Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning
manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yo‘l
qo‘yiladigan qiymatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadigan prudensial normativlarga rioya
kapitalning monandlik koeffitsiyentlari;
bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng
ko‘p miqdori;
yirik kredit tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori;
sohalar kesimida to‘planish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari;
likvidlik koeffitsiyentlari;
bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori;
ta’minotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning eng ko‘p miqdori;
bankning aktivlarini tasniflashga va ularning sifatini baholashga, bank aktivlari bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishga doir talablar;
bank aktivlari bo‘yicha foizlarni hisoblash va ularni bankning daromadlar hisobvarag‘iga
kiritishga doir talablar;
yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) sotib olinadigan ulushlar va
aksiyalarning eng ko‘p miqdori;
ko‘chmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga doir
talablar;
ochiq valyuta mavqeyi limitlari;
umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan
boshqa prudensial normativlar.
Banklar aktivlar bo‘yicha yo‘qotishlarga oid tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida o‘zining
kapitalini va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishi, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy
yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishi, shuningdek o‘z
aktivlarining diversifikatsiya qilinishini ta’minlashi kerak.
Markaziy bank banklar, banklar guruhi va tizimli ahamiyatga ega banklar uchun mazkur
bankka, tizimli ahamiyatga ega bankka va banklar guruhiga xos tavakkalchilik omillarining eng
ko‘p o‘zgarishlari chog‘ida yuzaga keladigan ehtimoldagi zararlarning o‘rnini qoplash uchun
likvidlik va kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlariga qo‘shimcha ustamalar belgilashga haqli.
Prudensial normativlarga kelgusidagi o‘zgartishlar ushbu o‘zgartishlar amalga kiritilishidan
kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: