki boshqa nazorat organlari tomonidan ichki 
nazorat kamchiliklari haqida boshqaruv organlarining yuqori lavozimli 
shaxslariga o’z vaqtida xabar berilishi va aniqlangan kamchiliklar bo’yicha 
tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. 
Bundan tashqari, Bazel qo’mitasi tomonidan 2006 yilda qabul qilingan 
bank faoliyatini nazorat qilish bo’yicha 25 tamoyil ishlab chiqildi (qayta ko’rib 
chiqildi). Ushbu tamoyillar 7 guruhga bo’lingan.
Ob’ektivlik, mustaqillik, vakolatlilik, shaffoflik va hamkorlik ( tamoyil 

1);
litseziyalash va tuzulma (tamoyil 2-5);


prudental nazorat va tartibga solish (tamoyil 6-18);
bank nazoratining usullari (tamoyil 19-21);
hisobotlar va ularni oshkor etish (tamoyil 22); 
nazoratchilarning axloqi va ularning vakolatlari (tamoyil 23);
konsolidatsiyalashgan banklar va xorijda faoliyat yurituvchi banklar 
nazorati (tamoyil 24-25).
Ushbu tamoyillarda bank nazoratini tashkil etish asoslari va kapital 
etarliligi, yirik kreditlar, likvidlilik riski, bozor riski, operatsion risk, kredit riski, 
mamlakat riski, foiz riski, risklarni boshqarish riski, ichki nazorat va ichki audit 
kabi bo’limlari bor.
Ichki nazorat tizimini aniq faoliyat ko’rsatishini kuchaytirish maqsadida 
hamda bankning moliyaviy barqarorliligi va obro’siga havf soluvchi 
muammolarni aniqlash Bazel qo’mitasining 14-tamoyili talablariga muvofiq 
bank ichki rahbariyati, shuningdek, rahbariyatdan mustaqil bo’lgan maxsus 
bo’linma orqali axborotlar tizimiga ega bo’lishi lozim.
Bazel tamoyillari bo’limi faoliyatidagi riskni kamaytirish maqsadida 
uning amalga oshiradigan amaliyotlar tavsifi va masshtabidan kelib chiqqan 
holda ichki nazorat tizimini tashkil etish zarurati ham ko’rib chiqilgan.

33 



Yüklə 85,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə