41-modda. Bank xizmatlari va operatsiyalarining autsorsingi
Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini bank tomonidan shartnoma asosida va uzluksiz
asosda amalga oshirish uchun uchinchi tarafga topshirish bank xizmatlari va operatsiyalarining
autsorsingidir (bundan buyon matnda autsorsing deb yuritiladi).
Bank Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning
ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish
huquqiga ega.
Litsenziya asosida amalga oshiriladigan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini faqat
tegishli litsenziya egasiga autsorsingga topshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Bank xizmatlari va operatsiyalarining ayrim turlari o‘ziga autsorsingga topshirilgan shaxsning
mazkur xizmatlar hamda operatsiyalarni keyinchalik boshqa shaxsga autsorsingga topshirishi
taqiqlanadi. Mazkur cheklov bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini
autsorsingga topshirish to‘g‘risidagi shartnomada aks ettirilishi kerak.
Bank autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari bilan bog‘liq
tavakkalchiliklarning boshqarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini autsorsingga topshirishda bank Markaziy
bankning talablariga, shu jumladan ichki siyosatlar va hisobotdorlik mavjudligi bo‘yicha,
shuningdek Markaziy bankka autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari
yuzasidan axborot taqdim etish bo‘yicha talablariga javob berishi kerak.
Banklar autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari tashqi auditdan
o‘tkazilishini har yili yoki Markaziy bankning talabiga binoan ta’minlashi shart.
Markaziy bank quyidagi hollarda autsorsing shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli:
bank tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarning lozim darajadagi
hamda muntazam ravishdagi nazorati, tekshiruvi va tavakkalchilik boshqaruvi amalga
oshirilmaganda;
autsorsing uchun jalb etilgan shaxs faoliyatida bankning o‘z majburiyatlarini bajarish
qobiliyatiga tahdid soluvchi kamchiliklar mavjud bo‘lganda.
Dostları ilə paylaş: |