Agar kuzatuv kengashining yoki boshqaruvning bitta yoki bir necha a’zosini almashtirish
bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan nazorat choralari yetarli emas deb
hisoblansa, Markaziy bank:
kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolari bilan vaqtinchalik ishlashga;
kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolarini vaqtinchalik almashtirishga;
bankka bitta yoki bir necha vaqtinchalik boshqaruvchini tayinlashga haqli.
Vaqtinchalik boshqaruvchi ushbu Qonun
36-moddasining
talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bank aksiyadori, qarz oluvchisi, kreditori yoki bankka aloqador shaxs bankning vaqtinchalik
boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.
Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish,
uning vakolatlarini bank ustaviga va ushbu Qonunga muvofiq belgilash bo‘yicha mutlaq huquqqa
ega.
Markaziy bank tomonidan belgilangan hollarda vaqtinchalik boshqaruvchining harakatlari
Markaziy bank bilan oldindan kelishilishi kerak. Oldindan kelishmay turib amalga oshirilgan
harakatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Vaqtinchalik boshqaruvchi Markaziy bankka bankning moliyaviy ahvoli va o‘z vakolatlari
doirasida ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan
muddatlarda, shuningdek amalga oshirilgan ishlar haqidagi yakuniy hisobotni taqdim etadi.
Markaziy bank vaqtinchalik boshqaruvchining zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq choralar
ko‘rish, shu jumladan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish va
kapitalni ko‘paytirish to‘g‘risida talab qo‘yish majburiyatini yuklatishga haqli.
Vaqtinchalik boshqaruvchi o‘n ikki oygacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Bu muddat
alohida hollarda Markaziy bank tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bankda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan
belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: