42-modda. Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni
boshqarish tizimiga doir talablar
Bank va banklar guruhi Markaziy bank tomonidan belgilangan ichki nazoratga hamda
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Markaziy bankning talablari
bank amalga oshirayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatini, miqyosini va
murakkabligini mutanosiblik prinsipini inobatga olgan holda hisobga oladi.
Bank va banklar guruhining ichki nazoratiga hamda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga
doir Markaziy bank talablari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy, nazoratga oid hamda boshqa hisobotlarning
to‘liqligini, ishonchliligini va o‘z vaqtidaligini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash;
bank tomonidan prudensial talablar bajarilishini ta’minlash;
bankda bank uchun ahamiyatli bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash va boshqarish, stress-
testdan o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan siyosatining, shuningdek bank uchun ahamiyatli
tavakkalchiliklar va kapital bo‘yicha hisobot tizimining mavjudligi;
bank uchun ahamiyatli tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularning samaradorligini
baholashga doir siyosatlarning bank tomonidan izchil amalga oshirilishi hamda ularga rioya etilishi;
bankning ichki hujjatlarida belgilangan tavakkalchiliklarning eng yuqori miqdorlariga va
kapitalning monandligiga, tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha bankda qo‘llanilayotgan tartib-
taomillarning samaradorligiga hamda ularni qo‘llash izchilligiga bankning rioya etishi ustidan
kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: |