Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-bob. Filiallar va vakolatxonalar



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

3-bob. Filiallar va vakolatxonalar

Oldingi

 tahrirga qarang.

29-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida

bo‘linmalari

Banklar  O‘zbekiston  Respublikasida  filiallar,  bank  xizmatlari  ofislari  va  boshqa  alohida

bo‘linmalar ochishi mumkin.

Bank  filiali  bankning  yuridik  shaxs  bo‘lmagan,  bank  nomidan  bank  faoliyatini  amalga

oshiruvchi  va  bank  tomonidan  o‘ziga  berilgan  vakolatlar  doirasida  harakat  qiluvchi  alohida

bo‘linmasidir.

Banklar  o‘z  filiali  yoki  bank  xizmatlari  ofisini  ochganlik  yoki  tugatganlik  to‘g‘risida  Markaziy

bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart.

Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar

ilova qilinadi:

filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish to‘g‘risida bankning vakolatli organining qarori;

filial rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar (filial ochilgan taqdirda);

filial  yoki  bank  xizmatlari  ofisi  joylashgan  yerdagi  Markaziy  bank  hududiy  bosh

boshqarmasining  filial  yoki  bank  xizmatlari  ofisi  binolari,  ularning  muhofaza  qilinishi

ta’minlanganligi,  uskunalar,  tashkiliy-texnika  vositalari  bilan  jihozlanganligining  va  dasturiy

ta’minotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.

Bank  filiali  yoki  bank  xizmatlari  ofisini  ochganlik  to‘g‘risidagi  xabarnomani  Markaziy  bankka

yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim:

bankning barqaror moliyaviy holati;



filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka

talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda);

filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi ta’minlanishi, uskunalar, tashkiliy-

texnika vositalari va dasturiy ta’minoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi.

Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-

saytida e’lon qilinadi.

Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankni

belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir.

Bank tomonidan filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni

filial  tugatilishidan  o‘n  besh  kun  oldin  xabardor  qilishi  va  ularning  oldidagi  majburiyatlar

bajarilishini  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi  yoki  bu  majburiyatlarni  mijoz  bilan  kelishilgan  holda

boshqa filialga o‘tkazishi shart.

Bank filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida

Markaziy  bankni  bu  haqda  xabardor  qilishi  va  mijozlar  oldidagi  majburiyatlarni  bajarishni

ta’minlashga doir rejani taqdim etishi kerak.

Bank vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi.



(29-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  12-oktabrdagi  O‘RQ-721-sonli 

Qonuni

  tahririda  —

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə