Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankning ustav kapitali



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

13-modda. Bankning ustav kapitali

Bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozim.

Bankning  ustav  kapitali  O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  valyutasida  shakllantiriladi  hamda

bank  muassislari  va  aksiyadorlari  kiritgan  pul  mablag‘laridan  yoki  davlatning  qimmatli

qog‘ozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno:

bank  aksiyalarini  bankning  kreditorlari  orasida  joylashtirish  va  bankning  kreditorlar  oldidagi

pul  majburiyatlari  bo‘yicha  har  qanday  huquqlarini  (talablarini)  hisobga  olish  yo‘li  bilan  ularning

haqini to‘lash;

qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash;



bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga

almashtirish.

Bankning  ustav  kapitalini  shakllantirish  uchun  kreditga,  garovga  olingan  mablag‘lardan,

shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bank  ustav  kapitalining  eng  kam  miqdori  bank  muassislari  tomonidan  bankni  davlat

ro‘yxatidan  o‘tkazish  va  litsenziya  berish  to‘g‘risidagi  ariza  taqdim  etiladigan  paytgacha  kiritilishi

kerak.  Ustav  kapitaliga  kiritiladigan  mablag‘lar  bankda  ochilgan  jamg‘arma  hisobvarag‘iga

o‘tkaziladi.

Tizimli  moliyaviy  inqiroz  holatida  bank  aksiyalari  davlat  qimmatli  qog‘ozlari  hisobidan

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə