9-modda. Davlat va banklar majburiyatlarining chegaralab qo‘yilishi
Banklar davlatning majburiyatlari bo‘yicha, davlat esa banklarning majburiyatlari bo‘yicha
javob bermaydi, bundan banklarning yoki davlatning o‘zi bunday majburiyatlarni zimmasiga olish
hollari mustasno.
10-modda. Banklarning uyushmalari
Oldingi
tahrirga qarang.
Banklar, agar qonunchilikning talablariga zid kelmasa, o‘zining umumiy manfaatlarini himoya
qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa
birlashmalar tuzishi mumkin.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Banklarning uyushmalari axborot almashish va bank faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq
boshqa masalalarni birgalikda hal qilishga doir tashkilotlarni tashkil etishi mumkin.
Banklarning uyushmalari vakolatli davlat organi tomonidan ro‘yxatga olinganidan yoki
tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda o‘n kunlik
muddatda xabardor etadi.
Dostları ilə paylaş: |