Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

7-modda. Banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat

Oldingi

 tahrirga qarang.


Banklar  bevosita  ishlab  chiqarish,  savdo,  sug‘urta  faoliyati  hamda  banklar  va  bank  faoliyati

to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq

bo‘lmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas.

(7-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Ushbu  moddaning 

birinchi  qismida 

ko‘rsatilgan  cheklov  quyidagi  hollarga  nisbatan  tatbiq

etilmaydi:

bank 


kartalari 

asosida 


naqd 

pulsiz 


hisob-kitoblar 

tizimlarida 

foydalaniladigan

ixtisoslashtirilgan uskunani va unga doir dasturiy ta’minotni sotish yoki ijaraga berishga;

o‘z aktivlarini sotishga;

chek daftarchalarini chiqarish, realizatsiya qilish va tarqatishga;

sug‘urta  tashkilotlari  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi  rezidentlari  nomidan  sug‘urta

shartnomasi tuzilishini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga;

bank  o‘zi  muassis  bo‘lgan  yuridik  shaxslarga  o‘z  mol-mulkini  mulkiy  ijara  (arenda)

shartnomasiga muvofiq ijaraga berishga.

Banklarga  yuridik  shaxslarni  tashkil  etish  va  (yoki)  yuridik  shaxslarning  ustav  fondlaridagi

(ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aksiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno:

kredit,  sug‘urta  va  lizing  operatsiyalarini  professional  asosda  amalga  oshiruvchi  yuridik

shaxslar;

moliya  bozori  infratuzilmasining  bir  qismi  bo‘lgan  yoki  banklarga  axborot  va  maslahat

xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar;

qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

bankning  kafolati  ostida  qimmatli  qog‘ozlarni  chiqarish  va  joylashtirish  maqsadida  mazkur

bankning xorijda tashkil etiladigan sho‘ba tashkilotlari;

faqat inkassatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;

bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank kartalari bilan operatsiyalarga

doir  hisob-kitoblar  ishtirokchilari  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘liqligini  ta’minlash  bo‘yicha  xizmatlar

ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar;

fond va valyuta birjalari;

kredit byurolari;

qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan aksiyalarning yigirma foizidan ortiq

bo‘lmagan miqdorda fond birjasi listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari.

Ushbu  moddaning 

uchinchi  qismiga 

muvofiq  bank  tomonidan  bir  yuridik  shaxsning  ustav

fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini olish bankning birinchi darajali regulyativ

kapitalining  o‘n  besh  foizidan  oshmasligi  kerak.  Ushbu  cheklov  bank  tomonidan  mazkur  yuridik

shaxslarning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushlariga  yoki  aksiyalariga  egalik  qilishga,  shu

jumladan mazkur yuridik shaxslarning tashkil etilishi hollariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish, yuridik shaxslarning

ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushlarini  yoki  aksiyalarini  sotib  olish  yig‘indisi  bankning

birinchi darajali regulyativ kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak.

Agar  bank  tomonidan  yuridik  shaxslar  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushlariga  yoki

aksiyalariga  egalik  qilish  ushbu  moddaning 

to‘rtinchi

  va 

beshinchi  qismlarida 



ko‘rsatilgan

miqdordan ortiq bo‘lsa, ushbu ortgan qismni bank bir yil ichida sotishi shart.

Bankka  ushbu  bank  ustav  kapitalining  bir  yoki  undan  ortiq  foiziga  egalik  qiluvchi  yuridik

shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish taqiqlanadi.

Ushbu moddaning talablari banklar tomonidan boshqa bankning aksiyalarini yoki o‘zga bank

saqlovchisi bo‘lgan boshqa qimmatli qog‘ozlarni yoxud o‘zga bankka tegishli yuridik shaxslar ustav

fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushlarni  yoki  aksiyalarni  ular  tomonidan  qo‘shib  yuborish  yoki

qo‘shib  olish  shaklida  qayta  tashkil  etish  amalga  oshirilayotganda  olish  hollariga  nisbatan  tatbiq

etilmaydi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə