36-modda. Rahbarlik prinsiplarini qo‘llash
Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega
xodimlari benuqson ishchanlik obro‘siga, bank tavakkalchiliklarining samarali boshqarilishini, o‘z
vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tajribaga, bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bank bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega
xodimlari banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga doimo muvofiq bo‘lishini
ta’minlashi shart.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Markaziy bank bank kuzatuv kengashining va boshqaruvning a’zoligiga hamda muhim
ahamiyatga ega xodimlar lavozimlariga ko‘rsatilayotgan nomzodlarni ularning lavozimga
kirishishidan oldin kelishib oladi. Agar muhim ahamiyatga ega xodimlarni obyektiv sabablarga ko‘ra
oldindan kelishib olishning imkoni bo‘lmasa, bank keyinchalik rozilik olish uchun so‘rovnoma
yuborishi kerak.
Bank boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan
boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va
tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar
mustasno.
Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining a’zolarini, shuningdek muhim ahamiyatga
ega xodimlarni baholash shartlari, baholash uchun zarur hujjatlar, malaka talablariga muvofiqlik
mezonlari, shuningdek ularni kelishib olish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |