Bankning kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi,
boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish jarayonida nazorat va tekshiruv vazifasini bajaradi hamda
umuman bankning faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun javobgardir.
Bankning kuzatuv kengashi bankni samarali va tadbirli boshqarishni, shu jumladan bank
boshqaruvi a’zolari o‘rtasida vakolatlarning hamda javobgarlikning taqsimlanishini, manfaatlar
to‘qnashuvining oldi olinishini va bartaraf etilishini ta’minlaydigan boshqaruv tashkiliy tuzilmasini
belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiradi.
Bankning kuzatuv kengashi a’zolari bankning oqilona korporativ boshqaruviga
ko‘maklashishi hamda o‘z vakolatlarini va majburiyatlarini bajarish chog‘ida bankning, uning
omonatchilari va aksiyadorlarining qonuniy manfaatlarini inobatga olishi, shuningdek Markaziy
bank bilan samarali hamkorlikni ta’minlashi kerak.
Bank kuzatuv kengashining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
strategik maqsadlarni, korporativ boshqaruv siyosatini, bankning boshqa ichki siyosatlarini,
shu jumladan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish va ular to‘g‘risida xabardor
etish, kapitalning yetarliligini lozim darajada saqlab turish siyosatini tasdiqlash hamda ularning
amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;
aktivlarni tasniflash asosida aktivlar bo‘yicha ehtimoldagi zararlarga qarshi yaratiladigan
zaxiralar shakllantirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek bankning kapital va umumiy
zaxiralarining yetarli darajada saqlab turilishini ta’minlash;
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibini tasdiqlash;
bankning moliyaviy holatini tiklash rejalarini tasdiqlash;
bankning boshqaruvi ustidan nazoratni amalga oshirish;
bankning qabul qilingan biznes-rejasi bajarilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek har
chorakda bankning faoliyati natijalari to‘g‘risida bank boshqaruvining hisobotini eshitish;
bankning ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish, shuningdek bank ichki audit xizmatining
choraklik hisobotlari asosida bank boshqaruvi tomonidan bank strategiyalari va siyosatlariga rioya
etilishini baholashdan o‘tkazish;
bank boshqaruvi a’zolari tomonidan taqdim etilgan axborotni, takliflarni va tushuntirishlarni
o‘rganish, muhokama qilish hamda ular bo‘yicha bahslashish;
bank faoliyatini boshqarish tizimi samaradorligini, shu jumladan bank boshqaruvi prinsiplari
monitoringini va ularni davriy baholashni amalga oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish uchun tegishli choralarni ko‘rish;
bir yilda kamida bir marta amalga oshirilgan nazorat va tekshiruv faoliyati to‘g‘risida
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga hisobot taqdim etish;
yillik moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar
tizimining yaxlitligini ta’minlash;
bankning uzoq muddatli moliyaviy manfaatlarini va Markaziy bank tomonidan kapitalga
nisbatan belgilangan talablarni hisobga olgan holda prudensial talablarga rioya etilishini
ta’minlash.
Bankning kuzatuv kengashi a’zolari soni, bank aksiyadorlari sonidan qat’i nazar, besh kishidan
kam bo‘lmagan miqdorda toq sonda bo‘lishi lozim. Kuzatuv kengashi a’zolarining ko‘pchiligi
bankka aloqador shaxslar bo‘lmasligi kerak, bundan ularning kuzatuv kengashidagi a’zoligi
mustasno.
Bank kuzatuv kengashi a’zolari o‘z mulohazalarining mustaqilligi bo‘yicha talablarga rioya
etishi kerak.
Quyidagi hollarda shaxs kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin emas yoki saylangan
shaxs kuzatuv kengashi a’zoligi huquqidan mahrum etiladi, agar:
shaxs ikki yoki undan ortiq bankning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lsa yoki a’zo bo‘lish niyatida
bo‘lsa, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli bo‘lgan hollar mustasno;
shaxsning vakolatlari Markaziy bank talabiga ko‘ra muddatidan ilgari tugatilgan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: