Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

21-modda. Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish

Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

Bankning  shakllantirilgan  ustav  kapitali  miqdorining  bankni  davlat  ro‘yxatiga  olish  va

litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish paytida ushbu Qonun talablariga muvofiq emasligi;

ilgari  baholashdan  o‘tgan  va  ushbu  Qonunning 

24-moddasi 

talablariga  javob  bergan

muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda ushbu modda talablariga

muvofiq emasligi;

muhim  ahamiyatga  ega  xodimlarning  Markaziy  bankning  malaka  talablariga  muvofiq

emasligi;

bankning  binolari,  ularning  muhofaza  qilinishi  ta’minlanganligi,  uskunalar  va  ishlarni  tashkil

etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga

muvofiq emasligi.

Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma ariza

beruvchiga  ushbu  Qonun  20-moddasining 

to‘rtinchi  qismida 

nazarda  tutilgan  muddatda  va

shakllarda,  rad  etish  sabablari  hamda  ariza  beruvchi  ko‘rsatilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etib,

takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda

yuboriladi.

Bankni  ro‘yxatga  olish  va  litsenziya  berish  rad  etilganligi  to‘g‘risidagi  xabarnomada

ko‘rsatilgan  muddat  kamchiliklarni  bartaraf  etish  uchun  zarur  bo‘lgan  vaqtga  mutanosib  bo‘lishi

kerak hamda ikki oydan kam bo‘lishi mumkin emas.

Ariza  beruvchi  tomonidan  bankni  davlat  ro‘yxatiga  olishni  va  litsenziya  berishni  rad  etish

uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ariza barcha

zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

Bankni  davlat  ro‘yxatiga  olish  va  litsenziya  berish  to‘g‘risidagi  arizani  qayta  ko‘rib  chiqish

chog‘ida  bankni  davlat  ro‘yxatiga  olishni  va  litsenziya  berishni  rad  etish  haqidagi  xabarnomada

ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada

ko‘rsatilgan  muddat  o‘tganidan  keyin  berilgan  bankni  davlat  ro‘yxatiga  olish  va  litsenziya  berish

to‘g‘risidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə