Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


vositachilik haqi miqdori



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

vositachilik haqi miqdori


Kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori

bank tomonidan mustaqil belgilanadi.

Bank  mijozlar  bilan  tuzilgan  shartnomalar  shartlarini,  shu  jumladan  kreditlar  bo‘yicha  foiz

stavkalarini  va  ularni  belgilash  tartibini,  depozitlar  bo‘yicha  foiz  stavkalarini,  vositachilik  haqi

miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o‘zgartirish huquqiga

ega emas.



63-modda. Kreditlarning qaytarilishini ta’minlash

Banklar  garov,  kafolatlar,  kafillik,  majburiyatlar  asosida  va  majburiyatlar  bajarilishini

ta’minlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Qarz  oluvchi  tomonidan  shartnomaga  doir  majburiyatlar  buzilgan  taqdirda,  banklar  taqdim

etilgan  kreditlarni  va  ular  bo‘yicha  hisoblangan  foizlarni  shartnomada  nazarda  tutilgan  tartibda

muddatidan  ilgari  undirishga,  shuningdek  undiruvni  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  garovga

qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli.

(63-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yuridik  shaxslarning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi),  ushbu  Qonun  7-moddasining

uchinchi  qismida 

ko‘rsatilmagan  va  uning  talablariga  muvofiq  bo‘lmagan  aksiyalari  hamda

ulushlari banklar tomonidan ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Banklar  ta’minlanmagan  kredit  (ishonchga  asoslangan  kredit)  berish  to‘g‘risida  qaror  qabul

qilishi mumkin.

Banklarga o‘z aksiyalarini garovga qo‘yish evaziga kredit berish taqiqlanadi.

Ushbu  moddada  belgilangan  normalar  banklarning  kafolatlar  berishga  oid  moliyaviy

operatsiyalarni ta’minlashga nisbatan ham tatbiq etiladi.




Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə