46-modda. Tekshirish va baholash jarayoni
Oldingi
tahrirga qarang.
Markaziy bank banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar
hamda mexanizmlarning banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga
muvofiqligini tekshiradi, shuningdek banklarning mavjud va ehtimoldagi tavakkalchiliklarini, shu
jumladan alohida banklar tomonidan bank (moliya) tizimiga xavf soluvchi tavakkalchiliklarni
baholaydi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan tekshiruvlar va baholashlarda banklar
tomonidan banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining bajarilishi zarurligi
hisobga olinadi.
(46-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Markaziy bank ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan tekshiruvlar va
baholashlarning natijalari asosida bank faoliyatining ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligini,
shuningdek oqilona boshqaruvning ta’minlanganligi hamda tavakkalchiliklarning o‘rni bankning
regulyativ muvofiqlik mexanizmlari, kapitali va likvidliligi bilan qoplanganligi darajasini aniqlaydi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan tekshiruvlar va baholashlarni o‘tkazish
davriyligi va darajasi Markaziy bank tomonidan mutanosiblik prinsipidan, shuningdek bank
faoliyatining tizimdagi ahamiyati, ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligidan kelib chiqib, davlat
organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvlarsiz va xabar berilmasdan mustaqil ravishda
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |