Markaziy bank har yili banklar faoliyati ustidan prudensial nazorat dasturini tasdiqlaydi, bu
stress-test natijalari moliyaviy barqarorligida sezilarli tavakkalchiliklar mavjud ekanligini
ko‘rsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq
Markaziy bankning fikriga ko‘ra qo‘shimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar.
Prudensial nazorat dasturi:
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalarini amalga oshirish va resurslarni taqsimlash
tartibini;
qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan banklarni aniqlash tartib-taomilini va ushbu
moddaning
uchinchi qismiga
muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan choralarni;
banklarni tekshirish rejasini o‘z ichiga oladi.
Markaziy bank bankning tavakkalchiliklarini baholash natijalarini hisobga olib, quyidagilarni
o‘z ichiga olgan tegishli choralarni ko‘rishi mumkin:
bankdagi tekshiruvlarning davriyligini oshirish;
bank tomonidan qo‘shimcha hisobotlar taqdim etish;
bank tomonidan biznes-rejaning bajarilishi ustidan qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish;
muayyan tavakkalchiliklar bo‘yicha mavzuli tekshiruvlar o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: