Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari


- chizma Tijorat banklarining bozor munosabatlarinnig turli subyektlari bilan aloqasi



Yüklə 92 Kb.
səhifə3/4
tarix20.05.2022
ölçüsü92 Kb.
#87405
1   2   3   4
Banklar va

3 - chizma
Tijorat banklarining bozor munosabatlarinnig turli subyektlari bilan aloqasi
G`
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog`liq bo`lib, u pul mablag`larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag`lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug`urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning subyekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa subyektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o`ziga xos xususiyati mavjud:
birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo`lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo`l bilan yig`ilgan mablag`larni boshqa subyektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog`ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o`z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko`rsatadilar;
ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul mablag`larini hisobvaraqlariga qo`yish va jamg`arma o`tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat`iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat`iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko`rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o`z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to`liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o`z aktivlari va passivlarining qiymati o`zgarishi bilan bog`liq risklarni o`z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar.
O`zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish "Banklar va bank faoliyati to`g`risida"gi qonunga asoslanadi. Yuqorida qayd etilgan qonunga asosan O`zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog`ozlar va xorijiy valyuta oldi - sotdisi bilan shug`ullanish, bo`sh turgan pul mablag`larni jalb etish, hisob - kitoblarni amalga oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko`rsatishi mumkin. O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan tijorat banklari va ularning mulkchilik shakli to`g`risidagi ma`lumotlar 1 - ilovada keltirilgan bo`lib, ular turli mulkchilikka asoslangandir.
Odatda O`zbekistonda banklar aksionerlik jamiyat ko`rinishida tashkil etiladi. Aksionerlar bankning ustav fondiga qo`shgan hissalariga qarab bankning majburiyatlariga javobgardirlar. Aksionerlar bank faoliyatini boshlang`ich bosqichida bankdan bank ta`sis qilingandagi qo`shgan hissalarini qaytarilishini talab qilish huquqiga ega emaslar (ba`zi hollar mustasno). Bu holat bank barqarorligini, ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi.
Bankning ustav fondini shakllantirish uchun davlat organlarining mablag`lari, jamoa birlashmalar va fondlarining mablag`lari, garov va kreditga olingan mablag`lardan foydalanish mumkin emas.
Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksioner jamiyat tuzilishiga o`xshashdir. Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi hisoblanadi. Bu yig`ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari ishtirok etadilar. Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi ko`rib chiqishga qo`yilgan masalalar bo`yicha qaror qabul qilish uchun aksiyadorlarning kamida 3G`4 qismi ishtirok qilishi lozim.
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo`shimcha tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazorat qilish mas`uliyati ham yuklatilgan. Direktorlar kengashi a`zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat banknig nizomi bilan belgilanadi.
Bank kengashi bank faoliyatining asosiy yo`nalishini, kredit siyosati va bankning boshqa rejalarini ko`rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash, shu`balarni ochish yoki yopish masalalarini ko`rib chiqish kabi masalalar bilan shug`ullanadi.
Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Bank boshqaruvi aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Bank boshqaruvi boshqaruv raisi, rais o`rinbosari va boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o`z faoliyatini Nizom va yo`riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi.
Aksionerlarning umumiy yig`ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi (3 - 4 ilovalar va 2 - chizma).
Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan, kreditlash va mablag`larni investitsiyalashning to`g`riligini nazorat qilish:

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo`shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o`sib borishini ta`minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilishni ta`minlash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Bank kengashi a`zolari kamida besh kishidan iborat bo`lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a`zosi bo`lishlari mumkin.
Bankga operativ raxbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank Kengashi va aksiyadorlar umumiy yig`ilishi oldida hisobdordirlar.
Tijorat banklarning tashkiliy tuzilishini Respublika aksiyadorlik tijorat banki misolida quyidagi chizmada ko`rish mumkin.
Respublika Tijorat banki boshqarma va markazlari.

G`aznachilik


Filiallar faoliyatini nazorat qilish va koordinatsiya markazi


Kredit operatsiyalar markazi


Metodologiya markazi


Bank operatsiyalari boshqarmasi


Qimmatbaho qog`ozlar boshqarmasi


Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi


Qurilish va kapitalni moliyalashtirish boshqarmasi


Yuridik boshqarmasi


Tashqi aloqalar boshqarmasi


Moliya boshqarmasi


Loyihalarni moliyalashtirish boshqarmasi


Kompyuterlashtirish va informatsiya boshqarmasi


Pul muomalasi boshqarmasi


Kadrlar boshqarmasi


Kichik va o`rta biznesni kreditlash boshqarmasi


Xavfsizlik boshqarmasi


Kassa boshqarmasi

Alohida olingan tijorat bankining tirkibiy tuzilishining keng sxemasi 2 va 3 ilovalarda keltirilgan.
O`zbekiston Respublikasining yetakchi aksioner tijorat "Paxta Bank" tomonidan 2000 yilda bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun ishlab chiqilgan yillik hisobot ma`lumotlariga qaraganda, bugungi kunda "Paxta Bank" tarkibida 13 viloyat boshqarmasi, 184 bo`lim va 61 ta mini - banklar faoliyat yuritmoqda, mamlakatning barcha hududida ko`p tarmoqli, 6,5 mingdan ortiq xodimlari bilan, o`z tarixi va an`analariga ega O`zbekiston Respublikasining nufuzli banklaridan biri hisoblanadi.
O`z navbatida, 56 mingdan ortiq aksiyadorlariga ega bo`lgan "Paxta Bank" , bugungi kunda, mulkchilik shaklining barcha ko`rinishlaridagi 210 mingga yaqin mijozlariga yuqori saviyadagi zamonaviy bank xizmatlarini ko`rsatib kelayotgan universal bankdir.
Aksiyador tijorat banki filialining tashkiliy tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin (5 - chizma).
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə