50-modda. Nazoratga doir vazifalar
Markaziy bank nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
banklardan, ularga aloqador shaxslardan va o‘z nazorati ostidagi shaxslardan, bank
tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan
olingan hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni olish va tekshirishga, axborotga tushuntirish
berishni talab qilishga;
banklarning, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga
oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan
boshqa shaxslarning faoliyatini tekshirishga;
banklarning axborot tizimlaridan va ma’lumotlar bazasidan foydalanishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: |