litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning qalbaki hujjatlardan foydalangan
holda olinganligi;
sodir etilishi uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatini olish talab etiladigan harakatlarning
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmay turib amalga oshirilganligi;
bankning yoki banklar guruhining faoliyatidagi qo‘pol qoidabuzarliklarni bartaraf etish
to‘g‘risidagi Markaziy bank ko‘rsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi;
foydani taqsimlashda ushbu Qonunning
39-moddasida
ko‘rsatilgan talablarning
bajarilmaganligi;
bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan
talabga muvofiq emasligi;
bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan ko‘proq muddat
davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdordan sakson
foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi;
bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;
litsenziyada nazarda tutilmagan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi;
ushbu Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat amalga oshirilganligi;
bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi;
buxgalteriya hisobining hisobotga oid ma’lumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning
yoki banklar guruhining haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan
qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;
auditorlik tashkilotiga bankning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan
moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy axborotlar taqdim etilmaganligi;
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qilinganligi;
bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
Markaziy bankka axborotni taqdim etmaganlik, o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki bankning
yoki banklar guruhining to‘lov layoqatini yoxud likvidligini baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi
buzilgan yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi;
oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotning oshkor etilmaganligi;
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida, ichki nazoratda, shuningdek tavakkalchiliklarni
boshqarish tizimida bankning to‘lov layoqatiga tahdid soluvchi yoki zarar ko‘rilishiga olib keluvchi
nuqsonlarning mavjudligi;
tizimli ahamiyatga ega banklar tomonidan Markaziy bankning bufer kapitaliga oid talablariga
rioya etilmaganligi;
bank tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yoki filiallar ochishga doir
cheklovlarga va (yoki) taqiqqa rioya etilmaganligi;
bank tomonidan bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasi taqdim etilmaganligi;
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega
xodimlarining ushbu Qonunning
36-moddasi
talablariga muvofiq emasligi;
Oldingi
tahrirga qarang.
bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi;
(54-modda birinchi qismining yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qo‘llanilganidan keyin besh yil
davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik.
Dostları ilə paylaş: