39-modda. Foydaning taqsimlanishini cheklash
Bank aksiyadorlarga dividendlar to‘lash, shuningdek bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi
a’zolari va xodimlarini mukofotlash orqali foydani taqsimlashni quyidagi hollarda amalga oshirishga
haqli emas:
prudensial normativlar Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq
bo‘lmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda;
nochorlik (bankrotlik) bo‘lganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida nochorlikning
(bankrotlikning) alomatlari yuzaga kelganda;
Markaziy bankning ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmasida aks ettirilgan, shu jumladan
axborotni oshkor etish borasida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganda yoki ularni bartaraf
etish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
Markaziy bankning foydani taqsimlamaslik to‘g‘risida bankka nisbatan talabi mavjud
bo‘lganda.
Banklar quyidagi hollarda foydani taqsimlash uchun Markaziy bankning roziligini olishi kerak:
ushbu modda birinchi qismining
birinchi xatboshisida
ko‘rsatilgan to‘lovlarning umumiy
summasi bankning o‘z kapitalining o‘n foizidan ortganda;
joriy yoki o‘tgan chorakda va (yoki) moliya yilida zarar mavjud bo‘lganda.
Dostları ilə paylaş: |