Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

66-modda. Bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish

Bank  xizmatlari  ko‘rsatishning  umumiy  shartlari,  vositachilik  haqi,  tariflar  va  bank  xizmatlari

ko‘rsatganlik  uchun  foiz  stavkalari  to‘g‘risidagi  axborot  ochiq  axborot  bo‘lib,  ular  bankning  rasmiy

veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti bo‘lishi mumkin emas.

Bank  xizmatlari  ko‘rsatish  shartnomasi  tuzilguniga  qadar  iste’molchiga  ular  to‘g‘risidagi

axborotning to‘liq oshkor qilinishi ta’minlanishi kerak. Ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining shartlari

va qiymati haqidagi axborotni mijozga taqdim etishni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu jumladan

kreditning (qarzning) to‘liq qiymati to‘g‘risida mijozga axborot berishi kerak.

Kreditning  (qarzning)  to‘liq  qiymati  deganda  hisob-kitob  qilish  chog‘ida  qarz  oluvchining

kredit  (qarz)  olish  bilan  bog‘liq  to‘lovlari  hisobga  olinadigan  ishonchli,  yillik  va  samarali  tarzda

hisoblab  chiqarilgan  foiz  stavkasi  tushuniladi.  Kreditning  (qarzning)  to‘liq  qiymati  hisob-kitobiga

qarz  oluvchining  to‘lovlari,  shu  jumladan  uchinchi  shaxslar  foydasiga  to‘lovlari,  agar  qarz

oluvchining  bunday  to‘lovlar  bo‘yicha  majburiyati  shartnoma  shartlaridan  kelib  chiqsa  va  (yoki),

agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.



Bank  xizmatlari  ko‘rsatishning  umumiy  shartlaridagi  o‘zgarishlar  ular  kuchga  kirishidan

kamida  o‘n  kun  oldin  bankning  rasmiy  veb-saytida  e’lon  qilinishi  kerak,  shuningdek  foiz

stavkalarining  va  valyutalarni  ayirboshlash  kursining  o‘zgarishi  to‘g‘risidagi  axborot  ular  o‘zgargan

kuni e’lon qilinadi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə