Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


auditorlik tashkilotiga doir talablar



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

auditorlik tashkilotiga doir talablar

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining

auditorlik  tekshiruvi  shtatida  Markaziy  bankning  banklarda  auditorlik  tekshiruvlarini  o‘tkazish

huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini

hisobga olgan holda) mavjud bo‘lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.

(75-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  12-oktabrdagi  O‘RQ-721-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Auditorlik  tashkiloti  bankka  aloqador  shaxs  bo‘lmasligi  va  uning  oldida  pul  majburiyatlariga

ega bo‘lmasligi kerak.



Bank  bilan  (banklar  guruhining  asosiy  banki  bilan)  auditorlik  tashkiloti  o‘rtasida  tuzilgan

shartnomalarda  auditorlik  hisobotining  Markaziy  bankka  topshirilishini  cheklovchi  qoidalar

bo‘lmasligi kerak.

Auditorlik tashkiloti:



Oldingi

 tahrirga qarang.

banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining qo‘pol buzilishiga olib keluvchi;



(75-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bank faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan;



Oldingi

 tahrirga qarang.

moliyaviy  hisobotning  ishonchliligi  va  buxgalteriya  hisobini  yuritish  tartibi  qonunchilikda

belgilangan  talablarga  muvofiqligi  to‘g‘risida  fikr  bildirishni  auditorlik  tashkiloti  tomonidan  rad

etishga  yoki  fikrlarni  qo‘shimcha  shart  bilan  bildirishga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  holatlar

to‘g‘risida Markaziy bankni darhol xabardor etishi shart.

(75-modda  to‘rtinchi  qismining  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-

apreldagi  O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

  tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son)

Markaziy  bankning  talabiga  ko‘ra  auditorlik  tashkiloti  auditorlik  hisoboti  bilan  bog‘liq

qo‘shimcha tushuntirishlar taqdim etishi kerak.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Banklarda  auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  auditorning  malaka

sertifikatini berish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

(75-moddaning  oltinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  12-oktabrdagi  O‘RQ-721-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə