Bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida
Markaziy bank, basharti banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilsa,
banklar faoliyati ustidan prudensial nazoratni ta’minlaydi.
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiq bo‘lishi
uchun banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda
banklarga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar, oqilona
boshqaruv ta’minlanganligi hamda tavakkalchiliklarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar
banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar
va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(45-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Banklar o‘zining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga
muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart.
(45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Banklarning ichki boshqaruv mexanizmlari, buxgalteriya hisobi va hisobotlarning yuritilishi,
shuningdek ma’muriy tartib-taomillari banklarning prudensial talablarga muvofiqligini tekshirish
imkonini berishi kerak.
Banklar Markaziy bank tomonidan prudensial talablarga muvofiqlikni tekshirish uchun
bitimlar va operatsiyalarni Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq ro‘yxatga
olishi shart.
Markaziy bank banklar kapitalining monandligini ularning tavakkalchiliklari sohasidan kelib
chiqib baholash uchun ularning faoliyati, tashkil etilishi va ichki jarayonlari to‘g‘risida axborot olish
maqsadida banklar bilan hamkorlik qiladi.
Zarur hollarda Markaziy bank nazorat vazifalarini bajarish uchun tashqi ekspertlarni jalb
etishga haqli.
Dostları ilə paylaş: