30-modda. Chet el banklarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va
vakolatxonalari
O‘zbekiston Respublikasida chet el banklari tomonidan filiallar tashkil etilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Chet el bankining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan hamda bank faoliyatini va
boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqisiz bankning manfaatlarini ifodalovchi alohida
bo‘linmasi chet el bankining vakolatxonasidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el bankining vakolatxonasi Markaziy bank
tomonidan akkreditatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |