48-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat
Markaziy bank quyidagi hollarda banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga
oshirishi kerak:
banklar guruhi tashkil etilganda;
Markaziy bank tomonidan bankni asosiy bank deb yoki asoslangan mulohazalarga ko‘ra bank
guruhining a’zosi deb belgilaganda.
Bank faqat bitta banklar guruhining ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Markaziy bank samarali hamkorlikni, axborot almashinuvini tashkil etish va
konsolidatsiyalashgan asosda samarali nazorat o‘rnatish maqsadida boshqa mamlakatlarning bank
nazorati organlari bilan (agar mavjud bo‘lsa) mazkur mamlakatlarning qonunlari bilan
qo‘riqlanadigan sirlarga, shaxsga doir ma’lumotlar va maxfiy axborotdan foydalanish tartibiga rioya
etgan holda hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risida yozma kelishuvlar tuzishga haqli.
Banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |