Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun muassislar tomonidan bank
tashkil etish bo‘yicha o‘z manfaatlarini Markaziy bankda ifoda etishga vakil qilingan shaxs (bundan
buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) ta’sis shartnomasi imzolaganidan keyin uch oydan
kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi
benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek ushbu Qonunning
hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bankning ustav
kapitalida eng ko‘p ulushlarga ega bo‘lgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan
bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotni,
muassis bo‘lgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil
bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kiritilgan mablag‘larning manbalari
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risidagi, bu a’zolarning ushbu
keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan, bankning
kredit, investitsiya va emissiya siyosatining loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik
uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizada
elektron pochta manzilini ko‘rsatishga haqli. Elektron pochta manzilining ko‘rsatilishi ariza
yuzasidan qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani olishga yoki axborot kommunikatsiya
tizimi orqali elektron shaklda qo‘shimcha axborotni so‘rab olinishiga bo‘lgan rozilikdir.
Taqdim etilgan hujjatlarda Markaziy bank tomonidan kamchiliklar aniqlangan va (yoki) ushbu
moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan to‘liq hajmda taqdim
etilmagan taqdirda, Markaziy bank ariza beruvchiga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar va
(yoki) taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holdagi xabarnomani ariza taqdim
etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida yuboradi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi ariza bankni tashkil
etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan
kundan e’tiboran uch oy ichida Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Mazkur muddat
ushbu moddaning
oltinchi qismida
ko‘rsatilgan hollarda to‘rt oygacha uzaytirilishi mumkin.
Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan hujjatlar va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risida
qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmasa, Markaziy bank ariza beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar va
axborot so‘rashga haqlidir.
Ariza beruvchi Markaziy bank so‘ragan hujjatlar va axborotni so‘rov olingan kundan e’tiboran
o‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddatda ushbu moddaning
oltinchi qismiga
muvofiq taqdim
etishi kerak, ushbu muddat mobaynida bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish
to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqiladigan uch oylik davr to‘xtatib turiladi.
Markaziy bank ariza beruvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan
sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi
orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan e’tiboran olti oydan
oshmagan muddat ichida yuridik kuchini saqlab turadi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda amal qilish muddati
tugashidan oldin bekor qilinadi:
dastlabki ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
ilgari baholashdan o‘tgan va ushbu Qonunning
24-moddasi
talablariga javob bergan
muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu modda talablariga muvofiq
bo‘lmaganda;
ilgari baholashdan o‘tgan va ushbu Qonunning
36-moddasi
talablariga javob bergan bank
kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvi a’zolari endilikda ushbu modda talablariga muvofiq
bo‘lmaganda, shuningdek bank kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvining yangi tayinlangan
a’zolari to‘g‘risida axborot taqdim etilmaganda;
taqdim etilgan biznes-rejaga tarkibiy o‘zgartishlar kiritilganda;
bankni xavfsiz va barqaror boshqarishni ta’minlab bo‘lmasligini ko‘rsatuvchi faktlar
aniqlanganda.
Dostları ilə paylaş: