Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-bob. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

11-bob. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish

76-modda. Bankni qayta tashkil etish

Oldingi

 tahrirga qarang.

Bankni  qayta  tashkil  etish  raqobat  to‘g‘risidagi  qonunchilikning  talablari  hisobga  olingan

holda,  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining  qaroriga  muvofiq  qo‘shib  yuborish,  qo‘shib  olish,  bo‘lish,

ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni

qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin.

(76-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Davlat  yagona  ta’sischisi  bo‘lgan  bankni  qayta  tashkil  etish  Markaziy  bank  bilan  kelishilgan

holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishining  bankni  qayta  tashkil  etish  to‘g‘risidagi  qarori  mavjudligi

bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida Markaziy bankka ariza berish uchun

asos bo‘ladi.

Markaziy  bank  bankni  qayta  tashkil  etishni  rad  etgan  taqdirda,  aksiyadorlar  umumiy

yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Bankni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy

bankning  ruxsatnomasi  olinganidan  keyin  qayta  tashkil  etish  natijasida  yangidan  vujudga

keladigan har bir bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik

tadbirlar bajariladi.

Bankni  qayta  tashkil  etish  uchun  Markaziy  bankning  ruxsatnomasi  olinganligi  qayta  tashkil

etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish

uchun kafolat bo‘la olmaydi.

Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi

olingan kundan e’tiboran olti oy ichida tamomlashi shart.

Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va

ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.





Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə