31-modda. Banklarning chet eldagi sho‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalari
Banklar Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan quyidagi hollarda chet elda sho‘ba banklar
ochishi va filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el
banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin:
Markaziy bank va qabul qiluvchi mamlakatning bank nazorati organi bilan axborot
ayirboshlash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lganda;
Oldingi
tahrirga qarang.
qabul qiluvchi mamlakatning qonunchilik va uning qo‘llanilish uslubiyoti Markaziy bank
tomonidan sho‘ba bank, filial ustidan nazorat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilmaganda;
(31-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bankning boshqaruvi va moliyaviy holati sho‘ba bank, filial orqali amalga oshiriladigan,
rejalashtirilayotgan faoliyat uchun yetarli bo‘lganda;
prudensial normativlar ko‘rsatkichlariga rioya etilganda va ular o‘sib borganda hamda banklar
va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunning boshqa talablariga muvofiq bo‘lganda.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bankning sho‘ba banklari hamda vakolatxonalari ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan
mamlakat qonunchiligiga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallari tashkil etiladi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bank tomonidan chet elda vakolatxona ochish, sho‘ba bankni, vakolatxonani yoki filialni
yopish, shuningdek chet el banki aksiyalarini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank
bunday qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida Markaziy bankni xabardor qilishi va
ushbu qaror bankning moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida axborot taqdim
etishi shart.
Markaziy bank qabul qiluvchi mamlakatdagi bank nazorati organini O‘zbekiston
Respublikasining yuridik shaxsi bo‘lgan, mazkur mamlakat hududida sho‘ba bank, vakolatxona yoki
filial orqali faoliyat ko‘rsatayotgan bankning litsenziyasi chaqirib olinayotganligi to‘g‘risida xabardor
qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |