Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-bob. Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

2-bob. Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar

15-modda. Bankni tashkil etish

Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.

Banklar Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomini

oladi.



Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan, bank

faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini  beruvchi  litsenziya  (bundan  buyon  matnda  litsenziya  deb

yuritiladi) asosida amalga oshiradi.

Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanadi.

Litsenziyasiz  amalga  oshiriladigan  bank  faoliyati  g‘ayriqonuniy  deb  hisoblanadi  va

javobgarlikka  sabab  bo‘ladi.  Bunday  faoliyat  natijasida  olingan  daromad  O‘zbekiston  Respublikasi

Davlat budjetiga olib qo‘yiladi.

Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat:

Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;

bir vaqtning o‘zida litsenziya bergan holda bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Amalga  oshirilishi  uchun  qonunchilikka  muvofiq  alohida  litsenziyalar  yoki  ruxsatnomalar

olinishi  talab  etiladigan  faoliyat  banklar  tomonidan  tegishli  hujjatlar  olinganidan  keyin  amalga

oshiriladi.



(15-moddaning  sakkizinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə