33-modda. Korporativ boshqaruv
Bank:
javobgarlikning shaffof sohalarini;
bank duchor bo‘lgan yoki duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash,
boshqarish, monitoring qilish va ular haqida xabardor etishning samarali tartib-taomillarini (tanglik
vaziyatining sodir bo‘lishi ssenariylarini);
operatsiyaga oid tavakkalchilikning o‘rnini qoplash uchun likvidlikni va kapitalning yetarliligini
baholash tartib-taomilini;
ichki nazoratning tegishli mexanizmlarini, shu jumladan buxgalteriya hisobini yuritish
tartibini;
tavakkalchiliklarni oqilona hamda samarali boshqarishga ko‘maklashadigan hamda mos
keladigan xodimlarni mukofotlashning siyosati va usullarini belgilovchi korporativ boshqaruvning
aniq ifodalangan tashkiliy tuzilmasiga ega bo‘lishi kerak.
Korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, tartib-taomillari va mexanizmlari kompleks
tusga ega bo‘lishi hamda bank amalga oshirayotgan biznes-model va faoliyatga xos bo‘lgan
tavakkalchiliklarning xususiyati, miqyosi hamda murakkabligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ichki
nazorat mexanizmlari kamida boshqaruv vazifalari bajarilishini va tavakkalchiliklar baholanishini
hamda ichki audit talablariga rioya etilishini ta’minlashi kerak.
Banklardagi korporativ boshqaruvga doir talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |