44-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish
Banklarning bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan yoki bunday shaxslar nomidan harakat
qiladigan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalari bankka aloqador bo‘lmagan shaxslar uchun
nazarda tutilgan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan hollarda ularning
bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi.
Ancha qulay shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi:
bank bankka aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan ularning tabiati, maqsadi, xususiyatlari va
bankning tavakkalchiligidan kelib chiqib tuzmaydigan bitimni bankka aloqador shaxs bilan yoki
shunday shaxsning manfaatlarini ko‘zlab tuzilishini;
boshqa shaxslarga nisbatan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganligi uchun pastroq
tarzda mukofotlar olinishini va to‘lovlarni pastroq tarzda undirilishini yoki ta’minotni boshqa
shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat bo‘yicha qabul qilinishini.
Bank o‘ziga aloqador shaxslarga ta’minlanmagan (ishonchga asoslangan kreditlar) kreditlar
(qarzlar) berishi mumkin emas.
Bank o‘ziga aloqador shaxslar bilan ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda faqat
bank kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra bitimlar tuzishi mumkin. Agar shaxs bank bilan bitim
tuzish bo‘yicha shartnoma imzolanganidan keyin bankka aloqador shaxsga aylansa, bankning
kuzatuv kengashi shaxs bankka aloqador shaxsga aylangan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida
mazkur shartnomani ma’qullashi yoki uni bekor qilish to‘g‘risida farmoyish berishi kerak.
Kuzatuv kengashining a’zosi bank bilan o‘zi o‘rtasida yoki o‘ziga aloqador shaxs o‘rtasida
tuzilgan yoki tuziladigan bitim masalasi ko‘rilayotgan kuzatuv kengashi yig‘ilishida hozir bo‘lmasligi,
kuzatuv kengashi qabul qiladigan qarorga ta’sir ko‘rsatishga urinmasligi kerak.
Bank o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning alohida ro‘yxatini yuritishi va
Markaziy bankni bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzilishi oldidan xabardor etishi shart.
Dostları ilə paylaş: |