Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida


O’zbekistonda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 177,31 Kb.
səhifə13/15
tarix12.06.2023
ölçüsü177,31 Kb.
#116686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5. O’zbekistonda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari
Keyingi yillarda mamlakat tijorat banklari tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning bu kabi ijobiy natijalarga ega bo’lishi bevosita ularning mamlakat iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishida faol ishtirok etib kelayotganligining natijasidir.
Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyotida, avvalambor xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, mas'uliyatli vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi o’rin va ta'sirga ega bo’lib bormoqda. Ishbilarmonlar o’z mehnati ortidan nafaqat o’z oilasi, balki jamiyat farovonligini ta'minlashga munosib hissa qo’shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasida kichik va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oilaviy biznesni yo’lga qo’yish orqali oilalar turmush farovonligini oshirish, ularni shinam uy-joylar bilan ta'minlashga alohida e'tibor berilishi tijorat banklari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Tijorat banklari tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yuqori saviyada tashkil etish, aholini tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali keng jalb qilishga alohida e'tibor berib kelmoqda. Buning yaqqol tasdig’ini tijorat banklari tomonidan 2020 yilning 1 yanvar holatiga kredit qo’yilmalari miqdori 211,6 trln. so’mni tashkil etganidan ko’rishimiz mumkin (5-jadval).
Shu o’rinda aytib o’tish joizki, 2019 yilda erishilgan bu kabi ijobiy natijalar 2018 yilda qo’lga kiritilgan natijalarning mantiqiy davomidir. Bu esa o’z navbatida mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining rivojlanishiga ham muhim ta'sir ko’rsatmoqda.
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o’z samarasini bermoqda.


Yüklə 177,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə